Agar qonun hujjat la r ida yoki sha rtnoma da boshqa cha t a rtib na zard a tutilgan bo'lmasa, ichki xo'jalik shartnomalariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 353 - 385-moddalarining normalari qo'llaniladi.
XO'JALIK ShARTNOMASI BOjIhA TALABNOMAIAR VA DA'\/OLAR
BILDIRISh
rmodda. Talabnoma bildirish tartibi
Huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo'jalik yurituvchi subyekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo'jalik yurituvchi subyektga nisbatan talabnoma bildirishga haqlidir.
Talabnoma yozma shaklda bildiriladi.
Talabnomada quyidagilar ko'rsatiladi:
talabnoma bildirgan xo'jalik yurituvchi subyektning va talabnoma bildirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektning nomi;
talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;
talabnoma bildirish uchun asos bo'lgan holatlar;
talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;
arz qiluvchining talablari;
talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to'lov va pochta rekvizitlari;
talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati.
Talabnoma xo'jalik yurituvchi subyektning rahbari yoki rahbarning o'rinbosari tomonidan imzolanadi.
Talabnoma buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo'natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo'natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.
Yuklarni tashish va aloqa xizmatlari ko'rsatishga doir operatsiyalardan kelib chiqadigan talabnomalarni transport ta aloqa xo'jalik
yurituvchi subyektlariga bildirish tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilab qo'yiladi.
modda. Talabnomani ko'rib chiqish tartibi va muddatlari
O'ziga talabnoma bildirilgan xo'jalik yurituvchi subyekt talabnomani oigan kundan boshlab o'n besh kunlik muddat ichida unga javob qaytarishi shart.
Talabnomaga javob xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning o'rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan (muhr mavjud bo'lgan taqdirda) tasdiqlanadi.
Talabnomaga javob buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek talabnoma jo'natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo'natiladi yoxud tilxat olib topshiriladi.
Talabnoma to'liq yoki qisman ttn olingan ttqdirda xo'jalik yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o'zi tan oigan summani ixtiyoriy ravishda o'tkazadi.
Agar talabnomani tan olish to'g'risidagi javobda tan olingan summa o'tkazilishi haqida ma'lumot bo'lmasa, talabnoma bildirgan taraf javob olingandan so'ng yigirma kun muddat o'tgach, bank muassasasiga qarzdor tan oigan summani so'zsiz tartibda o'tkazish to'g'risidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning javobi ilova qilinadi.
modda. Da'vo arizasini berish hamda sud buyrug'ini olish uchun ariza taqdim etish
Taraf rad (qisman rad) javobini oigan taqdirda yoki talabnomaga belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, shuningdek xo'jalik shartnomalari yuzasidan talabnoma bildirmay ham iqtisodiy sudga da'vo arizasi berishi hamda sud buyrug'ini olish uchun ariza taqdim etishi mumkin. Mazkur arizalarni taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga
ShARTNOMAVIY MUNOSABATLARNI HUQUQIY JIHATDAN
TA'MINLANIShINI TAShKIL ETISh. XO'JALIK ShARTNOMALARI TO'G'IRI^IDAGI QONUN HUJJATLARIGA RIOYA ETII_l^hlNI NAZORAT QILISh
2G-modda. Xo'jalik shartnomasi subyektlariga yuridik: xizmat ko'rsatish
Xo'jalik shartnomasi subyektlariga yuridik xizmat ko'rsatish ularning yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati:
xo'jalik sharnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishning belgilangan taribiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko'rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib boradi;
xo'jalik shartnomalari bajarilishi ustidan o'zaro tekshiruvlar o'tkazilishini nazorat qiladi;
xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan xo'jalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog'liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshiradi;
tayyorlangan xo'jalik shartnomasi va u bilan bog'liq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, o'z e'tirozini asoslagan holda uni qo'shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.
modda. Xo'jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazish Xo'jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida
xo'jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko'rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo'l qo'yilmaydi.
Taraflar xo'jalik shartnomalarini tuzish uchun xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko'rsatiladi: xo'jalik shartnomasida ko'rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
xo'jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;
taraflarning javobgarligi me'yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
modda. Xo'jalik shartnomalari bajarilishini o'zaro tekshirish Xo'jalik shartnomalarining taraflari xo'jalik shartnomalari o'z vaqtida
va lozim darajada bajarilishini o'zaro tekshirib turadilar. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari xo'jalik shartnomalari bajarilishi uchun chora-tadbirlar ko'rishi, xo'jalik yurituvchi subyektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek zarur hollarda aybdor shaxsni javobgarlikka torish choralarini ko'rishi shart.
modda. Xo'jalik shartnomalari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish
Xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilish bilan bog'liq bo'lgan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish, xo'jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan zarur chora- tadbirlarni ko'radilar.
ShARTNOMA MAJBURIYATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
modda. Xo'jalik shartnomalarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi
Taraflardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, bu taraf:
boshqa tarafga yetkazilgan zararni to'laydi;
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, ushbu Qonunda, o'zga qonun hujjat la rida va sha rtnoma da na za rda tutilga n ta rtibda boshqacha tarzda javobgar bo'ladi.
Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, xo'jalik shartnomalarini bajarmaganlik va lozim darajada bajarmaganlik uchun ushbu Qonunning 25 - 32-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo'llaniladi.
modda. Tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik, to'liq yetkazib bermaganlik, ishlarni bajarmaganlik yoki xizmat ko'rsatmaganlik uchun javobgarlik
Tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to'liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko'rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to'laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko'rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to'lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to'liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko'rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
26-modda. Sifati, assorimenti va navi lozim darajada bo'lmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun javobgarlik:
Agar yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar sifati, assortiment va navi bo'yicha standartlar, texnik sharlar, namunalarga (etalonlarga) qonun hujjatlarida yoki xo'jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, sotib oluvchi (buyurtmachi) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilish hamda ularning haqini to'lashni rad etib, yetkazib beruvchidan (pudratchidan) sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo'lmagan tovarlar (ishlar va xizmatlar) qiymatining 20 foizi miqdorida aarima undirib olishga, agar tovarlar (ishlar va xizmatlar) haqi to'lab qo'yilgan bo'lsa, to'langan summani belgilangan taribda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati, assortimenti va navi lozim darajada bo'lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berganlik uchun jarima yetkazib beruvchidan (pudratchidan) akseptsiz tartibda undirib olinadi.
Jarimani undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sifati, assortimenti va navi lozim darajada emasligi to'g'risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin o'n kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to'g'risidagi to'lov talabnomasi belgilangan o'n kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
modda. But bo'lmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun javobgarlik
But bo'lmagan tovarlar yetkazib berilgan taqdirda sotib oluvchi (buyurtmachi):
tovarlarni butlab berishni talab qilishga haqli. Etkazib beruvchi sotib oluvchining (buyurmachining) talabini oigan paytdan boshlab, agar taraflarning kelishuvida o'zga muddat belgilangan bo'lmasa, o'n besh kunlik muddat ichida tovarlarni butlab berishi shart;
bundan buyon tovarlar butlab berilgunga qadar ularning haqini to'lashdan bosh tortishga, agar tovarlarning haqi to'lab qo'yilgan bo'lsa, belgilangan tartibda to'langan summalar qaytarilishini talab qilishga haqli;
etishmayotgan qismlar qiymatini qo'shgan holda, yetkazib beruvchidan but bo'lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirishga haqli.
Tovarlarni yetkazib beruvchi belgilangan muddatda tovarlarni butlab bermasa, sotib oluvchi (buyurmachi) but bo'lmagan tovarlarni qaytarib berishga hamda but bo'lmagan tovarlarni but tovarlarga almashtirishni talab qilishga haqlidir.
modda. Tovarlarni marica belgisisiz, shuningdek tovarni idishsiz yoki o'ralmagan holda yetkazib berganlik uchun javobgarlik
Marka belgisi qo'yilmagan yoki lozim darajada markirovka qilinmagan tovarlarni, shuningdek idishsiz yoki o'ralmagan tovarlarni yoxud tegishli idishga joylanmagan yoki lozim darajada o'ralmagan tovarlarni yetkazib berganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga(buyurtmachiga) bunday tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to'laydi. Tovarlar qabul qilingandan keyin yana jo'natilishi yoki saqlanishi kerak bo'lgan hollarda sotib oluvchi (buyurtmachi) jarima undirishdan tashqari, o'z kuchi bilan, lekin yetkazib beruvchi hisobidan tovarlarni o'rashga va idishlarga joylashga, yoxud bir shahardagi yetkazib beruvchidan tovarlarni o'rab berish yoki idishlarga joylab berishni talab qilishga haqlidir.
modda. Akkreditivdan foydalanmaganlik uchun javobgarlik
Tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) talabiga binoan qo'yilgan
akkreditiv u amal qiladigan muddat ichida foydalanilmasa, yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) akkreditivning foydalanilmagan summasining 5 foizi miqdorida jarima to'laydi.
modda. To'lov, tovar-transport hujjatlarini yuborishni kechiktirganlik uchun n’avobgarlik
Jo'natilgan tovarlarga oid to'lov yoki tovar-transport hujjatlarining nusxasini belgilangan muddatda yubormaganlik yoki tovarlar j'o'natilganligi to'g'risidagi boshqa axborotni taqdim etmaganlik uchun yetkazib beruvchi sotib oluvchiga axborot taqdim etilmagan har bir holat uchun yetkazib berilayotgan tovar qiymatining 1 foizi miqdorida jarima to'laydi.
modda. Tovarlarni íanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun javobgarlik
Tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarri olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib
beruvchiga tanlab olinmagan (o'z muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo'yicha esa - 10 foiz miqdorida jarima to'laydi.
Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (o'z muddatida olinmagan) tovarlar qiymati to'lanishini talab qilishga haqlidir.
modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lamaganlik yoki o‘z vaqtida to'lamaganlik uchun javobgarlik
To'lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga to'lov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o'zi to'lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to'laydi.
Etkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o'z vaqtida to'lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurmachi) yetkazib beruvchiga o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to'lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to'lov summasining 50 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorida penya to'laydi.
modda. Mablag'larni akseptsiz o'chirib tashlaganlik uchun javobgarlik
Hisobvaraqdan mablag'larni asossiz ravishda akseptsiz hisobdan chiqarganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga asossiz ravishda akseptsiz hisobidan chiqarilgan summaning 10 foizi miqdorida jarima to'laydi.
modda. Zararni to'lash
Neustoyka (jarima, penya) to'laganligidan qat'i nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida o'zi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Etkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yo'qolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim bo'lgan xarajatlar, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin bo'lgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi.
Muddatini o'tkazib yuborish yoki shartnoma majburiyatlarini o'zgacha tarzda lozim darajada bajarmaslik hollari uchun belgilangan neustoykani (jarimani, penyani) to'lash hamda shartnoma majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararning o'rnini qoplash, taraflarri majburiyatni asi holida bajarishdan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
modda. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning javobgarligi
Shartnoma majburiyatlari xo'jalik yurituvchi subyekt mansabdor shaxsning aybi bilan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan, uning
tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektning pul mablag'lari va boshqa mol- mulki maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan, to'lov intizomi buzilgan, xo'jalik yurituvchi subyekt bankrotlikka duchor qilingan yoki shartnoma munosabatlari sohasida boshqa qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, xo'jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45 va 48-moddalariga muvofiq fuqarolik-huquqiy javobgarlikka, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 175, 1761, 1762, 212 va 214- moddalariga muvofiq ma'muriy javobgarlikka, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 181, 186, 200, 207 va 209- moddalariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
modda. Nizolarni hal etish taribi
Xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o'rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash to'g'risidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan hollarda yoki taraflarning kelishuviga binoan - hakamlik sudi tomonidan ko'rib chiqiladi.
Korxonaning daromadlari, ularning turlari (soliqli va soliqsiz to'lovlar) va
manbalarini o'rganish.
O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq to'lovchilar, soliq solish obyektlari, soliqlarni to'lash taribi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar to'lash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilanadi. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning faoliyatini soliq yo'li bilan tartibga solish quyiiagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:
manbalaridan qati nazar, barcha daromadlardan soliq to'lanishi majburiyligi;
barcha hududiy-ma'muriy pog'onalar uchun yagona bo'lgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish faoliyatidagi mustaqilligi bilan uyg'un holda amalga oshirish;
o'z faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga ko'maklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga imtiyoz berish, shuningdek xo'jalik yuritishning ilg'or shakllarini rag'batlantirish sistemasi orqali soliq mezonlarining rag'batlantiruvchi ahamiyatini tt'minlash;
deklaratsiyalar hamda tanlab o'tkaziladigan tekshirish va taftishlar uyushtirish asosida barcha subyektlarning soliq to'lovlari yuzasidan oigan majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan iqtisodiy choralar ko'rish.
Ushbu Qonunga muvofiq daromad keltiradigan tadbirkorlik faoliyati va o'zga fa oliyat bilan shug'ullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tshkilotlar O'zbekiston Respublikasining hududida quyidagi soliqlarni to'laydilar:
qo'shilgan qiymat uchun soliq;
aksiz solig'i;
korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
Soliqning aniq turini belgilangan hokimiyat idorasi yoki u vakil qilgan boshqa idora:
soliq to'lovchini;
soliq solinadigan obyektni;
soliq stavkalarini;
soliqni hisoblab chiqarish va to'lash tartibini;
soliq solish bo'yicha imtiyozlarni;
soliqning amal qilish muddatini belgilaydi.
Ushbu Qonunning qoidalaridan qat'i nazar, quyidagilar soliq to'lovchilar hisoblanadi:
rezidentlar - barcha manbalardan olinadigan daromadlar bo'yicha;
norezidentlar - O'zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar bo'yicha.
Mahsulotni, ishlarni va xizmatlarni (bundan keyin matnda "mahsulot" deb yuritiladi) realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar), shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli xarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat bo'lgan, korxonaning umumiy xo'jalik faoliyatidan olingan foyda foydaga solinadigan soliq obyekti hisoblanadi. Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar) mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, bojxona to'lovlari va yig'imlarisiz tushum hamda mahsulot ta nna rxiga qo'shila dig a n ishla b chiqa rish va rea I iz atsiya qilish xa raj at la r o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan tushum, shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli xarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat bo'lgan, korxonaning umumiy xo'jalik faoliyatidan olingan daromad - daromad solig'i obyekti hisoblanadi. Mahsulot tannarxida va soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan xarajatlar ro'yxati, shuningdek asosiy faoliyatdan keladigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlar, favqulodda daromadlar va ularga doir chiqimlar tarkibi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan nizom bilan belgilab qo'yiladi.
Alohida tartibda soliqqa tortiladigan boshqa korxonalar faoliyatida o'z hissasi bilan qatnashishdan olingan dividendlar, foizlar bo'yicha daromadlar soliq solish obyektida hisobga olinmaydi.
Umumiy vazifalarni hal etish uchun ustav fondiga (kapitaliga)
jamlanadigan badallar, ulushlar va boshqa aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablag'lar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi sa ular soliq solish obyekti bo'lmaydi.
Soliq solish bazasini hisoblab chiqish chog'ida korxonaning moddiy xarajatlariga (ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qilinishidan qat'i nazar) to'langan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulyatsiyasida hisobga olingan quyidagi xarajatlar kiradi, chunonchi:
chetdan sotib olinadigan hamda mazkur korxonada ishlov beriladigan, qayta ishlanadigan xomashyo va materiallarga qayta sotish maqsadida sotib olinadigan xomashyo va materiallardan tashqari ketadigan xarajatlar;
korxonaning ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallar sotib olishga ketadigan xarajatlar;
asosiy fondlarga kirmaydigan asboblar, moslamalar, inventariar, uskunalar, korjomalar hamda realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritiladigan narxi past hamda tez eyiladigan boshqa ashyolarning eskirishiga ketadigan xarajatlar;
sotib olinib korxonada montaj qilinishi sa qo'shimcha ravishda ishlov berilishi lozim bo'lgan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarga qilinadigan xarajatlar;
chet korxonalar yoki korxonaning o'z mustaqil balansiga ega bo'lgan bo'linmasi tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar va xizmatlarga ketadigan xarajatlar. O'z mustaqil balansiga ega bo'lgan bo'linma bajaradigan ishlar va ko'rsatadigan xizmatlar uchun to'lanadigan haq ana shunday bo'linmaning daromadlari tarkibiga qo'shiladi;
texnologiya maqsadlariga, boshqa turdagi energiya hosil qilish, isitish, o'z transporti uchun foydalanish maqsadida sarflanadigan barcha turdagi yoqilg'ini chetdan sotib olishga ketadigan xarajatlar;
korxonaning ishlab chiqarish va xo'jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi energiyani sotib olishga, shu jumladan bu energiyani xo'jalik ichida transformatsiyalash va uzatishga ketadigan xarajatlar;
geologiya-razvedka va geologiya qidiruv ishlari;
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta'mirlashning barcha turlarini (joriy, o'rtacha, tubdan ta'mirlash) o'tkazish xarajatlari;
erlarni rekultivatsiyalash, shu jumladan chet tashkilotlar tomonidan bajariladigan rekultivatsiya ishlari;
tabiiy xomashyodan foydalanish, ildizi bilan sotiladigan daraxtlar uchun belgilangan limitlar doirasida suv xo'jaligi tizimidan olinadigan suv uchun to'lanadigan haq. Bunda tabiiy resurslar uchun boshqa turdagi to'lovlar, shu jumladan ijara shaklidagi to'lovlar va jarimalar korxonalarda qoladigan daromad hisobidan amalga oshiriladi;
sotib olinayotgan resurslarning narxiga kiritilmagan idishlar ra o'rash
materiallarining qiymati;
mol yetkazib beruvchining kuchi bilan mollarri tashish, yetkazib berish va saqlashga qilinadigan xarajatlar. (Bashari, mollarni tashish, yetkazib berish, shu jumladan ortish-tushirish ishlari, saqlash uchinchi tashkilotlar yoxud pul to'lovchining o'z kuchi bilan amalga oshirilsa, molning narxiga qo'shilmaydi, biroq ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalariga kiritiladi).
Quyidagi korxonalar foydaga (daromadlarga) solinadigan soliqni to'lashdan ozod qilinadi:
xodimlarining umumiy sonida o'rta maktablarning va hunar-texnika bilim yurtlarining o'quvchilari kamida 75 foiz bo'lgan;
nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari, anjomlari ishlab chiqarishga, shuningdek xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan;
ishlayotganlarning kamida 50 foizini urush va mehnat nogironlari, veteranlari tashkil etuvchi;
davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari bo'lmish;
axloq tuzatish-mehnat muassasalarining;
shahar passajir transporti (taksidan, marshrutli taksidan tashqari) korxonalari, passajirlar tashish bilan bog'liq xizmatlar yuzasidan;
tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlash hamda tiklash ishlarini amalga oshirishdan kelgan foydalari bo'yicha;
S) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash, tt'mirlash va qurish ishlarini amalga oshirishdan kelgan foydalari bo'yicha;
pochta aloqasi; notijorat korxonalar;
ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo'llanadigan foydasi (daromadi) bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan shartlarida javob beradigan va ustav faoliyatida o'z ishlab chiqarish va (yoki) ishlab chiqarayotgan mahsulotga ko'rsatilayotgan servis xizmatining ulushi xo'jalik faoliyatidan keladigan tushum umumiy hajmining 60 foizidan ortig'i to'g'ri keladigan korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kiradi.
Korxona xarajatlarini moddalari bo'yicha o'rganish.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo'lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi bo'yicha berilgan asosiy vositalar to'g'risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
"Er";
"Erni obodonlashtirish";
"Moliyaviy ijara shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirish";
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar";
0130 "Mashina va asbob-uskunalar";
0140 "Mebel va ofis jihozlari";
0150 "Kompbyuter jihozlari va hisoblash texnikasi";
0160 "Transport vositalari";
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar";
0180 "Ko'p yillik o'simliklar";
0190 "Boshqa asosiy vositalar";
0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar".
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to'g'risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta'minlashi lozim. Mol-mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish taribi xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug'i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar" (2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan bilan ro'yxatdan o'tkazilgan) ("O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2004 yil, 3-son, 35- modda)ga muvofiq va ushbu mol-mulkni xarid qilish vaqtida olingan pasport va tavsiflar, foydalanish bo'yicha yo'riqnoma va boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi ob'ektlar uchun aniqlanadigan boshlang'ich qiymatda hisobga olinadi:
korxonaning ustav kapitaliga ta'sischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan ob'ektlar-tomonlarning kelishuviga asosan;
korxonaning o'zida tayyorlangan, shuningdek to'lov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan ob'ektlar - ushbu ob'ektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu ob'ektlarni xarid qilishda, to'langan va qoplanmaydigan soliqlar (boshqa majburiy to'lovlar), shuningdek yetkazib berish, yig'ish, o'rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog'liq boshqa xarajatlarni hisobga oigan holda;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan, shuningdek hukumat idoralari tomonidan subsidiya ko'rinishida olinganlari - qabul qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko'rsatilgan qiymat bo'yicha.
Asosiy vositalarning boshlang'ich qiymati faqat qurib bitkazilganda, qo'shimcha jihozlanganda, rekonstruktsiya qilinganda, modernizatsiya
qilinganda, texnik qayta qurollantirilgandava qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda o'zgartirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonii "Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2002 yilgi parametrlari to'g'risida"gi qaroriga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli "Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi va O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014 yilgi parametrlari to'g'risida"gi qarorigamuvofiq, barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar (mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari) mulkchilik shaklidan qatbi nazar har yili 1 yanvarb holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Bunda mikrofirma va kichik korxonalar 1 yanvarb holatiga asosiy fondlarini har uch yilda bir marta qayta baholaydi.Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo'yicha 8510 "Mulkni qayta baholash bo'yicha tuzatishlar" schyoti bilan bog'langan holda aks ettiriladi.
Ta'sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 46~\0 "Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo'yicha qarzi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Korxonaning o'zi tomonidan qurilgan, shuningdek pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita ob'ektlarni tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo'yicha kirim qilinadi.
Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita ob'ektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotining krediti bo'yicha kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 "Tekinga olingan mulklar" schyoti bilan bog'langan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati foyda solig'ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo'shiladi.
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlang'ich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
"Er" schyotida qonunchilikka muvofiq korxonaga mulk sifatida
berilgan yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 "Er" schyotining debetida, shuningdek yer maydonlarini xarid qilishda to'lanadigan qo'shimcha xarajatlar, ko'chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bog'liq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Yerlarni foydalanishga tayyorlash, jumladan suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo'yicha umumiy xarajatlar 0110 "Er" schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.Yer maydoni bino va inshootlarni rekonstruktsiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruktsiyalar va boshqa to'siqlarni bartaraf etish qiymati 0110 "Er" schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruktsiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.Agar yer maydoni oldindan tasarrufda bo'lsa va mavjud konstruktsiyalar yangi qurilish ob'ektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo'yicha xarajatlar 0110 "Er" schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruktsiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog'liq xarajat sifatida aks ettiriladi.
"Erni obodonlashtirish" schyotida yer maydonlari tuzilishini o'zgartirish, kelish yo'llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to'xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
"Moliyaviy ijara shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish" schyotida moliyaviy ijara shartnomasi bo'yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog'liq kapital xarajatlar hisobga olinadi.Moliyaviy ijara shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo'yicha kapital xarajatlarga shuningdek rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo'shiladi.
0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
bino - ishlab chiqarish, ma'muriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar ob'ekti bo'lib, mustaqil xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan, alohida turgan bino yoki qo'shimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qo'shimcha qurilishlar tarkibiga bir me'yorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta'minoti tizimlari, ichki telefon va kompbyuter tarmoqlari, lift xo'jaligi, yong'indan saqlash va qo'riqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
inshootlar - avtomobilb yo'llari, ko'priklar, osma yo'llar, suv ombori,
neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
o'tkazuvchi moslamalar - elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yo'llari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
0130 "Mashina va asbob-uskunalar" schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
kuchlantiruvchi mashina va uskunalar - atom reaktorlari, qozonlar, bug' dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
ishchi mashinalar va uskunalar - mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik ta'sir ko'rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
o'Ichov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari - tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stantsiya uskunalari va boshqalar;
boshqa mashinalar va uskunalar - telefon stantsiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
0140 "Mebel va ofis jihozlari" schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun mo'ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig'imlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar), shuningdek ofis jihozlari (telefaks apparati, qog'oz qirqadigan va yo'q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
0150 "Kompьyuter jihozlari va hisoblash texnikasi" schyotida kompьyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompьyuter jihozlari hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
0160 "Transport vositalari" schyotida temir yo'l, suv, havo, avtomobilь, ishlab chiqarish va kommunal transpor vositalarining harakatlanuvchi tarkibi, shuningdek magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar - otlar, ho'kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jn va boshqalar) beradigan hayvonlar - sigirlar, biyalar, qo'ylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi.
0180 "Ko'p yillik o'simliklar" schyotida ko'kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va o'simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga
Dostları ilə paylaş: |