Universitet: Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’tet: Filologiya Kafedra: «O`zbek adabiyoti va o`qitish metodikasi»


FURQATNING ILMIY VA TARIXIY ASARLARI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə25/29
tarix15.06.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#61511
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Universitet Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’

FURQATNING ILMIY VA TARIXIY ASARLARI

Jo’shqin lirik va ajoyib ma’rifatparvar shoir Furqat o’z xayotida ilmiy ish bilan xam shugullangan. Furqat tarjimai xolidan ma’lumki Yorkentda tabobat (meditsina), xay’at (astronomiya) ilmlari bilan qizgin mashgul bo’lgan.


Furqat o’z “Sarguzashtnoma”-(“Furqatnoma”)sida 1875-1876 yillarda Qo’qon xonligida ro’y bergan voqealarni o’z ichiga olgan tarixiy asar yozganini aytadi. Afsuski, bu asar xozircha topilgan emas.
Furqat ijodiy merosida yana to’rtta ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterga ega bo’lib, ular “To’y tavsifi”, !Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi”, deb ataladi. To’rtinchisi adabiyotshunoslik xarakterida bo’lib, lm ash’orning qoidai avzoni” deb ataladi. Bu asar adabiyot xavaskorlariga qo’llanma tarzida tuzilgan bo’lib, unda aruz vaznining qonun-qoidalari bayon etiladi.
Furqat 1891 yilda Toshkentda o’zining boshidan kechirganlarini, ya’ni tarjimai xolini yozib chiqdi. Bu asar “Turkiston viloyatining gazeti” saxifalarida (1891 yil yanvar’-iyun’ sonlarida bosildi. Avtobiografik xarakterdagi bu asarni filologiya fanlari doktori A.Abdugafurov “Furqatnoma” professor ¢.Karimov “Sarguzashtnoma” deb atadilar).
“Sarguzashtnoma” memuar prozaik asar sifatida qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu asarda Furqat o’zining bolalik davridan boshlab 1891 yilgacha, ya’ni Toshkentdan chiqib ketguncha bo’lgan davr ichida boshidan kechgan voqealar to’grisida fikr yuritadi. Furqatning “Qo’qonda o’tgan yoshlik davri, oilaviy xayoti, maktab va madrasada o’qishi, yangi Margilonga borishi u erdagi mashguloti, Qo’qonga qaytib kelishi, Muqimiy boshchiligidagi adabiy xarakatda ishtirok qilishi, shoir sifatida shuxrat qozonishi va nixoyat, 1889 yilda Qo’qonda Xo’jand (Leninobod) orqali Toshkentga kelishi va Toshkentdagi xayoti bu asarda yorqin epizodlar orqali ravon uslubda xikoya qilinadi.
“Sarguzashtnoma” Furqat tarjimai xolini o’rganishda eng qimmatli xujjat bo’lib, u bebaxo manba sifatida tadqiqotchilar tomonidan foydalaniladi.
“Sarguzashtnoma”ning yana bir qimmatli tomoni shundaki,Furqat bu asarda o’zi to’grisida so’zlashi bilan birga muxiti, mashxur zamondoshlari, o’sha davrda ro’y bergan muxim tarixiy xodisalar to’grisida xam ma’lumot beradi. Shoirning o’sha zamon maktablaridagi dogmatika, sxolastikaga asoslangan o’qitish va tarbiya usuli xaqidagi borgan ma’lumotlari, Toshkent madaniy muxiti, ilgor rus madaniyatining turli ko’rinishlari (gazeta, bosmaxona, teatr va o’quv yurtlari-gimnaziya vyubyu) rus madaniyati arboblaridan orttirgan do’stlari, ular bilan aloqasi v.x. xaqidagi xikoyalari xarakterlidir.


FURQAT DOSTONLARI

1890 yilda butun Rossiyada Aleksandr Vasil’evich Suvorov tugilganiga 160 yil to’lishi munosabati bilan tantanalar o’tkazilgan edi. Gazetalarda A.V.Suvorov va uningbiy galabalari xaqida materiallar e’lon qiilinb, bir qator saxna asarlari maydonga kelgan edi. V.Bogatiryovning arxiv materiallari asosida tekshirishlariga ko’ra, Furqat 1890 yil, 5 oktyabr’ Toshkent saxnasidan N.Kulikovning “Suvorov qishloqda, Milanda va yaxshi ayollar orasida” komediyasini ko’rgan va uning mazmunida o’z asarini yaratgan.


Spektaklda mashxur sarkarda xayoti va faoliyatining unga katta bo’lmagan bir davri tasvirlanadi. Shuning uchun xam shoir spektakl’ mazmunidan chetga chiqib, o’zbek gazetaxonlariga, avvalo Suvorovning kimligi, qanday xizmatlari bilan mashxur bo’lmaganligi xaqida ma’lumotlar berishni shart deb biladi. Shoir qisqa, ravon misralarda A.V.Suvorovga xaqqoniy umumiy xarakteristika bera olgan.
Suvorovning emish bir katta odam,
Baxodirlik bila mashxuri olam.
Emish rusiyaga sardori lashkar,
Yurib amri bila bisyor askar.
Sipoxilik ishiga moxir erkan
Ko’p ishlar dogi andin zoxir erkin.
Furqat poemasida yaratilgan Suvorov obrazi tarixiy Suvorovdagi asosiy xususiyatlarni, umuman, to’gri aks ettiriladi. Furqat dostonida Suvorov, dastavval, rus erining butunligi va xavfsizligi uchun kuch va gayratini ayamaydigan vatanparvar sarkarda sifatida gavdalanadi. Podshox Pavel 1 va saroy doiralaridagi reaktsionarlar bilan kelisha olmay, ishni tark etib, qarilik choglarini o’z qishlogi Kongonskoeda o’tkazayotgan Suvorov vatanning birinchi chaqirigi bilanoq frantsuzlarning tajovuzkorligiga qarshi otlanib, sarkardalikni qabul qildi va o’z yurtini chet el bosqichlari xujumidan ximoya qilishda butun bilim va qobiliyatini ishga soldi. Suvorovning bu xarakati uning xaqiqiy rus vatanparvari ekanligini yaqqol ko’rsatib turadi. Garchi ilgari podsho unga:
Dedikim:-“Nav zanunlar birla qonun,
Senga ma’lum emas bo’lsa o’zing bil!
Ketib mundin bo’lak ishni topib qil!”-deb, ulug sarkardani xaqoratlab vazifasidan ozod qilgan bo’lsa-da, A.V.Suvorov vatan va xalq boshiga ogir kunlar tushganda kek saqlamadi, uning ximoyasi uchun bel bogladi.
Suvorov rus xalqining zo’r irodasiga, rus soldatining qaxramonlik kuchiga, jasurligiga, kuchli sabr-matonatiga astoydil ishonar edi, chunki o’zida xam shunday xususiyatlar bor edi. Uning rus soldatlarini zo’r muxabbat bilan sevishi va ular kuchiga cheksiz ishonishining boisi xam shunda edi.
Tarixiy shaxs Suvorov bilan Furqat poemasidagi Suvorov obrazi o’rtasida to’la uygunlik, moslik mavjud.
Furqat dostonida Suvorov buyuk sarkarda sifatidagina emas, balki olijanob odam sifatida xam tasvirlanadi. Kamtarlik, soddalik, samimiyat va xaqgo’ylik Suvorovga xos insoniy fazilatlardir. Tarixiy shaxs Suvorovga xos bo’lgan bu olijanob xislatlar dostonda to’gri va xaqqoniy aks ettirilgan. Suvorov Konganskoe qishlogida yashagan davrida o’zini kamtar tutadi, dexqonlar bilan samimiy va do’stona muomalada bo’ladi:
Na ish bo’lsa va lekin qayonda,
Bilur erdi turubon ul makonda.
Yurar erdi bo’lib bir rasmi odam,
O’shal qishloq xalqi birla boxam.
Xushchaqchoq tabiatli, ochiq ko’ngilli Suvorov qishloq bolalarini to’plab, ulardan “qo’shin tuzadi, ularga “yogoch miltiq”, “cho’pdon qilich” berib, “xarbiy ish nizomini” o’rgatadi. Bu mashqlar orqali Suvorov qishloq bolalarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi, o’z vaqtini xam chog o’tkazadi:
Yigib yosh bolalarni ba’zi ovqat,
Yagoch miltiq berib aylardi sallot.
Alarga o’zini saraskar aylab,
Qilich cho’rdin o’ziga darbar aylab.
Berib miltiq otarni xam urushni
Furqatning “Suvorov xaqida” dostoni katta ma’rifiy va tarbiyaviy axamiyatga molik bo’lishi bilan birga, muxim tarixiy axamiyatga xam egadir. Shoirning o’zbek adabiyoti tarixi oldidagi unutilmas xizmati shuki, u o’zbek adabiyotida birinchi bo’lib rus tarixi va madaniyatining mashxur arbobi Suvorov obrazini yaratdi. Furqat bu bilan o’zbek kitobxonlari o’rtasida rus xayotiga, tarixiga va madaniyatiga xurmat xislarini uygotdi, rus xalqining asl farzandlariga, ilgor namoyandalariga nisbatan muxabbat tuygularini tarbiyaladi. Binobarin, mashxur ma’rifatparvar shoir Furqat xaqiqiy novatordir. U o’zining ajoyib ijodiy faoliyati bilan adabiyotimizga yangi goyalar, yangi obrazlar olib kirdi.


YuNON MULKIDA BIR AFSONA”-DOSTONI

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin