Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   226
-.-

irsiylik
 
shaxsning o‘ziga xosligini belgilab 
beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jixatlar, ota-ona tomonidan
irsiy o‘zgaruvchilar orqali o‘tadigan birliklardir. 
Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni mo'him va o'ziga xos, albatta, 
irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar - aqliy va 
jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkinligi, lekin 
bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar 
orasida yashashi, jamiyatda munosabatlar o‘rnatishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi 
va ma'lum xulq- odob qoidalariga amal qilishi lozimdir. Insonning shaxs sifatida 
shakllanishida muhit (geografik, ekologik, axborot vositalarining uzoq-yaqinligi, 
ota-ona, bobo-buvilar tarbiyasining to‘laqonligi, tashqi muhit va h.k) beqiyos 
amiyat kasb etadi.


53 
Shaxsning rivojlanishida «faoliyat», «faollik» tushunchalarining o'rni 
beqiyos. Buyuk insonlar o'z sohalarida yuksaklikka erishish uchun tinmay 
mehnat qilganlar. Inson o'z intilishi va faolligi bilan yuksak natijalarga erishishi 
mumkin, qobiliyat va iste'dodni ro‘yobga chiqarish uchun ham o'z ustida ishlanishi 
zarurdir. 
Masalan, buyuk iste'dod sohibi Muxtor Ashrafiy kunlardan bir kun 
shogirdinikiga tashrif buyuribdi. Shogirdi fortopiano oldida o‘tirib, kuy 
bastalayotgan ekan. Shogirdining rafiqasi ilhom parisi kelganda, turmush 
o‘rtog‘iga halal bermaslik uchun ustozga bir pas o‘tirib turishni maslahat beribdi. 
Bir necha daqiqadan so‘ng shogird Muxtor Ashrafiy yoniga peshvoz chiqibdi. 
Salomlashgach, Muxtor Ashrafiy shogirdiga qarata:”Men bugun kechasi bir kuy 
bastaladim. Marhamat, tinglab ko‘r, debdi va fortopiano yoniga kelib, bir necha 
daqiqa oldin yangragan kuyni ijro etibdi. Shogird hangu-mang bo‘libdi. Qanday 
qilib, ikki kishi bitta kuyni bastalashsa?! Biron nota ham o‘zgarmasa? Bunaqa sira 
bo‘lishi mumkin emas-ku?!,-deb hayron qolibdi. Shunda Muxtor Ashrafiy xandon 
urib kulibdiyu, hazillashayotganini aytibdi. Muxtor Ashrafiydagi buyuk iste'dod, 
xotirlash qobiliyatining kuchliligiga shogird tasanno aytibdi. Shunday qilib, 
mashhur musiqachi, bastakor Muxtor Ashrafiy o‘zining buyuk iste'dod egasi 
ekanligini namoyon qilgan ekan. 
Yoki yana bir iste'dod sohibi, birdaniga bir necha sohalarda faoliyatini 
namoyish qilgan buyuk rassom, arxitektor, matematik Leonardo Da Vinchi o‘z 
ustida tinmay izlangan, mashaqqat bilan mehnat qilganligi hyech kimga sir emas. 
Yoshligida juda qashshoq yashagan Leonardo kunlarning birida tabiat quynida 
rasm chizish uchun Florensiyaning chekka qishlog‘iga kelibdi va yashash uchun 
ijaraga kichik hujra tanlabdi. Vaqt o‘tibdi, ammo Leonardo hujra pulini to‘lay 
olmabdi. Hujra egasi xasis va qitmir ekan. U rassomni tanimabdi va undan ijara 
haqqini talab qilibdi. Rassom ikki soatlardan so‘ng pulni to‘lashga va'da beribdi. 
Oradan ikki soat o‘tgach Leonardo Da Vinchi mo‘jazgina tugunchasini ko‘tarib, 
hujradan chiqibdi va pulni stol ustida qoldirganligini aytib, hujra egasi bilan 
xayrlashibdi. Xasis hujra egasi xonaga kirsa, stol ustida yaraqlab turgan bir uyum 
tilla tangalarni ko‘ribdi va ochko‘zlik bilan ularga qo‘l cho‘zibdi, ammo qo‘li 


54 
stolning ustida mohirlik bilan chizilgan rasm ustida qolganligini ko‘rib, hayratdan 
yoqa ushlabdi... Ancha vaqtdan keyin hujraning egasi ushbu stolni juda katta pulga 
sotishga muvaffaq bo‘lib, mislsiz darajada boyib ketibdi. 
Demak, qobiliyat tinimsiz mehnat va izlanish natijasida iste'dodga aylanishi, 
insonni kamolotga yetaklashi muqarrardir. 
«Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas 
bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi»
20
. Bola aynan turli 
faolliklar yordamida shakllanadi, o'zligini namoyon qiladi. Demak, tahsil 
oluvchilarning faoliyatlari passiv jarayon bo'lmay, u ongli ravishda 
boshqariladigan faol jarayondir. Ya'ni, faoliyat-o'quvchi ongi va tafakkuri bilan 
boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi 
olamni va o'z-o'zini o'zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o'ziga xos faollik 
shaklidir. Bu-o'quvchining darslarda muayyan predmetlar mohiyatini o'z tasavvuri 
doirasida, malum bir echim orqali bilishga, yangi kashfiyotlar yaratishga
qaratilgan faoliyatdir. 
O'quvchining aqliy harakatlari-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik 
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Bunday 
harakatlar doimo motor harakatlarni ham qamrab oladi. Bola shaxsining 
rivojlanishida harakatlar quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi: 
-pereptiv-bunda o'quvchi ongida jismlar va hodisalar to'grisidagi yaxlit 
siymo (obraz) shakllanadi; 
-mnemik faoliyat- narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador 
materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi; 
-imajitiv faoliyat-(«imaje» -«obraz»)-ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya 
vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda 
saqlashni taqozo etadi. 
O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz 
bergan bo'lsa, bunday jarayon pedagogika va psixologiyada 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin