280
mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish
tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.
Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki
telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivojlanishi.
Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo‘yicha ishlar O‘zR
Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil
6
iyundagi
200-son
qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010
yillarda
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish
dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.
Respublika telekommunikatsiya tizimlarini
modernizatsiya qilish va
rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz
aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari
yengil
bo‘lib
bormoqda.
Hozirgi
vaqtda
respublikamizda
Internet
foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi,
ya'ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari
orqali Internetga shaxsiy
kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi
kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi.
Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo‘lgan katta e'tibor tufayli
Internet tarmog‘ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqdan.
Hozirgi kunda
respublikada .UZ domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini ro‘yxatga
olish bo‘yicha 7 ta registratorlar faoliyat ko‘rsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal-
D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus.
Ma'lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog‘iga
ulash xizmatlarni
taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning soni bugungi kunda 982tani
tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga yetdi.
Provayder va operatorlarning aksariyat qismi Toshkent shahrida
joylashganligiga qaramay, respublikamizning
boshqa hududlari, ayniqsa
281
Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham provayder
va operatorlar sonining
barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.
Elektron pedagogikada
Dostları ilə paylaş: