OGAHIY – TARIXChI VA TARJIMON
Ogaxiy o’zbek she’riyati xazinasiga munosib xissa qo’shgan atoqli shoir bo’lish bilan birga, iste’dodli tarjimon va moxir tarixnavis sifatida xam madaniyatimiz tarixida aloxida nom qoldirgan ijodkordir. U arqning atoqli ijodkorlari yaratgan 19 ta kitobni o’zbek tiliga o’girib, xalqimizning ma’naviy-ma’rifatning taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shdi.
“Ta’vizul oshiqin” devoni debochasida u o’zining tarjima asarlarini birma-bir ko’rsatib o’tgan:”faqirning turkiy tili birla tarjima qilgan kitoblari: “Ravzatus-Safo”ning ikkinchi daftaridin chaxor eri izomning voqeasi, uchlanchi daftari va “Nodirnoma” va “Zubdatul-xikoet” va “Iiftoxut-tolibin” va “Axloqi Muxsiniy” va”Vasfiy” va “Nasixatnoma”i Kaykovus va “salamonu Absol”i, Jomiy va “Guliston”i Sa’diy va “Baxoriston” Jomiy va “Ravzatus-safo”i Nosiriyning birinchi daftari va “Daloyilul-xayrat” shaxrikim, rum turkiysidan chigatoy tiliga o’kazildi va “Tazkirai Muqimxoniy” va “Taqoboti Akbarshoxiy” va “Haft paykar”i Nizomiy va «Hisht bixishti»i Xisraviy va «Yusuf-Zulayxo»i Jomiykim, manzum bo’ldi va «Shoxi gado»i Hiloliykim manzum bo’ldi».
Ogaxiy tarjima qilgan kitoblarning 9 tasi badiiy, 6 tasi tarixiy va 4 tasi axloqiy yoki falsafiy-axloqiy xarakterdagi asarlardir. Ogaxiy bajargan ijodiy ishning ko’lami xam, saviyasi xam kishini xayratga soladigan darajada ulugdir. Adabiyot tarixiga xech bir adib tarjima soxasida bunchalik katta maxsul yaratgan emas.
Muxammadrizo Ogaxiy tarjimasidagi asarlar Sharq adabiyotining nodir namunalari xisoblanadi. Nizomiy, Xusrav Dexlaviy, Sa’diy, Jomiylarning xar biri fors-tojik adabiyoti tarixida aloxida nom qozongan o’ziga xos she’riyat olamini yaratgan ulkan ijodkor bo’lib, ularning nomi o’zbek xalqi orasida ko’p asrlardan beri mashxur va ma’lum edi.
Nizomiy Ganjaviy (XP asr) «Xamsa» sining to’rtinchi dostoni bo’lgan «Haft paykar» Baxrom-Go’r syujeti asosida yozilgan, unda ulug shoirning adolatli shox xaqidagi qarashlari, shoxlik va ishq-muxabbat, davlat va raiyat orasidagi munosabatlar masalasi badiiy obrazlar orqali ochib berilib, zulm va bosh-boshdoqlik qoralanadi. Xisrav Dexlaviyning «Hisht baxisht» va Navoiyning
“Sab’ai sayyor” dostonlari Nizomiyning shu asariga tatabbu tarzida yozilgandir. Shayx Sa’diyning (XP asr) nomini jaxonga yoygan”Guliston” esa, real insoniy munosabatlar, turmushning xar doim takrorlanib turadigan xodisa-voqealarini aks ettiruvchi nasriy xikoyatlar, xalq donoligining xazinasi bo’lgan zarbulmasal, xikmat,oforizmlar bilan bezatilgan va ajoyib bir dulnishin uslubda, zo’r shoirona tarovat bilan yozilgan asardir. Bu kitob inqilobgacha o’zbek maktablarida axloq darsligi sifatida o’qitilib kelinar edi.
Ogaxiy qilgan tarjimalar ro’yxatida uchta asar Abduraxmon Jomiyga tegishli “Yusuf va Zulayxo”, “Salomon va Absol”-Jomiyning “Haft-avrang”iga kirgan ishqiy-sarguzasht xarakteridagi dostonlar bo’lsa, “Baxoriston”-Sa’ldiyning “Guliston”iga o’xshash, nasru nazm omo’xta qilib yozilgan axloqiy va ilmiy-adabiy xarakterdagi asardir. Jomiyning asarlaridan, xususan, “Yusuf va ZulayXo” kitobxonlar orasida juda keng tarqalgan edi. Extirosli vasadoqatli muxabbat tarixi, falsafiy-so’fiyona goyalarni katta san’atkorlik bilan ifodagan bu doston turli tabaqaga mansub kishilarning qalbini rom etib kelgan.
Kaykovusning (X1 asr) pandu o’gitlariga serob “Qobusnoma”si xam, atoqli voiz, yozuvchi va axloqshunos Husayn Voiz Koshifiyning (XU asr) “Axloqi Muxsiniy” nomli kitobi xam, Maxmud Baljuvoniyning (XU1 asr) “Miftoxut-tolibin”,Muxammad Vorisning (XUSh asr) “Zubdatul-xikoyot” asarlari xam, taniqli shoir Badriddin Hiloliyning (XU-XU1 asrlar) “Shoxu gado” dostoni xam o’z davrida muxim madaniy voqea bo’lgan va xalq tomonidan ardoqlanib kelgan asarlar sanaladi. “Zafarnoma” (Sharofiddin Ali Yazdiy, XU asr), “Ravzatus-safo”, (XU asr) “Tabaqotiy Akbarshoxiy ( Nizomiddin Axmad Xiroviy, XU1 asr kabi tarixiy kitoblarda Urta va Yaqin Sharq xalqlarining tarixi, jumladan o’zbek xalqining tarixi xam yoritilganldir. Ogaxiy bu asarlarni tarjima qilish orqali o’z xalqining tarixini ona tilida tiklagan edi. Urta asr madaniyatining ulkan obidasi-etti jildlik “Ravzatus-safo”ning tarjima etilishi Xorazm adabiy muxitida katta voqea edi. Dunyoga mashxur bu asar Alisher Navoiyning bevosita xomiyligiga atoqli adiblar Mirxond va Xondamir tomonidan yozilgan bo’lib, unda dunyoning paydo bo’lishidan to 151o yilgacha bo’lgan tarixiy voqealar ma’lum bir badiiy formada xikoya qilinadi.
Ogaxiy 5 ta tarixiy asarning muallifidir. Bular: “Riyozud-davla”. “Zubdatut-tavorix”, “Jome’ul-voqeoti Sultoniy”, “Gulshani davlat” va “Iqboli Firuziy” nomli kitoblardir. “Riyozul-davla” 1844 yilda yozilgan bo’lib, unda Olloqulxon Xukmronligi (1825-1842) davridagi Xorazmda yuz bergan voqealar tasvirlanadi; “Zubdatut-tovorix” (1845-1846 yillar) da Raximquli xukmronligi (1843-1846) vaqtidagi voqea-xodisalar aks ettiriladi; 1856 yilda yozilgan “Jome’ul-voqeoti Sultoniy”da Muxammad Aminxon P saltanati (1846-1855) davrida bo’lib o’tgan voqealar bayoni berilgan: Said Muxammadxon xukmronligi davrida (1856-1865) Xorazm xayotida sodir bo’lgan voqealar “gulshani davlat” (1865 yilda yozilgan) kitobida o’z aksini topgan bo’lsa, “Iqboli Firuziy” yoki “Shoxidi Iqbol” deb nomlangan asar (1873 yilda yozilgan) Xorazm xonlaridan Muxammad Raxim P xukmronligi davrining (1865-1872) voqealari tasviriga bagishlangan. Tarjimalar xususida bo’lganidek, tarixiy-prozaik asarlari xaqida xam Ogaxiy o’zining devoni “Ta’vizul-oshiqin”ining so’z boshisida ma’lumot yozib qoldirgan.
Ogaxiy qoldirgan beshta tarixiy kitobning katta ilmiy axamiyatga ega ekanligi, X1X asr Xorazm tarixini yoritish uchun birinchi darajali manba bo’lib xizmat qilishini sovet olimlari qayd qilib o’tganlar. Ayniqsa, V.V.Bartol’d, P.T.Ivanov, A.Yu.Yakubovskiy, Ya.¢ulomov, V.Abdullaev, Q.Munirovlarning ilmiy ishlarida bu xaqda keng to’xtalgan. Ogaxiy yaratgan tarixiy asarlar ilmiy faktlar, ma’lumotlarga boyligi, tarixiy va siyosiy voqealarning ancha xolisona bayon etilgani bilan ajralib turadi. Uzaro qonli urushlar, toj-taxt atrofida kurash, saroy janjallari va xususan xonlar zmaonidagi Xorazm xalqining notinch axvoli, mexnatkash ommaning uqubatli xayoti, shuningdek, madaniy xayot, ilmu ma’rifat vakillarining turmushi Ogaxiyning tarixiy asarlarida real ifodalangan.
Ammo shuni ta’kidlash kerakki, Ogaxiy saroy tarixchisi edi, sh/u o’z asarlarini xokim sinf talablariga moslab yozgan. Ogaxiyning tarixiy kitoblarida xon va uning kishilari maqtaladi, ularning yaramas qiliqlari, xalqqa nisbatan jabru jafolari xaqida gapirmaslikka xarakat qilinadi. Xonning shon-shavkati, dabdabali bazmlar, xashamatli to’ylar, ov shovqin-suronlarini vasf etishga kuo’p o’rin ajratilgan. Xonlarning yurishlari, talonchilik siyosati, boshqa xalqlarga nisbatan zulm qilishlarini muallif xospo’shlashga intiladi, bu voqealarni Xorazm xonlari manfaati nuqtai nazaridan turib, o’rinli va kerakli tadbir sifatida ma’qullab bayon etadi.
Xorazm xonlari qo’shni turkman, qoraqolpoq xalqlariga, shuningdek, Xurosonda va boshqa erlarda yashovchi xalqlarga nisbatan bosqinchilik, talonchilik siyosatini olib boradilar, ularning mol-mulkini talab, o’zlarini xonavayron qilar, ba’zan yashagan erlaridan ko’chirib olib ketib, qul qilib ishlatardilar.
Turkman, qoraqolpoq, xuroson axolisi Xorazm xonlariga qarshi bosh ko’tarib, mustaqillik uchun kurashga otlandilar. Xonlar bu qo’zgolonlarni shafqatsizlik bilan bostirganlar. Ogaxiy... qoralamaydi.
Biroq bu kitoblarning axamiyatiga baxo berganda, ularning faqat ilmiy-tarixiy jixati bilan chegaralanmasdan muxim adabiy manba sifatida o’rganilishiga xam axamiyat berish lozim. Zero, nqilobgacha yaratilgan tarixiy asarlarning aksariyati badiiy prozaning namunasi xxamdir. Bu kitoblarning mualliflari adabiy xayotning aktiv ishtirokchisi nom chiqargan shoir yoki yozuvchilar edilar. Ular voqealarni bayon etishda jonli kartinalar yaratib, she’riy parchalar, xikoyat va rivoyatlar bilan asarni bezaganlar. Bu tarixiy asarlarda ayniqsa she’riy parchalar juda ko’p. Ogaxiy “nazm” sarlavxasi ostida 4 misradan tortib, 30 va undan ortiq misradan iborat she’rlari nasriy tekstlar orasiga kiritib yuborgan. She’rlarning bir qismida xonlar madx etilsa-da, lekin tabiat manzaralarining tasviri, shoirning kechinma, ruxiyatini ifodalaydigan baytlar xam anchaginadir. Masalan: “Riyozud-davla” asarida baxor faslining guzalliklari va uning kishilar qalbida uygotgan xushnudligi mana bunday tasvirlangan:
Saxroyu bogsayri erur endi dilkash,
Gul rangu bo’yidan topar el roxi muddao.
Shoxi shukufta, ko’rkim, to’kar sim xar sori,
Saxni chamanda lola yoqib xar taraf charog,
Ul sho’’la birla ko’z yorutub dam-badam sabo.
Saxni chamanda lola emasdurkim, go’yke.
Tomish sipexr satxi navokib birla zebo.
Umuman, Ogaxiy yozgan tarixiy kitoblar o’z xarakteri bilan badiiy prozaga ancha yaqin bo’lib, adabiy manba sifatida xam o’rganishga loyiqdir.
Xullas, Ogaxiy o’z ijodining salmogi bilan Navoiy va Boburdan keyingi o’zbek adabiyotining eng iste’dodli, sermaxsul namoyandasi bo’lib, xilma-xil janrlarga mansub boy she’riyati, katta iste’dod maxsuli bo’lgan o’nlab tarjimalari xamda tarixiy asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o’ziga xos o’rin tutadi.
TEKShIRISh SAVOLLARI
1. Ogaxiyning xayoti xaqida ma’lumot beruvchi ilk manbalar.
2. Ogaxiyning xayot yo’li, ijtimoiy-siyosiy faoliyati.
3. Ogaxiy ijodi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar, Ogaxiyshunoslik fani.
4. “Ta’vizul-oshiqin” devonining tuzilishi, janrlari.
5. Devon debochi shoir xayotini aks ettiruv manba sifatida.
6. Shoir lirik merosining mavzusi, obrazlar dunyosi.
7. Ogaxiy-tarixchi. “Firdavsul-iqbol” va boshqalar.
8. Ogaxiy-tarjimon.
9. Ogaxiy tarjmaoarining ma’rifiy-adabiy qimmati.
TAYaNCh TUShUNChALAR
1. Ogaxiy-klassik adabiyotimizda Navoiydan keyingi “eng ko’p va
ko’p ijodkor sifatida.
2. Ogaxiy lirikasining serjilo va oxangdor, musiqiyligi.
1. Ogaxiy-moxir tarjimon.
2. Ogaxiy-iste’dodli tarixchi.
1-MAVZU : MUHAMMAD AMINXO`JA MUQIMIY
( 1850-1903)
REJA : 1.Otmish va hozirgi zamonda Muqimiy ijodini
o`rganish tarixi haqida.
2.Muqimiy hayoti va adabiy merosi.
3.Muqimiy ijodining g`oyaviy –badiiy
takomili bosqichlari.
X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asrning avvalidagi o`zbek demokratik adabiyotining eng yirik namoyondalaridan biri-talantli lirik shoir,zabardast satirik sifatida shuxrat qozongan san’atkor-Muhammad Aminxo`ja-Mirza xo`ja o`g`li –Muqimiydir.
Muqimiyning ijodi chin ma’nodagi xalq hayotining badiiy ko`zgusidir.U ezilgan mehnatkash omma, xonavayron qishloq dehqonlarining asl kuychisi bo`lib,shu pozitsiyasidan turib ularning qorong`i hayotini,dardu kayfiyatini,orzu-intilishlarini realistik ravishda, yorqin badiiy formalarda ifodaladi.
1.SHOIR HAYOTI VA IJODINI ORGANISH TARIXIDAN
Muqimiy hali hayot chog`idayoq keng xalq ommasi orasida tanilib,uning ijodiga qiziqish kuchaygan edi.Shoir asarlari adabiyot muxlislari hamda nashrlar tomonidan tuzilgan qo`lyozma va toshbosma bayoz majmualarga kiritila boshladi. «Turk viloyatining gazeti»da o`tgan asrning 90-yillari boshlaridayoq Muqimiy asarlarining e’lon etilishi shoirning shuhratidan dalolat beruvchi faktlardir.Gazetaning 1891 yil 26 oktyabr 41-sonida Muqimiy bir necha g`azal, murabba’larini, jumladan: «Navbahor», «Sultonim mani», «Naylasun», «Kim desun» kabi she’rlari nashr etilgan.1903 yilgacha(shoir barhayotligi»davri) ana shu gazeta sahifalarida uning qator she’rlari bosilib turgan.
Muqimiy ijodida qiziqish uning vafotidan keyin–XX asr boshlarida birmuncha ortadi.Bu vaqtlarda o`qon va Toshkentda nashr etilgan deyarli barcha she’riy to`plamlarida Muqimiy asarlaridan namunalarni uchratish mumkin.
1907 yilga kelib esa N.P.Ostroumov shoirning kichik she’riy devonini nashr etadi.Bu kitob shoirning ishqiy,satirik va yumoristik she’ralarini o`z ichiga oladi.Bu nashrga to`lovchining yozgan kichik maqolasi ham ilova qilingan.Lekin maqola avtori Ostroumov demokratik shoirning hayoti va ijodiga to`g`ri baho bera olmay,uni mistik shoir,qalandar sifat shaxs kabi talqin etishga urinadi.
1910 va 1912 yillarda Toshkent «Devoni Muqimiy va hajviyot» nomi ostida shoirning ishqiy lirikasi, satira va yumorlari bosildi.Keyingi nashr munosabati bilan «Turkistanskie vedemosti»gazetasi –ning 1912 yil 12 avgust sonida M.F.Gavrilovning «Sart shoiri Muqimiy» nomli taqriz-maqolasi bosiladi.Bunda ham Muqimiy shaxsiyati va ijodi asosan noto`g`ri baholanadi.Ayni zamonda Gavrilov Muqimiyning katta shuhratini,xalq tomonidan sevib o`qilishini tan oladi.
«Muqimiy,- deb yozadi u-Orta Osiyodagi yangi adabiy oqimning nomoyandasidir.U Sirdaryo,Samarqand va Farg`ona viloyatlari aholisi o`rtasida juda obro` qozongan sevimli shoirlardan biridir».
Muqimiyning hayoti va ijodini o`rganish Ulug` Oktyabr’ sotsialistik revolyutsiyasidan keyin yangi bosqichga ko`tarildi.30-40 yillarda Muqimiyshunos- likda burilish bo`ldi.H.Olimjon,G`ofur ¢ulomlarning ilmiy maqolalari, «Muqimiy bayozi» chop etildi.1943 yilda shoir vafotining 40 yilligi munosabati bilan bir qator juziy ishlar amalga oshirildi.1942 yilda G`.G`ulom Muqimiyning ancha mukammal «Tanlangan asarlarini»unga Uyg`un va G`.G`ulomning maqolalari ham kiritildi.1943 yilda shoir «Tanlangan asarlari» rus tilida nashr etildi.Osha yili Shayxzoda «V.Abdullaevlarning»maqolalari,1947 yilda Oybekning chuqur ilmiy xarakterdagi maqolalari yozildi.
50 yillarga kelib Muqimiyshunoslik ancha rivoj topdi:X.Yoqubov, «Ozbek demokratik shoiri Muqimiy», 1953; A.Olimjon Muqimiy (hayot va ijod).T.,1958; Zarifov X.Muqimiy (hayot va ijodga doir materiallar).T.,1955; Mo`minov I.Tanlangan asarlar,1-tom.T.,1969.
Muqimiy asarlarini to`plash, nashr etish,ilmiy tahlil qilish sohasida, ayniqsa, ¢ulom Karimov samarali ishlar qildi.U 1958 yilda shoir tanlangan asarlarini nashrga tayyorladi.Uning 1960 yilda chop ettirgan shoir merosining ikki tomlik ancha mukammal nashri,Muqimiy va uning davri adabiyotiga oid doktorlik dissertatsiyasi va 1970 yilda chiqqan «Muqimiy»nomli monografiyasi shular jumlasidandir. A.Abdug`ofurov 1976 yilda «Muqimiy satirasi» nomli kitobini nashrdan chiqardi.1975 yilda G`.G`ulom nashriyotida «Muqimiy» asarlari (nashrga tayyorlovchi G.Karimov) chop etildi.
ShOIRNING TARJIMAI HOLI
Muhammad Aminxo`ja 1850 yilda Qo`qonda hunarmand oilasida tug`ildi.Uning otasi Mirzaxo`ja asli Toshkentlik bo`lib,1853-36 yillarda o`z otasi Mirzofil bilan birgalikda Qo`qonga ko`chib boradi,va shu erda novoylik kasbi bilan shug`ullanib,turg`un bo`lib qoladi.
Muqimiyning onasi Bibioysha,asli Xo`jandlik (hozirgi Leninobod) bo`lib,Sayidolim Nodirshayx qizidir.Sayidolim Nodirshayx ham Mirzaxo`jalar oilasi singari, turmush-tirikchilik taqozasi bilan Qo`qonga kelib, shu erda turg`un bo`lib qolganlardan edi.
Mirzaxo`ja bilan Bibioysha o`z turmushlarida 5 ta farzand ko`rganlar.Ularning uchinchisi o`g`il-Muhammad Aminxo`ja edi.Muqimiy boshlang`ich ma’lumotni zamonining sxolastika asosiga ko`rilgan oddiy maktablaridan birida oldi.Maktab Muqimiyni savodga o`rgatdi, lekin unda badiiy zavqni tarbiyalagan-oila bo`ldi.
Muqimiyning yoshlik davridagi oila tarbiyasida onasi-(oqila,ziyrak,quvnoq,badiiy zavqi yuksak) Bibioysha- «Xumor bibi» bo`ldi. . .
Xumorbibidagi bu ma’naviy xislat o`g`li muqimiyga ham ta’sir etdi va unda erta estetik zavq uyg`onishiga sabab bo`ldi.Muqimiy oilada onasi vositasida xalq og`zaki ijodining jozibador namunalari bilan, shuningdek Sharq poeziyasining Hofiz, A.Navoiy, Fuzuliy kabi mashhur namoyandalari asarlari bilan tanishadi,bular undagi badiiy zavq va didni tez rivojlantiradi.
Muqimiyning Qo`qondagi mashhur «Hokim oyim» madrasasida o`qigani ma’lum.Lekin,uning maktabni qachon bitirib,madrasaga qachon ko`chgani aniq emas.Har holda,1976 yillargacha,mashhur tarixiy hodisalar ro`y bergunga qadar,ya’ni Qo`qon xonligi tugatilib,o`lka Rossiyaga qo`shib olingunga qadar,Muqimiy o`qishda edi. Muqimiy Qo`qon madrasasini tugatgandan keyin o`z bilimini takomiliga etkazish maqsadida Buxoroga borib o`qidi.(«Mextar Oyim»madrasasida). Muqimiy taxminan,26 yoshlarida Buxoro madrasasini bitirib, «Xatmi kutub» qilgandan so`ng,taxminan,1876 yillar atrofida Qo`qonga qaytib keladi.va tirikchilik ishlari bilan shug`ullanishga kirishadi.Muhammad Aminxo`ja o`qishdaligida beva qolgan otasi (darvoqe,onasi 1865 yilda vafot etgan.)Mirzaxo`ja Ziyodabibi ismli ayolga uylangan edi.Bu ayolning birinchi turmushidan Sanambibi nomli qizi bo`lgan.Muqimiy Sanambibiga uylanadi.Revolyatsiyaga qadar yozilgan ma’lumotlarda (N.P.Osroumov,M.F.Gavrilov)Muqimiyning Akbarxo`ja ismli o`g`li bo`lgani aytiladi. Mustaqil oila qurgan Muhammad Aminxo`ja boshiga turmush tashvishlari tushadi.U avval Qo`qon er qurilish mahkamasida mirzalik vazifasida ishlaydi.U o`z vazifasiga ko`ra Qo`qon va uning atroflaridagi qishloqlarga tez-tez chiqib turadi va dehqonlarning turmush sharoitlari, qishloqlarning ahvoli bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladi.Shoir dehqonlarning nochor hayoti, yirtiq-yamoq kiyimlarini, och-yalang`och farzandlarini ko`rdi.Ayni paytda,qishloq boylarining tekinxo`rlik bilan shoxona kun kechirishlariga, beshafqat,zolim va adolatsiziligiga jonli guvoh bo`ladi.
Muqimiy Qo`qon er mahkamasida uzoq ishlay olmadi.Shoir ijodida vayron qishloqlar,qashshoq dehqonlar,son-sanoqsiz soliqlar,zo`ravon,shafqatsiz amaldorlar temasi ko`proq ishlanishiga uning ana shu vazifada ishlashi sababchi bo`ldi.Ozbek demokratik adabiyotining shox asarlaridan «Tanobchilar»satirasi-ning, «Sayohatnomalar» tsiklining asosiy mazmun va g`oyasi ana shunday bevosita ta’sirlanish,turmush haqiqatlarini «boshdan kechirish» asosida shakllangan.
Muqimiy qoldirgan merosda uning tarjimai holiga aniqlik kirituvchi,hayotining u yoki bu davri yoki biror jihatini qisman bo`lsa-da, yorituvchi ma’lumotlarga ham duch keladi.Masalan: «Dar mardu lam Oqjar batariki muxammas»dan ma’lum bo`lishicha, Muqimiy 70-yillarning oxirlarida Qo`qonning g`arbiy shimolidagi Sirdaryo yoqasida joylashgan Oqjardagi paromda oddiy pattachi bo`lib ishlaganligini ko`rsatadi.Satrlar keltir:
Avvalo shuni aytish kerakki,muxammas o`z mavzusiga ko`ra,shoir ijodining shu ilk davri uchun etakchi o`rinda turgan ishqiy g`azallaridan farq qiladi.Shoir uni bevosita hayotdan,o`ziga tanish va o`zi guvoh bo`lgan hodisalardan ta’sirlanib yozgan.Unda kalonial davr hayotining kichik bir lavhasi realistik aksini topadi.She’rda «ko`zlari muldur-muldur», «tunlari juldur» Oqjar odamlari haqida so`z boradi.Shoir bunda nihoyatda kambag`al,moddiy qiyinchiliklar qurshovida qolgan qishloq xalqi hayotiga nazar tashlaydi,traditsion ma’shuqaning go`zalligi,nozu firoqi haqida emas,balki, «kun sovuq, qora chiroq go`rdek uyu, o`tin kam» ligi to`g`risida ham qayg`urib so`zlaydi.
Muqimiyning Oqjar paromida qancha vaqt ishlaganligi ma’lum emas:
Kelganim ushbu makonga qiladur menga alam,
Loyiki ta’b yo`q odamni desam hasratu g`am,
Toplashurga kishi yo`q ertadin oqshomgacha ham,-
Misralari muxammasning bevosita Oqjarda yaratilganligi,bu vaqtda shoir pattachi vazifasini bajarayotganligi ma’lum bo`ladi.Aftidan shoir bu erda ham siqilgan,o`zini yolg`iz his qilgan va qattiqqo`l muttaham kema xo`jayinlari,sarkarlar bilan kelisha olmagan.
Shu tariqa Muqimiy bu vazifani ham tark etib Qo`qonga qaytadi.Shoir oilaviy hayotda ham baxt topolmaydi.80-yillarning boshlarida uning oilasi buziladi,oqibatda shoir o`z hovlisini tashlab,Begvachcha mahallasida joylashgan Hazrat madrasasidagi bir hujraga ko`chib chiqadi va umrining oxirigacha muhtojlikda hayot kechiradi; o`z so`zlari bilan aytganda shu «Hujram tang va toriqda bekaslik va g`ariblik chirog`ini yoqib»,umr o`tkazadi.
Endilikda Muqimiy butun vaqtini shaxsiy mutolaa hamda ijodiy ishga bag`ishlaydi.Xattotlik shoirning asosiy kasblaridan va tirikchilik uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo`lib qoladi.Shoir zamonasining yirik xattotlaridan biri Muhammad Yusuf Xattotdan maxsus ta’lim oladi,tinmay mashq qiladi. . .
. . . Ammo xattotlikdan keladigan daromad,hatto faqirona tirikchilik harakatlarini ham qoplay olmas edi.Doimiy etishmovchilik,yashash sharoitining nihoyatda og`irligi shoir sog`ligiga putur etkazadi,u dardga chalinadi.
80-yillarga kelib Muqimiy Qo`qon demokratik adabiy harakatining ko`zga ko`ringan tashkilotchi va etakchilaridan biriga aylanadi.Davrning ilg`or qalam ahllari,ziyolilar,she’riyat muxlislari,xushtab’ kishilar ko`pincha Muqimiy xujrasiga to`planishar, adabiyot haqida suhbatlar qurib, yangi yaratilgan asarlarni o`qib, muhokama etar edilar.
Bu davrga kelib Muqimiy etuk xalqchil shoir sifatida xalq orasida tanila borgan,uning jazibadorg`azal va murabbalari hamda zulmkor shaxslarni, xasis boylarni,zo`ravon amaldorlarni, hiylagar din ahllarini sharmanda qiluvchi satiralari,quvnoq,sho`x kulgi qo`zg`atuvchi yumorlari xalq og`ziga tushib shuhrat topayotgan edi.Natijada hukmron doiralar oldida Muqimiy obro`sidan foydalanish va uning xajvgo`ylik faoliyatini o`zlariga muvofiq tomonga yo`naltirish muammosi tug`ildi.Qo`qonning hukmron doiralari dastlabki vaqtlarda Muqimiyni iqtisodiy tomondan asoratga olish yo`lini tutdilar.Eks-r guruhlarning ko`p marta sinovidan o`tgan bug`sin va jirkanch usulini Muqimiyga nisbatan Qo`qonlik Shayx Sulaymon Afg`oniy qo`lladi.U Qo`qonning katta choyfurush boylaridan bo`lib,o`zi adabiyot xavaskori sifatida she’rlar ham yozar edi.Shayx Sulaymon San’at-adabityotga xomiylik qiluvchi «saxovatli boy» da’vosini qilar va atrofiga laganbardor shoirlarni yig`ib olib,ularga iqtisodiy «yordam»ham berib turar edi.Muxiy,Xaziniy,Kotibiy va boshqalar.Shayx sulaymonning dasturxoniga doim ko`z tikkanlardan edilar. . . Dastlab ular Muqimiy o`z doiralariga tortadilar,ammo. . .
Oradan ko`p vaqt o`tmay Shayx Sulaymon va uning atrofini qurshagan Muxiy,Xaziniy kabi shoirlarning maqsadlari,asl qiyofalari ma’lum bo`la boshlaydi.Natijada shoir ular bilan aloqasini buzibgina qo`yaqolmasdan ularga qarshi keskin kurash ham boshlaydi:212-bet. Muqimiyning ramzlar,kinoyali iboralar bilan yozilgan «Axtaring» radifli she’rida shoirning qandaydir reaktsion tomonidan quvg`in qilinganligi,dahshatli quvg`indan uzoq vaqt yashirinib yurganligiga ishora bor:
Ijtimoiy hayot va adabiy kurashlarda aktiv ishtirok etib,reaktsion kuchlar tomonidan uyushtirilgan hujumlarga mardlarga javob berib kelayotgan Muqimiy shaxsiy-oilaviy hayotda ham birin-ketin baxtsizliklar-ga duch kela beradi.Sanambibi Muqimiy bilan uzoq umr kechirmadi.U 1879 yilda,Akbarxo`ja tug`ilgandan so`ng ko`p vaqt o`tmay Muqimiydan ajraldi va o`g`lini onasiga qoldirib,boshqa oila qurdi.turmushda,quvonch va mashaqqatlarda sadoqatli do`st sifatida birga bo`ladigan hayot yo`ldoshining bunday yo`l tutishi,albatta,shoir uchun katta zarba bo`ldi.
Bu ko`ngilsiz voqeadan 2-3 yil keyinroq,taxminan, 1885-1886 yillarda Muqimiy oilasida yana baxtsizlik ro`y berdi:Oilani arang tebratib turgan Mirzaxo`ja vafot etdi. . . o`gay ona,singillar,go`dak o`g`li. . . parvarish. . .Hovli-joyini, ro`zg`orini oila tirikchi-ligi uchun sarf qilib,o`gay onasi va singillarini iqtisod jihatdan tinchitgan,bo`g`iq muhitdan qutilish yo`li Qo`qonni tark etish deb tushundi va Toshkentdan panoh izlab yo`lga tushdi: P. «Ro`zg`orim yo`q» she’ri og`ir hayotdan.Muqimiy tarjimai holining juda ko`p o`rinlari hali ham qorong`i.Hozirgi aniqlangan ma’lumotlarga ko`ra,80-yillar oxiri 90-yillarning boshlarida Muqimiy Toshkentga ikki marotaba kelib ketadi.Ilmiy adabiyotlarda shoir safarlarining sabab va maqsadlari yuzasidan turli fikrlar bor.Orta Osiyo Rossiya sostaviga qo`shilgandan so`ng,Qo`qon xonligi tugatilgach,Toshkent yirik siyosiy,iqtisodiy va madaniy markaz bo`lib qoladi.Davrning qator ziyolilarining, jumladan,demokratik adabiyot namoyandalari Furqat va Nodim,Komil va Zavqiy,Asiriy va boshqalarning asosiy safar maqsadlari madaniy markazni o`z ko`zi bilan ko`rishda edi.
Muqimiy ham o`z ma’naviy ehtiyojini qondirish maqsadida aftidan birinchi sayohatni 1887-88 yillarda amalga oshirgan.Muqimiy Toshkent madaniy va adabiy hayotini chuqur o`rganib,uning eng sog`lom,progressiv qismi bilan aloqa bog`ladi,ijodiy hamkorlik qildi.Muqimiy o`z zamonasining peshqadam olimi,iste’dodli shoiri hisoblangan Almayiga zo`r hurmat va muhabbat bilan qaradi,ijodiy tajribalarida u bilan o`rtoqlashdi.
Muqimiy Toshkentda shoir Nodim Namangoniy bilan uchrashdi.Shoir rus ziyolilari namoyondalari bilan uchrashib suhbatlar qurdi,jumladan u rus va o`zbek tillarida chiqayotgan gazetalar muharriri N.P.Ostroumov bilan uchrashgan.U Qo`qonga qaytganidan keyin ham Toshkent bilan aloqasini uzmadi,u keyin yana iki marta:1892 va 1899 yillarda ham Toshkentga kelib ketdi.Muqimiy Toshkent safarlaridan keyin ham Farg`ona vodiysi shaharlariga,Qo`qon atrofidagi qishloqlarga bir necha bor sayohatga chiqdi.Natijada shoir ijodida «vayron qishloqlar» va «och-yalang`och» dehqonlar temasida qator asarlar jumladan «sayohatnomalar»tsikli maydonga keladi.
Bu yillarda shoirning rus madaniyati,ijtimoiy ongi,rus xalqining hayoti,yashash sharoitlari bilan ko`proq qiziqa borganligini ko`rsatuvchi hujjatlar mavjud.Buning sabablari,avvalo,Rossiyaga qo`shilishning ob’ektiv ta’siridir.Shu qatorda rus oilasida boshpana topib,ularning homiyligida Moskvada Lazarev nomli sharqshunoslik institutida o`qib,evropacha tarbiya olayotgan jiyani Ro`zimuhammadning ijobiy ta’sirini ham ko`rsatish kerak.Dam olgani Qo`qonga kelgan Ro`zimuhammad tog`asining qiziqishlariga javoban Moskva va Petrograd haqida,rus xalqining tarixi,hayoti madaniyati hamda yirik adiblari A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov,L.N.Tolstoylar to`g`risida ko`p narsalar so`zlab berganini ta’kidlaydi.Mokvaga yo`llagan maktublarning birida jiyaniga murojaat qilib, «Ul mamlakatlarda ajoyib va g`aroyib ishlar ko`p.Yozib xatingizni ko`proq qilingkim,filjumla o`qib qongudek bo`lmaylik»,-deb iltimos qiladi.
Shoirning bu davrdagi tirikchiligida biror ijobiy o`zgarish yuz bergani yo`q.U o`z o`g`li Akbarxo`ja bilan o`sha «tangu toriq hujrada» moddiy qiyinchilikda yashab,kamtarlik bilan kun ko`radi.Umr bo`yi xastalanib turgan shoirning sog`ligi 90-yillarning oxiriga borib birmuncha yomonlashadi.Bu haqda Muqimiyning o`zi jiyani Ro`zimuhammad Do`stmatovga 1898-99 yillar davomida yo`llab turgan maktublarida qayta-qayta xabar qiladi.Bir necha dardlarga chalinganini, «besh olti oylab betob» bo`lganligini bildirib, «necha muddat biladurkim;Nazm ayturga tabiat loxazi erdim»,-deb yozadi.bir muddat uning sog`ligi shu qadar og`irlashadiki,hatto,o`z qo`li bilan jiyaniga xat yoza olmay,boshqalarga iltimos qiladi.Dori-darmon va tog` sayohatlariga chiqish naf keltirib,shoir biroz shifo topadi.1902 yilgi Andijon zil-zilasi munosabati bilan Muqimiy kattagina she’r tarix yozadi.Bu asar 1903 yil 22 aprelda «Turkiston viloyati gazetasi»da (№15)e’lon etiladi.Shu gazetaning 15 yanvar’ 20-sonida esa shoirning «Voqeai kur Ashurboy xoji» satirasi bosiladi.Ular shoirning sotsial temadagi so`nggi yirik asarlari edi.
Ey tabib,aylanma,dardim bedavolardin biri
Rangi zardim,ko`ru-ko`rma qahrobalardin biri,-
Bayti bilan boshlanuvchi muxammasni ham Muqimiyning so`ni asarlari sirasiga kiritish mumkin.Oz mazmuni va ruhiy yo`nalishiga ko`ra shoir bu muxammasni sariq kasaliga duchor bo`lib,ham jismoniy ham ma’naviy,ham moddiy jihatlardan siqilgan,o`zini yolg`iz etgan bir paytda yaratgan.
Hujjatlardan ma’lumki,xuddi shu yaroqon (sariq) kasalligi shoirni hayotdan olib ketdi.U 1903 yil 25 mayda 53 yoshida Qo`qonda o`z hujrasida vafot etdi.Shoir vafotiga Mavloniy Yo`ldosh,Sulaymonqul Rojiylar bir necha tarix-marsiya bitadilar,uning sharifini ulug`laydilar.
Sobir Abdulla «Mavlona Muqimiy» asari.
Dostları ilə paylaş: |