Universiteti iqtisod nazariyasi


Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari



Yüklə 414,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.03.2023
ölçüsü414,65 Kb.
#90845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bank ishi1508775596 69429

Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari


zaxiralarni deponentlash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomda belgilangan majburiy zaxiralarni 
deponentlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha 
banklar uchun taalluqlidir. Majburiy rezervlar Markaziy bankda naqd pul yoki omonatlar 
ko‘rinishida, Markaziy bank belgilaydigan tartibda depozitga o‘tkaziladi. Majburiy 
rezerv talablarining me’yorlari yoki tarkibi belgilangani yoki o‘zgartirilgani to‘g‘risidagi 
ko‘rsatmalarda kamida bir oylik muddat ko‘rsatiladi, rezervlarning tarkibi yoki 
miqdoriga doir yangi me’yorlarni banklar ana shu muddatgacha bajarishlari shart. 
Markaziy bank majburiy rezervlar bo‘yicha foizlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul 
qiladi. Zaxira talablarini hisob-kitob qilishda chet el valutasidagi mablag‘lar, jismoniy 
shaxslar depozitlari, depozit va jamg‘arma sertifi katlari, ipoteka obligatsiyalari 
chiqarish yo‘li bilan jalb etilgan mablag‘lar hisobga olinmaydi. Majburiy zaxiralarni 
deponentlash bank vakillik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Majburiy zaxiralarni turli foyda keltiruvchi aktivlar bilan qoplashga 
ruxsat etilmaydi. Bank majburiy rezerv talablarining eng kam miqdorini saqlab turish 
to‘g‘risidagi 28-modda qoidalarini bajarmagan taqdirda Markaziy bank qat’iy tartibda 
bu bankdan yetishmayotgan mablag‘ summasini, shuningdek, qayta moliyaviy 
ta’minlashning ikki stavkasidan oshmaydigan miqdorda jarima undirib oladi. 
Markaziy bankning hisob (diskont) siyosatining mohiyati shundaki, u tijorat 
banklaridan veksellarni sotib oladi. Misol uchun, mol sotib oluvchi korxonaning 
yetkazib berilgan mollari ning haqini to‘lash uchun mablag‘i yetarli bo‘lmasa, u tovar 
uchun to‘lovni ma’lum vaqt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘g‘risida veksel berishi 
mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mablag‘lari zarur bo‘lgan vaqtda u vekselni tijorat 
bankiga sotish huquqiga ega. Tijorat banki vekselni sotib olganda, unda ko‘rsatilgan 
summa dan kam summaga sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki vekselni Markaziy 
bankda hisobga qo‘yishi mumkin. Bu holda Markaziy bank ham o‘z foydasiga ma’lum 
foiz-hisob stavkasini ushlab qoladi. Tijorat banklari veksellarni sotib olishda Markaziy 
bankn ing hisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy bankning hisob stavkasi tijorat 
banklari o‘rnatadigan hisob stavkasining eng past chegarasi hisoblanadi. Odatda, tijorat 
banklarining hisob stavkasi Markaziy bankning hisob stavkasidan yuqori bo‘ladi. 


Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish siyosati bu 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kreditlash, veksellarni hisobga olish, qimmatbaho qog‘ozlarni garovga 
olgan holda kreditlar berish va kredit auksionlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bundan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish 
operatsiyasi quyidagi usullarda olib boriladi: 
– 
tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo‘li bilan 
kreditlash; 
– 
tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatbaho qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan 
kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi; 
– 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit berish usuli. 
Kredit tashkilotlari faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lgan hollarda ular 
Markaziy bankka kredit olish uchun murojaat qilishi va Markaziy bank kreditidan 
foydalanishi mumkin. Remoliyalashtirishning asosiy maqsadi pul muomalasi va kredit 
munosabatlarining holatiga ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Remoliyalashtirish siyosatini olib 
bora turib, Markaziy bank oxirgi kreditor sifatida maydonga chiqadi. O‘zbekiston 
Respublikasida Markaziy bank o‘rnatgan qoidalarga asosan, quyidagi aktivlarni garovga 
olgan holda 3 oygacha bo‘lgan muddatga kreditlar berishi mumkin: 
– 
oltin, chet el valutasi, xalqaro zaxiralar toifasiga kiruvchi valuta boyliklari va 
boshqa boyliklar; 
– 
davlatning qarz majburiyatlari va davlat tomonidan kafolat-langan boshqa 
qarz vositalari. 
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul 
bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan va Markaziy bank ular bilan ushbu 
qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar to‘lanishiga 
banklar asosida kreditlar berishi mumkin. 
Bank faoliyatida tavakkalchilikning iqtisodiy asoslangan chegaralardan chiqib 
ketmasligi bank sistemasi barqaror ishlashining muhim shartidir. Tavakkalchilik 
doiralarini cheklab qo‘yish Markaziy bank tomonidan tijorat banklari uchun rioya 
etilishi majb uriy bo‘lgan iqtisodiy me’yorlarni belgilab qo‘yish orqali amalga oshiriladi. 
Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisod iy me’yorlarni, shu jumladan: 


– 
kapitalning yetarlilik koeffi tsiyentini; 
– 
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guru-higa 
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; 
– 
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini; 
– 
likvidlilik koeffi tsiyentlari va boshqalarni belgilaydi. 
Markaziy bank iqtisodiy me’yorlarning o‘zgarishi to‘g‘risida kamida bir oy oldin 
e’lon qiladi. Banklar va ularning filiallari banklarga oid qonun hujjatlarini, belgilab 
qo‘yilgan iqtisodiy me’yorlarni buzgan taqdirda Markaziy bank ulardan ustav 
kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizigacha jarima undirish yoxud ayrim 
operatsiyalarni o‘tkazishni olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga 
ega. 

Yüklə 414,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin