Universiteti iqtisod nazariyasi


Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash



Yüklə 414,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix28.03.2023
ölçüsü414,65 Kb.
#90845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bank ishi1508775596 69429

Rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash. Xalqaro hisobkitoblarda zaxiradagi 
aktiv va kafolatli sug‘urta fondi vazifasini ado etish Markaziy bankning pul-kredit 
siyosatida valuta mablag‘laridan sharoitga qarab foydalanish imkonini beribgina 
qolmay, balki dunyo moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan 
mamlakatimizning oltin-valuta zaxira lari qiymatini saqlab turish imkoniyatini yaratadi. 
Boshqa mo liya muassasalari, korxonalar va jismoniy shaxslar ham xorijiy valutaga ega 
bo‘lish va valuta operatsiyalarini o‘tkazishga haqi borligiga qaramasdan, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki valuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depozitariy bo‘lib 
qolishi mumkin. 
Hukumat maslahatchisi – xazina vakili vazifasi. Bu vazifa „O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida“gi Qonunning 44-moddasida mustahkamlab 
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumat bankiri sifatida davlat 
muassasalari va tashkilotlarining hisobvaraqlarini yuritadi, ana shu hisobvaraqlarda 
mablag‘larni jamg‘aradi va ulardan to‘lovlarni amalga oshiradi: davlat qimmatli 
qog‘ozlari bilan operatsiyalarni o‘tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa muddatli 
ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid qilish tarzida kredit beradi; hukumat 
idoralarining topshirig‘iga binoan oltin bilan yoki xorijiy valutada operatsiyalar bajaradi. 


45-moddada belgilab berilganidek, hukumat davlat sektoriga qarz ajratish 
masalalarida, kredit berishning ichki va tashqi manbalaridan mablag‘ olish rejalari 
to‘g‘risida Markaziy bank bilan maslahatlashadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning fi skal (xazina) vakili 
vazifasiga muvofi q hukumat hisobvaraqlarini yuritar ekan (47-modda), hukumatning 
moliya operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari 
masalalari yuzasidan maslahatlar beradi, davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishda 
vakil sifatida ishlaydi, ular bo‘yicha hisobvaraqlarni yuritadi, davlat qarz majburiyatlari 
bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishda qatnashadi. 

Yüklə 414,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin