Universitet Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti Fakul’
MUQIMIY LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI Muqimiy lirikasining katta shuhrati,mangu barhayotlik va hamisha navqironligini ta’minlagan asosiy omillardan biri –ilg`or g`oya,hayotiy mazmunni haqqoniy va xalqchil ifodalashdagi badiiy barkamollikdir. Badiiylikni belgilovchi komponentlar rang-barang va xilma-xil.Uslubning soddaligi,bayonning ravonligi, fikrning ravshan hamda detallarning konkret va hayotiyligi ham,adabiy til normalari doirasida jonli so`zlashuv til boyliklaridan o`rinli foydalanish va xalq maqol-matallarini maqsadga bo`ysundirib qo`llash ham,omma diliga yaqin qo`shiq-ko`ylari yo`lidan borib,lirikaning vazn engilligi,o`ynoqiligi va musiqiyligini ta’minlash va b.Muqimiy lirikasining fazilatlaridir.
Shoir asrlar davomida ko`plab ijodkorlar lirikasida takrorlanib “Sinovdan o`tgan” qofiyalardan tez-tez o`rinli foydalanadi.Shuningdek,jonli xalq tilidagi “oddiy” so`zlarni qofiya o`rnida qo`llab ularga yangi jilo berishga,yaqin qirralarini ochishga ham intilib,bu sohada qator yutuqlarga erishadi.Shu ma’noda «Kelur» radifli g`azal xarakterlidir: 196-bet
Muqimiy oshiq va ma’shuqa xarakterlarini ochishda turli badiiy va uslubiy san’atlarni ishga soladi.M: dialog shaklidagi g`azallar shular jumlasidandir.Bu usul obrazlarning ichki kechinmalarini,ko`ngil nozini yuzma-yuz uchrashuvda «o`z so`zlari» bilan ifodalashga, jonli manzara chizishga imkon beradi.
Aydi kulib: «Ey notavon,hajrimda ranging
za’faron;»
Jabru jafo qildim yomon,ma’zur tut,chekting sitam.
Aydimki: “Qulikka bitib,kelgan zamon tashrif
etib
Qoldi ko`ngillardan ketib har qanchakim ranju
alam”.
. . . Ma’shuqa bilan kutilmaganda yuz bergan uchrashuv oshiqni gangitib qo`yadi.U o`zini batamom yo`qotadi,hatto,xalq iborasi bilan aytganda «Tili so`zga kelmay qoladi».Ma’shuqa esa o`zining bunday ta’siridan mamnun.U hazil-mutoyiba aralash oshiqqa «tegajaklik»,qiladi, «qizishtirib» qo`yadi:
Otarda er,kelmay qoldi til so`zga,kulub aytdi:
-«Qalaysiz? Kamnamosiz,gangu lolu bezabonim siz».
Mana bu baytda esa ma’shuqaning ko`pchilik oldida iymanib, hayo bilan ko`chadan o`tishi, uni, ayni zamonda,qandaydir qo`rquv,vahima qurshaganligi shahar g`ala-g`ovuri o`rtasiga tushib qolgan olazarak saxro ohusiga o`xshatiladiki,bu ma’shuqaning o`sha vaziyat,o`sha ondagi andisha- iztirobini ham,ruhiy kechinmalarini ham o`quvchi ko`zi oldida nihoyatda real gavdalantiradi:
Xalqdin etib xayo,vaxshat chekib beixtiyor,
Shaxrga tushgan kabi bir ohuyi sahro kelur.
Qator o`rinlarda Muqimiy qadimdan xalqimizga xos bo`lgan milliy xususiyat va urf-odatlar ishora qilib,jonli badiiy lavhalar chizadi.Dutor chertib mayin-xonish qilish,ayniqsa,Farg`ona ayol-qizlari orasida keng tarqalgan:
Asr emas qayu bir fe’lu atvoring,xususankim,
Olib ilgingga chalganda dutor oxista-oxista.
Mehmon kutishda qudalarga suv sepib,yo`llarni tozalab qo`yish eng yaxshi odatlarimizdan biri.Lirik qahramon ham ma’shuqani intizorlik bilan kutar ekan,ko`z yoshidek suv sepib,uning kelish yo`llarini tozalab qo`yadi:
Suv sepib ko`z yoshidin,qo`ydim yo`lingiz tozalab,
To kelur vaqtida domonni g`ubor etmay keling.
Shoirning yuksak badiiy san’atini namoyish etuvchi bu kabi misollar uning lirik merosida nihoyatda ko`p uchraydi.