176 MISRA ShE’RNI O’Z IChIGA OLADI
Furqat 1892 yil boshlarida Istanbuldan Yunon mamlakatlariga uyushtirgan sayoxatlar vaqtida bir kichik masnaviy-xikoyat yaratgan. Bu manzuma safardan olgan taassurotlarning bayonidan iborat bo’lib, shoir unda Yunon o’lkalaridagi ko’xna madaniyat obidalari, qadimgi arxitektura va san’at yodgorliklari, tosh va marmardan qurilgan salobatli imoratlar xamda ularni bezobovchi turli-tuman naqshlar o’zida katta taassurot qoldirganini bayon etadi.
Masnaviyni Furqat “Turkiston viloyati gazetasi”ga yuboradi. Akademik V.Zoxidov tomonidan “Ro’molli qiz xikoyati” deb atalgan bu asar qator jixatlari bilan aloxida diqqatga sazovordir. U garchi, bosh qaxramon-ro’molik qiz nomidan va uning o’z boshidan kechirgan real voqealar bayoni sifatida yozilgan bo’lsa-da, aslida romantik-sarguzasht xarakterida bo’lib, asosiy qismi xalq ertaklarini eslatadi. Unda oilaning yagona farzandi-go’zal qizning kutilmagan sabablar bilan ota-ona va vatandan ayrilishi, qator mushkulliklarni boshidan kechirib, oqibatda tugishganlari bilan uchrashuvi xikoya qilinadi.
Asarning syujetida xalq ertaklariga xos bo’lgan traditsion “ko’chma” motiv-tugunlarni uchratamiz:
Hikoyatda xuddi sarguzasht ertaklaridagidek bosh qaxramon turli-tuman to’siq-sinovlarga duch kelib, daxshatli situatsiyalarga tushadi, azob-uqibatlarni boshidan kechiradi. Shoir maxorat bilan voqealarni bir-biriga ulab yuboradi, syujetni murakkablashtirib, o’quvchida aloxida qiziqish uygotadi.
... O’n to’rt yoshga to’lganida nogox kasallangan go’zal qizni qanchadan-qancha xakimu “doktor”lar davolay olmaydilar. Nixoyat, bir donishmand xakim uning sil kasalligiga duchor bo’lganligini aytadi va xushxavo daryo yoqasida davolashni taklif etadi. Qizning otasi “besh-o’n kunda” xakim aytganidan xam afzal qilib daryo qirgogida maxsus qasr qurdiradi. Qiz shifo topib, tomoman tuzalib ketadi. Ammo xikoyaning romantik-sarguzasht xarakteriga ko’ra, bir balodan qutilgan bosh qaxramon boshqa falokatlarga duch kelaveradi.
Daryo labida sayr etib yurgan qizni kutilmaganda to’fon oqizib ketadi. Furqat traditsion-romantik echimdan muvaffaqiyat bilan foydalanadi: falokatga uchragan qizni bir baliqchi o’z to’riga ilintirib qutqaradi, dor-darmon bilan uni xushiga keltiradi.
Ona yurtdan judolikda yurgan shoir xaloskor baliqchining yolgizlikda yurgan qizga qatoriga murojaati ayniqsa xarakterlidir:
Dedi:”Ey gul, erursan qay chamandin?
Na bois bo’ldi-ayrilding vatandin?
Qizning mungli xikoyatini nazarida baliqchi xalol, gamxo’r, odil, saxiy va ochiqko’ngil shaxs sifatida gavdalanadi. U kishilarga jabru sitam etuvchi beraxm falakning xiyla-nayranglariga norozilik bildiradi. Ushbu satrlarda baliqchining ilgor qarashlari, boy ma’naviy dunyosi ko’zga yaqqol tashlanadi:
Bu so’zni eshitib bechora sayyod,
Urub ko’ksiga yiglab, qildi faryod.
Dedi:-“Ey kajrov, charxi fununsoz!
Jafogar, bemuruvvat, xiyla parvoz!
Na sho’r erdiki, solmishsan jaxonga!
Na zulm erdi bu zori notavonga?!
Guli jismin xamul etmoq na erdi?!
Qadi naxlin pajul etmoq ne erdi?!”
Baliqchi qizni o’z chaylasida davolab, mexmon qilib, kuchga to’lganidan keyin vatani Rimga (Rumoga) eltib, ota-onasi qo’liga sog-salomat topshiradi. Furqat qizning batamom umid uzgan tugishlaganlari bilan qayta uchrashuv epizodini aloxida urgu bilan juda ta’sirchan va realistik chiza olgan. Manzumada asosiy o’rinni Vatan mavzui, undan taqdir jabri bilan ajralish va oqibatda yana qaytish, tugilgan “uy” bo’sagasini ko’zga surtish goyasi turadi.
Ketib daryoga men, topmay nishonam,
Azo tutmish ekanlar ota-onam.
Meni ko’rgan xamon ketti o’zidin,
Kelib o’ziga, yosh oqib ko’zidin.
Yuzimga telmurib aylab nazora
Dedi:”dunyoga keldingmu dubora?”
Men anda ko’zga surtub uy bo’sogin,
Quchubon yigladim otam oyogin.
Bo’lub suv ko’z yoshimdin sango xoro
Qiyomat bo’ldi ul dam oshkoro.
Dostonning oxirgi qismida ta’kidlanishicha, bir o’limdan qolgan qiz qolgan umrini sayoxat bilan o’tkazishga jazm qilgan.
UBAYDULLA SOLIH ОG’LI ZAVQIY (1853-1921)
Dostları ilə paylaş: |