196
3.
Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni
Tayanch tushunchalar:
metod, ta'lim metodi, ta'lim usuli, qoida, interfaol
metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta'limning texnik vositalari
.
Metod, usul va texnologiya. Ta'lim metodi
tushunchasi anchagina
murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara
haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli
ta'riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir
umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta'lim metodini
o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga
moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil
ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta'rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod
so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod
– eng umumiy ma'noda – maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan
faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil
etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: