Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   226
-.-

Zamonaviy oilalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari.
XXI asrda ijtimoiy 
- iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy 
24
Munavvarov A. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 2009.-56-bet. 


139 
muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon 
bo‘lmokda. Shuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, 
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida 
maydonga chiqdi. O‘zbekiston 
Respublikasida 
uzluksiz 
ta'lim 
tizimini 
rivojlantirish, uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng 
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori darajadagi bilimga ega, ma'naviy boy, 
sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Shu 
nuqtai nazardan olib qaralganda, o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarga 
sog‘lom turmush tarzini singdirishda o‘quv maskanlari, oila, mahalla, ijtimoiy 
institutlarning bu sohadagi ta'sirchan hamkorligini yo‘lga qo‘yish tadab etiladi. 
O‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhim 
omillaridan biri uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir. Chunki 
taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o‘zining rivojlanish omillari, qonuniyatlari, 
yangiliklari va o‘zgarishlariga ega bo‘lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, 
qobiliyatlari, bilish jarayonlariga bevosita ta'sirini o‘tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham mikdor o‘zgarishlariga ega 
bo‘lgan ko‘rsatgichlar o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni 
rivojlantirishda, xulqini boshqarishda hamda unga ta'sir ko‘rsatishda alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
 
Sanogen tafakkur
– (
lotincha: «sanus»- sog‘lom: va yunon tilida: 
«genezis»- 
rivojlanish)-
his-hayajon 
va 
emotsiyalarni 
boshqaruvchi, 
sog‘lomlashtiruvchi tafakkur. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda sog‘lom 
avlodni voyaga yetkazish, ta'lim jarayoni sub'ektlari faoliyatini tashkil etish, 
oilaviy tarbiyani sog‘lomlashtirish va ularni muvofiqlashtirish asosida 
jamiyatimizda voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikni oldini 
olishga qaratilgan tadbirlarni jonlantirish vazifalari yetakchilik qilmoqda. Shu 
jihatdan olganda o‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilar orasida 


140 
huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarning oldini olishda sanogen tafakkurni 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Insonning tafakkuri qanchalik sog‘lom bo‘lsa, uning ruhiyati, jismi 
shunchalik sog‘lom ezgulikka yo‘nalgan bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha sof 
erkin bo‘lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi, shukrli, sabrli va beg‘araz bo‘ladi. 
Bugungi kunda go‘zal xulq, to‘g‘ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor, 
sog‘lom fikrlay oladigan farzand hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon 
e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi 
hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega shaxs sanogen 
tafakkur egasi sanaladi. Demak, farzand yoshligidan sog‘lom e'tiqodli, bilimli, 
odobli va shijoatli bo‘lib voyaga yetishi uchun foydali ilm va ko‘nikmalar bilan 
band bo‘lishi muhim vazifadir.
Sanogen fikr kishisi hamisha o‘z qarashlarini ijobiy asoslaydi, kerak 
bo‘lganda himoya qilib, to‘g‘ri xulosa chiqaradi, o‘z burchini adolatli baholaydi. 
Sanogen tafakkurga ega inson ichki nizoni ijobiy bartaraf etadi. Shuning uchun 
yurtimizda sanogen tafakkurga ega shaxslardan iborat barkamol avlod tarbiyasiga 
alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, o‘smirlik yoshi 10-11 yosh, 14-15 yoshni tashkil etadi. Ko‘pchilik 
o‘quvchilarda o‘smirlikning o‘tish davri asosan maktab pallasining murakkab 
bo‘lgan 4-5-sinfiga to‘g‘ri keladi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar 
ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik 
o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bog‘liq ravishda barcha 
a'zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining 
qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir 
endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya 
bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm 
to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining, ya'ni qalqonsimon 
bez, buyrak usti, oshqozon osti, jinsiy bezlar ishini kuchaytiradi. Natijada bola 
bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish jarayoni amalga osha boradi. 
O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat 


141 
va imkoniyatlarini ma'lum darajada o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga 
intiladilar. Bu holatni maktab o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi 
mumkin. 
15-25 yoshlilar esa o‘spirinliklik davriga mansub shaxslar hisoblanadi. Ilk 
o‘spirinlik bosqichi 15-17, o‘rta o‘spirinlik bosqichi 17-22 va katta o‘spirinlik 
bosqichi 22-25 yoshdagi davrlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Mustaqil 
davlatimizning tayanchi va kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama 
rivojlantirishda, mustaqillik mafkurasini ularning ongiga singdirishda, ijtimoiy 
faolligini o‘stirishda, jamiyatimizga yot, zararli g‘oyalardan ularni avaylab-
asrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi. 
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘quvchilarda sanogen tafakkurni 
rivojlantirish o‘ziga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga bog‘liq. Bunda 
o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga ta'sir 
etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr taqoza 
etmoqda. Bunda birinchi navbatda, oila tarbiyasidagi ota-onalar diagnostikasini 
o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika va psixologiya sohasida ota-onalar bilan ish olib borishga doir 
turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-
Rubinshteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova, 
L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda 
yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va 
mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma'lum tizim asosida 
yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim dasturlari ham ishlab 
chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga 
muvaffaq bo‘linmoqda. 
Ma'lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o‘z samarasini 
beradi, shuning uchun muayyan ijtimoiy- pedagogik yordamga muhtoj oilalarni 
ijtimoiy pedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko‘rsatish, ya'ni 
oilada valeologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to‘g‘ri tarbiya 
berish maqsadga muvofiqdir.


142 
Har bir oilaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ularga ijtimoiy-pedagogik 
yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega. 
Oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ish 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
-maqsadni belgilash, ya'ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga 
suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini 
hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; 
-harakatlar algoritmi, ya'ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘rnatishga doir 
anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra ota-
onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi 
faoliyatdir; 
-diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik 
xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. 
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning 
psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir »Oilada pedagogik muhitni 
aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To‘gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik 
rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, 
avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs 
sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin