Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

jonlanish kompleksi 
deb ataganlar. Bu 
kompleksda bola o‘zi bilan munosabatda bo‘layotgan odamga muloyim 
tikilib, jilmayadi, qo‘l va oyoqlari bilan talpinib, qandaydir ovoz chiqaradi. 
Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yuzaga keladi. Lekin shuni 
unutmaslik kerak-ki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada 
munosabatda bo‘l
ib, ularda jonlanish kompleksini yuzaga keltiraverilsa, ular 
kattalarga o‘rganib qoladilar va o‘yinchoqlarga qaramay qo‘yadilar

Bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtirib oladi. 
Bolaning qiladigan turli-
tuman harakatlari orasida qo‘l hara
katlari psixik 
taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola narsalarga 
20
Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. Toshkent. “O’zbekiston faylasuflar milliy 
jamiyati” nashiriyoti, 2018 yil.
- 218-bet. 


82 
qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qila 
olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, 
timirskilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi narsalarni 
bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko‘rish 
orqali ularning ayrim xususiyatlarini bilib oladi.
 
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi 
juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tira oladigan 
bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda 
yangidan yangi taassurotlar paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi 
taassurotlarning paydo bo‘lishi idrok
, diqqat, xotira kabi psixik 
jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo‘lgach, 
yana bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. 
Bola psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda 
kattadir. Emaklay boshlagach bolaning atrofdagi narsalar bilan munosabatda 
bo‘lish imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi 
narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib 
ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda, 
bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘ini ochib yopishni yoqtiradilar. 
Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini mustahkamlaydi va 
narsalarning turli xossalarini bilib olishlariga yordam beradi. Og‘ir kas
allikka 
uchramay, jis
moniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9
-
10 oylik bo‘lganida yura 
boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi uning hayotida g‘oyat 
katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning psixik taraqqiyoti uchun 
juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning aktivligi kun 
sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan 
bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa 
idrok doirasini kengaytirib, mazmundor bo‘lishiga y
ordam beradi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin