Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226
-.-

Interaktiv
so‘zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “akt” – “harakatlanish” 
so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog 
rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish 
demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta'lim – avvalo dialogli ta'lim bo‘lib 
uning davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter o‘zaro 
hamkorligi amalga oshiriladi. 
Interfaol ta'limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil 
etadi. 
Interfaol metod
– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir vaqtning 
o‘zida ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish 
usullari majmui. “
Modellashtirish”, “Breynshtorming”, “Muzyorar” 
kabi
 
turli 
interfaol metodlardan bugungi kunda ta'lim jarayonida foydalanilmoqda. 
Modellashtirish metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi auditoriya 
xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim o‘zlashtirish xususiyatlari, 
uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar; ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro 
hamkorlikka asoslanganligi inobatga olinishi zarur. 
“Breynshtorming”
metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa o‘rnatish, ular 
fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat yaratish, ularga dinamik ta'sir 
ko‘rsatish mumkin. 
“Breynshtorming”
uch bosqich: motivatsiya, idrok, refleksiya 
(mushohada yuritish) dan iborat bo‘lganligi bois, har birida ham bahsga 
kirishuvchilar muloqat madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi
30
. Demak,
pedagogik muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qullab- quvvatlanadi, dialog 
muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga moslay olish 
ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi pedagogik muloqotni 
tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. 
30
Qarang: Pedagogik texnologiyalar. Abdullaeva Sh.A., Axatova D.A.- Toshkent, 2003.- 56 –bet. 


240 
“Breynshtorming”
metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning 
barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot 
qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z fikrini 
faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli 
fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim 
oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim oluvchilarda 
ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta'lim jarayonida noan'anaviy metodlar -“Chalkashtirilgan 
mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”,“Besh minutlik esse”, 
“Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi metodlardan keng foydalanilmoqda. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin