Universiteti filologiya fakulteti "Tilshunoslik"



Yüklə 260,22 Kb.
səhifə14/21
tarix15.06.2023
ölçüsü260,22 Kb.
#130554
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
o\'qituvchi nutq madaniyati rasulova g.

A l l e g o r i y a (gr. Piching, kinoya) – mavhum tushunchalarni aniq narsa bilan almashtirish. Ko`rpangga qarab oyoq uzat.

  • S i m v o l – hayotiy voqea, tushuncha va narsalar ifodasi uchun shartli ravishda ko`chma ma’noda ishlatiladigan so`z: tong – yoshlik, tun – baxtsizlik, qora – motam.

  • I r o n i y a (gr.kesatik) – biror shaxs yoki uning qilig`I, hodisa ustidan kulish: Kam bo`lmang! Qayt! Bopladingiz!

  • A n t i f r a z a – biror shaxs yoki narsaga xos bo`lgan u yoki bu xususiyat kulgili ohang bilan inkor qilinadi: shirin odam, nimjon ayol (semiz) kabi.

  • S a r k a z m – (gr. Achchiq) shaxs, narsa yoki hodisaning salbiy tomonini ko`rsatish: farishta ayol, bejirim nusxa, yoqimli ish kabi.



    USLUBIY FIGURALAR.


    Tinglovchi yoki o`quvchiga umumiy hissiy ta’sir ko`rsatuvchi sintaktik qurilmalar uslubiy figuralar deyiladi.



    1. A n t i t e z a (gr. Qarama-qarshi qo`yish) – qarama-qarshi tushunchalarni fikr, obraz, narsalarni, shaxslarni xarakterlarini qiyoslash yoki bir xil narsa-hodisalarning daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash. Ko`zlarda yosh, lablarda kulgu, yangicha aza, yangicha bazm kabi.

    2. G r a d a ts i ya – (lot. Zinapoya) – narsa, belgi, xususiyat yoki harakatning biridan ikkinchisiga kuchliroq yoki kuchsozroq ma’no ottenkali sinonimik yoki bir xildagi so`zlar vositasida kuchaytirib yoki kamaytirib boorish orqali tasvirlashdir. Yuvib tarab, sepib, o`pib, quchib, opichlab. Ey baxtlarni balog`atga yetkazgan ona.

    3. Ko`p bog`lovchilik va bog`lovchisizlik – nutqqa keskinlik, shoshilinch tus, tezlik xarakterini kiritish uchun notiq yoki yozuvchi gapda lozim bo`lgan bog`lovchilarni ataylab tushirib qoldiradi yoki sokinlik, ta’kidlash ma’nosini kiritish uchun bog`lovchilarni muayyan tartibda qo`llaydi:

    Mening xalqimni ro`yobga chiqargan, shod va baxtiyor qilgan, non va osh, kiyim va usti-bosh, e’tibor va obro` bergan narsa bu do`stlikdir.


    Nazorat savollari.



    1. Til vositalari deganda nimalarni tushunasiz?

    2. Tilning tasviriy vositalaridan foydalanishda qanday shartlarga rioya qilinadi?

    3. Trop nima? Uning qanday turlari bor?

    4. Uslubiy figuralarning qanday turlari bor?



    Tayanch iboralar:

    Tilning tasviriy vositalari, trop, epitet, o`xshatish, metafora, metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, simvol, ironiya, antifraza, sarkazm, antiteza, gradatsiya, ko`p bog`lovchilik-bog`lovchisizlik.


    A d a b I y o t l a r :



    1. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.

    2. E.A.Begmatov. O`zbek nutqi madaniyati ocherklari. T., “FAN”, 1988.

    3. G`.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., O`zbekiston, 1995.




      1. Yüklə 260,22 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin