76
odamlarga o’z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o’sishini
belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi.
"Jonlanish" bolaning kattalar bilan o’ziga xos ravishda munosabatga
kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi
qo’zg’atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo’l
adigan
"jonlanish"ning tabiati hali ochilgani yo’q. Ehtimol, bu holat bolaning
kattalar bilan muloqotining maxsus ko’rinishi va ovqatlanish refleksining
mustahkamlanishi bilan bog’liqdir,
u balki bolada ijobiy his
-
tuyg’ularni
qo’zg’atish omilidir. Ba’zan bolada o’zini parvarish qiluvchi shaxsning
muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo’l
va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo,
talpinish kabi tashqi ifodaga ega bo’lgan ichki psixik kechinmalarda o’z
aksini topadi.
Psixolog Ye.K.Kaverina bolaning tashqi ta’sirga javob bildirishini
tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi.
Uning fikricha, insonning aftangoriga qarab ijobiy his-
tuyg’ular uyg’o
nishi
keyinchalik vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur
shakli bola bilan kattalar o’rtasidagi aloqaning boshlang’ich ko’rinishi
hisoblanadi. Shaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi
va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi.
Chaqaloqda paydo bo’ladigan ijobiy his
- tuygularning oddiy tabiiy
ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday bog’liqligi yo’q. Chunki psixik
dunyodagi o’zgarishlarni o’rgangan M.Yu.Kistyakovskayaning uqtirishicha,
uyqusizlikdan qiyna
lish va ochlik uyg’otuvchi qo’zg’atuvchilarni bartaraf
qilish salbiy kechinma va his-
tuyg’uni pasaytiradi. Bolaning kattalar bilan
ijobiy munosabatda bo’lishi zamirida tabassum, kulgi, ildam harakat,
tovush chiqarish bo’lsa ham,
bularning tabiiy
- organnk ehtiyojlarni
qondirish bilan hech qanday aloqasi yo’q. Aksincha, ijobiy emotsional holat
yangi ijtimoiy ehtiyojning ko’rsatkichi bo’lib, bola katta yoshdagi odamlar
bilan muloqotga kirishishining motivi va imkoniyagi rolini bajaradi.
Psixolog M.I.Lisin
a va uning shogirdlari ta’kidlaganidek, mazkur yosh
davrida bola ko’z qarashlari, ixtiyorsiz harakatlari,
sharpaga javobi,
tamshanishi orqali kattalar bilan aloqa bog’laydi.
Ko’p marta takrorlanish natijasida shartli refleks shaklida vujudga
kelgan ana shu jarayonlar muloqotga aylanadi. Chaqaloqning yangi sharoit
va muhitga moslashishidan kelib chiquvchi bu holat ko’nikish ko’rinishida
muloqot vazifasini o’tay boshlaydi. Biroq bu muloqot noverbal ravishda
(so’zlar ishlatilmay) amalga oshadi,
sodda shakldagi, tor ko’lamli
shaxslararo munosabatni aks ettiradi.
77
Katta yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bo’lishi unga
o’y inchoq qo’rsatishi, termulishi, erkalashi unda tashqi ta’sirga javob
reflekslarini faollashtiradi.
Psixolog D.B.El’konin nazariyasiga ko’ra, chaqaloqlik davridan ilk
bolalik, go’daklik davriga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir.
Bular:
1.Ko’z va quloq yordamida diqqatni muayyan ob’ektga qaratish
(to’plash) ning paydo bo’lishi, bola harakat faoliyatining
qayta qurilishi
boshl
angani, alohida namoyon bo’luvchi harakatning xulq hodisasiga
aylanishi.
2.Sirtdan idrok qilinuvchi barcha ob’ektlarga (sub’ektlarga) yo’nalgan
alohida ko’zg’atuvchiga nisbatan shartli reflekslar hosil bo’lishi.
3.Katta yoshdagi odamlarga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan
emotsional reaktsiyalar (his-
tuyg’ular, kechinmalar) yanga ehtiyoj paydo
bo’lishining ko’rsatkichi ekanligi.
4.
Bolaning (chaqaloqning) kattalar bilan muloqotda bo’lish ehtiyoji
uning keyingi psixik o’sishi negizini tashkil etish
i va hokazolar.
19
Dostları ilə paylaş: