ANBAR OTIN (1870)
Anbar otin X1X asrning P yarmi va XX asrning boshlarida Qo’qonda yashab ijod etgan demokrat shoiradir. U zamondosh ustoz adiblar izidan borib, o’z ijodida xalq ahvolini, dugonalarining his va tuyo’ularini ifodalagan. «Ichkari» tutquni bo’lgan, ustiga qattiq jismoniy azoblarga duchor bo’lib ko’p yillar bir joyda yotgan bu matonatli ayol hayot bilan aloqa izlagan, davr hayoti bilan hamnafas bo’lishga intilgan.
Nafis she’riyati orqali jamiyat hayoti voqealariga o’zining ilo’or qarashlarini ifodalagan.
Anbar otin vorislarining bergan ma’lumotlariga u, 1870 yilda Qo’qonda Buzruk xo’ja (hozirgi «yangi hayot») mahallasida tuo’ilgan. Otasi farmonqul masha Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi esa, Abdulgani ismli bir kambao’alning (kosib) qizi bo’lgan. Farmonqul 1865-1866 yillarda tirikchilik tashvishi bilan ona shahri Maro’ilondan Qo’qonga keladi va «Belboqchi» mahallalik Qudratillo ismli bo’zchiga shogird tushadi. Keyinchalik u Ashirbibiga uylanadi. Ularning bosh farzandi Anbaroydir. Er-xotinning tinmay erta-kech mehnat qilishlariga qaramay bu oila juda qashshoqlikda yashar edi. Keyinchalik shoira bu holni shunday ta’riflaydi. (3-bet)
Anbaroy 7 yoshga to’lganda uni o’z mahallalaridagi Dilshod otinning maktabiga o’qishga beradilar. Uch yilga yaqin qizcha shu maktabda o’qiydi.
Bo’lajak shoiraning muallimasi Dilshod otin o’z davrining ilmli, tab’i nazmli ayollaridan bo’lgan. Barno taxallusi bilan she’rlar yozgan. Dilshod otinning she’rlari to’plami va o’z sarguzashtlarini bayon qilgan «Ta’rixi muhojiron» asari bizgacha etib kelgan.
Dilshod otin o’zi qayd qilishiga mahallasida 51 yil maktabdorlik qilgan. U o’z shogirdlarini buyuk so’z san’atkorlari Hofiz, Navoiy, Bedil asarlari bilan tanishtirgan. Ularda adabiyotga, san’atga mehrevolyutsiya uyo’otgan. Dilshod otinning «Ta’rixi muhojiron» asarida qayd qilishicha, uning tarbiyasidan Anbar otin, To’tiqiz, Bahri otin kabi talantli shoiralar etishib chiqqan.
Dilshod otin shogirdlari orasida Anbar otinga alohida muhabbat va umid bilan qaragan. Unga bao’ishlab yozgan she’rlarida va yuqorida qayd qilingan asarida Anbaroyning o’tkir zehnli, qobiliyatli ekanini, kelgusida undan zabardast shoira etishib chiqishi mumkinligini payqagan:»Anbaroy buo’doy rang, sunbul sochli, ohu ko’z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidir. Bu sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramay, hazrati Navoiy Nazmiyotlarini o’rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan 14 yoshgacha adab ta’limio’a masho’ul bo’ldi. Umidim borki,
Bu qizcha katta shoira bo’lo’usi» («Ta’rixi muhjiron» 52-bet).
Ota-onasi fojialari ota-onasining ajralib ketishi natijasida Anbaroy maktabdan ketishiga majbur bo’ldi.(70-bet)
Dostları ilə paylaş: |