Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik
chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko‘rinmasa ham,
oradan sal
o‘tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari
yaqqol ko‘rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini
har xil kuchli qo‘zg‘atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug‘lik kabi)
ixtiyorsiz ravish
da o‘ziga jalb qila boshlaydi. Ikki
-uch oylik bolalar esa,
«shaqir
-
shuqur»ga
quloq
soladigan
(shaqildoqlarning
tovushiga
ovunadigan) bo‘la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin
(yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlayd
i. Bolaning ko‘z
o‘ngidagi narsa qanchalik rang
-
barang bo‘lsa, bola unga shunchalik ko‘p
e’tibor beradi.
Xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana
boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlarni
va narsala
rni tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni biz bola o‘ziga tanish bo‘lgan
narsani ko‘rganida qiladigan harakatlaridan ko‘rishimiz mumkin. Masalan,
bola o‘ziga yaqin odamni ko‘rganida unga talpinadi yoki notanish odamdan
yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi idrok
qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi. 1 yoshga yaqin
bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash vujudga kela boshlaydi.
Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni eslay
oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalardagi tasavvurlarning roli nihoyatda
kattadir. Tasavvurlar tufayli bolalar o‘tgan narsalarni bemalol eslay oladilar,
masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u
ko‘zlari bilan atrofga qarab sh
u narsani izlay boshlaydi.
Bola xotirasining rivojlanishida nutqning o‘sishi juda katta ahamiyatga
ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko‘rish orqali emas,
balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan
bo‘ladi. Bundan tashqari kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z
xotiralarini boyitadilar.
21