Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   227
-.-

Ta'lim 
usuli
– ta'lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan 
usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism 
sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv 
vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda 
foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar 
tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. 
Ta’lim metodlari
deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik 
vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish 
faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi



197 
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra 
amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini 
o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), 
o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-
usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish 
(4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. 
O‘qituvchilarning ayrimlari esa, «metod» tushunchasining o‘rniga «uslub» 
tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo «uslub» tushunchasi «metod» atamasining 
mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z 
borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib,
 
aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.
Ta'lim amaliyotida «pedagogik texnologiya» tushunchasi uch darajada 
qo‘llaniladi: 
Umumpedagogik (makro) daraja. 
Mazkur darajaga muvofiq keladigan 
texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, 
tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, 
masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur 
texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘qituvchilar, olimlar va 
izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan 
va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni 
amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llaydilar. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin