Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   226
-.-

Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish. 
Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, 
a
xborot tizimi
- axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda 
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarini qamrab oladi. 
Ta'lim 
jarayonini 
qulaylashtirishda 
masofaviy o‘qitish
ta'lim 
tizimi 
ishtirokchilarining 
innovatsion 
pedagogik 
faoliyatini 
tashkil 
qilishga 
mo‘ljallangan. Aynan: 
-doimiy va muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borish, bilim, 
ko‘nikma va malakalarini doimiy yangilab borish; 
-mamlakatimizning va xattoki yer kurrasining qaysi burchagida bo‘lishi va 
qaysi vaqt oralig‘ida topshiriq berish va ularni bajarishdan qat'iy nazar, tahsil 
oluvchi va o‘qituvchi o‘rtasida interfaol aloqa o‘rnatishga imkoniyat mavjudligi, 


238 
ta'lim mazmunining xalqaro talablarga monand bo‘lishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar uyg‘unligi asosida tashkil qilish; 
-o‘qitish jarayonida erkin muloqot qilish talablarini bajarish, o‘quvchining
vizual, eshitish, so‘zlashish, fikr almashish kabi layoqat va malakalarining teng 
ravishda shaklantirilishi zarurligini inobatga olish va buning uchun zarur bo‘lgan 
shart-sharoitlar yaratish; 
-o‘qitish jarayonida insoniylik (gumanizm) talablariga rioya etish, ta'limning 
uzviyligi, uzluksizligi, bosqichma-bosqichliligi, demokratlashuvi va xalqchilligini 
ta'minlash; 
-davlatlararo xalqaro va mintaqaviy hamkorlik o‘sayotganligini inobatga olgan 
holda istiqbol kadrlarning milliy manfaatlar asosida shunday xalqaro muloqotga 
tayyorligini ta'minlash; 
-ta'lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishda pedagogik motivatsiya
realizatsiya va refleksiya talablariga to‘liq rioya etishga qaratilgan.
masofaviy ta'limda internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik 
tola, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan 
telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, 
ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur aess, Dial-ur) ko‘rinishida amalga 
oshiriladi. 
Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem 
qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga 
ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham 
foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon 
liniyasi band qilinadi, seans tugagandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va 
unda boshqa foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Internetga ulanishni amalga 
oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ulanishga imkon beradi. 
Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet 
xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. 
Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida 


239 
Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki 
telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida 
simsiz ulanish ham mumkin. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin