Universiteti iqtisod nazariyasi


 Tijorat banklarining funksiyalari



Yüklə 414,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix28.03.2023
ölçüsü414,65 Kb.
#90845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bank ishi1508775596 69429

4. Tijorat banklarining funksiyalari
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib 
keladi. Shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
– 
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga 
aylantirish; 
– 
korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash; 
– 
iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish; 
– 
moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish; 
– 
iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va
boshqalar. 
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini 
bajara turib bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh 
mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani va bank bu mablag‘lardan 
foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladi. Bo‘sh pul mablag‘lari 
hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarini 
kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish, ularni kapitalga 
aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan 
daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan ta lab va taklif asosida shakllanadi. 
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish 
borasida bank faoliyatida tavakkalchilik va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. 
Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada 
bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish xavfi darajasi oshadi va 
mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib ololmas lik muammolari yuzaga keladi. Bu 
muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi 
haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talab ning taklif 
bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni 
depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifi 
katsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik xavfi darajasini kamaytirishi 
mumkin. 


Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik 
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat banki mo liya bozoriga kredit resurslariga talab 
bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal 
darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga 
samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat 
banklari depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, 
bank kred itlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik 
bilan bir qatorda mijoz tijorat banki faoliyati haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi 
va bu bilan u bankning moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli 
subyektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy 
vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan 
mijozlarga vaqtincha foylanishga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim 
tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab 
chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. 
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit 
shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro 
operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun 
mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish bo‘yicha 
Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin. 
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari 
tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh 
yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi 
taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar 
banklarga omonatlarni jalb qi lish orqali amalga oshiriladi. 
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil subyektlararo to‘lov operatsiyalarini 
amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar birgina Davlat 
banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida to‘lovlarni amalga 


oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat banki ti zimini shakllantirish hisob-
kitob tizimining ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan javobgarlik 
daraja sini oshiradi. MFO hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan 
hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korresp ondent schotlarga o‘tishi ham 
javobgarlik darajasi ning ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mi 
jozlar hisob-kitoblari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha 
mas’uldir. 
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklari 
iqtisodiyotning to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi. 
Iqtisodiyot to‘lovlarini amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali 
mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarining o‘rni kengaymoqda. Undan tashqari 
tijorat banklari moliya- valuta bozorida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni qimmatli qog‘ozlar 
chiqarishi va ularni joylashtirishi, sotib olishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar 
berish bilan shug‘ullanishi mumkin. 
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni 
bajaradi: 
– 
passiv operatsiyalar; 
– 
aktiv operatsiyalar; 
– 
bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari; 
– 
bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ope-ratsiyalari va 
boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar. 



Yüklə 414,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin