Universiteti energo-mexanika fakulteti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish yo


«Navoiyazot»da amalga oshirilgan uchta yirik loyiha



Yüklə 5,76 Mb.
səhifə2/3
tarix14.09.2023
ölçüsü5,76 Mb.
#143363
1   2   3
«Navoiyazot»da amalga oshirilgan uchta yirik loyiha



Prezidentimiz 2018 yilgi Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatiga ham tashrif buyurgan edilar. 
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda ham mazkur korxonada bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan uchta yirik investitsion loyiha bilan tanishib, uni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi. 
Ma'lumki, «Navoiyazot» 1964 yilda ishga tushirilgan. Korxonada qishloq xo‘jaligi, neft-gaz tarmog‘i, energetika va tog‘-kon sanoati ehtiyoji uchun 70 turdan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi. Vaqt o‘tishi bilan texnologik uskuna hamda qurilmalar jismonan va ma'nan eskirdi, ko‘p miqdorda elektr energiyasi va boshqa tabiiy resurslarni sarf qilish evaziga mahsulot ishlab chiqara boshladi. Bu jihatlar e'tiborga olinib, korxonada bosqichma-bosqich modernizatsiya ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, jamiyat hududida uchta yirik investitsion loyiha – polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish, ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Bunyod etilayotgan ushbu korxonalarga zamonaviy, tejamkor texnologik uskunalar o‘rnatiladi. 
Prezidentimiz ushbu yangi obektlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar, xorijlik investorlar bilan muloqot qildi.
Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 500 million AQSh dollaridan oshadi. Qurilish ishlarini Xitoyning «China CAMC Engineering CO. LTD» va «HQC (Shanghai)» kompaniyalari konsorsiumi hamda yurtimiz mutaxassislari amalga oshirmoqda.
Korxona foydalanishga topshirilgach, yiliga import o‘rnini bosuvchi 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol tayyorlanadi. 900dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Mahsulotning 50 foizdan ortig‘ini eksport qilish ko‘zda tutilgan. Korxonani 2018 yilning sentabr oyida foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda bu yerda o‘rnatiladigan zamonaviy uskunalarni boshqarish uchun mamlakatimizdagi oliy ta'lim muassasalarida injyener-texnolog, mexanik, energetik, iqtisodchi va dasturchilar tayyorlanyapti. Mutaxassislar mamlakatimiz va xorijdagi korxonalarda malaka oshirmoqda.
Prezidentimiz bu yerda ishlaydigan kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligini qayd etdi.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining mavjud energiya sarfi yuqori bo‘lgan ammiak ishlab chiqarish 1-2 navbatlari ekspluatatsiyadan chiqarilmoqda. Xususan, ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 985 million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangach, bu yerda yiliga 660 ming tonna ammiak, shuningdek, 577,5 ming tonna karbamid olish, ulardan tayyorlanadigan mineral o‘g‘itlar turini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. 491 ish o‘rni yaratiladi.
Yaponiyalik hamkorlar - «Mitsubishi Heavy Industries, Ltd» va «Mitsubishi Corporation» bilan birgalikda barpo etilayotgan majmuani 2020 yilda foydalanishga topshirishdi. 
Aksiyadorlik jamiyatining azot ishlab chiqarish bo‘yicha eski 1-2 navbatlari ham ekspluatatsiyadan chiqarilmoqda. Ya'ni, 2018 yil yana bir loyiha – azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishini nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan. Umumiy qiymati 216,6 million AQSh dollariga teng bu ishlab chiqarish obekti Shveytsariyaning «CASALE SA» kompaniyasi tomonidan bunyod etilmoqda. Bu yerda yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 122 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Prezidentimiz zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlanadigan mazkur majmualar mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, tannarxini tushirish, raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim omil bo‘lishini qayd etdi.
Shu yerda Navoiy viloyatida mamlakatimizning Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari va Ukrainadagi elchixonalari ko‘magida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Prezidentga viloyatda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqa tarmoqlarda bajarilishi ko‘zda tutilgan loyihalar haqida ham ma'lumot berildi.

Navoiyazot” AJ foydalaniladigan kontrollerlar turlari



Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin