Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   226
-.-

Bolalar ijodini o'rganish. 
Bolalar ijodini o'rganish ko‘p qirrali 
jarayondir. Bunda ta'lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos 
individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi.
Ularrning turli yozma ishlari, daftarlari, tutgan kundaliklari, she'r va hikoyalari, 
hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik 
ishlari, bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning 
dunyoqarashi va ma'naviyatini o'rganish uchun manba bo'lib xizmat qiladi. Bu 
metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib 
olinadi. Ayniqsa, bizning respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki 
kunlaridanoq iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish 
maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilayapti. Bugungi kunda iqtidorli 
yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida, turli ko‘riklarda (san'at, 
musiqa va boshqa), sport maydonlarida o‘zlarining iqtidorini namoyish 
qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida 
dunyodagi boshqa millatlardan kam emasligini namoyish qilishmoqda, 
g‘olibliklarni qo‘lga kiritishmoqda. Ta'lim va tarbiya muassasalarida iste'dodli, 
iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan 
olimpiadalari, mavzular bo'yicha ko‘rgazmalar, qushiq va raqs tanlovlari, maktablar
bo'yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Tajriba-sinov metodi 

 
tajriba- («eksperiment» so'zi lotincha «sinab ko'rish», 
«tajriba quyish» ma'nosini anglatadi) tajriba ishlari, asosan ta'lim -tarbiya 
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini 


88 
tekshirish, aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tajriba –sinov metodi sharoitga qarab 3 
xilda o'tkaziladi: 1. Tabiiy tajriba, 2. Laboratoriyaviy tajriba, 3. Amaliy tajriba. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin