Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


-rasm. Skolioz kasaliga uchragan bolaning qiyshayib qolgan umurtqa



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

1-rasm. Skolioz kasaliga uchragan bolaning qiyshayib qolgan umurtqa 
suyagi. 
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak tekis, 
boshiga qo‘yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo‘lmasligi kerak. Bola 
yu
rishga o‘rganayotganida goh o‘ng, goh chap qo‘lidan ushlab unga yordam 
berish lozim. Ana shu kabilarga rioya qilgandagina bolani skolioz kasalligidan 
saqlab qolish mumkin. 
Yangi tug‘ilgan bolaning bosh suyagi hali yaxshi qotmagan bo‘lib, uning 
oldingi qism
ida peshana liqildog‘i va orqa qismida esa ensa liqildog‘i bo‘ladi. 
Bola bir yoshga to‘lguncha uning kalla suyagi qotib, bu bo‘shliqlar 
(liqildoqlar) tutashib ketadi. Liqildoqlarning biri 2

3 oy mobaynida, 
ikkinchisi bola 12
—14 oylik bo‘lgandagina tutash
ib, bitib ketadi. Chaqaloq 
bolalar kalla suyagining hali yaxshi qotmaganligi va ayrim joylarining 
tutashmaganligini nazarda tutib, ularni doimo ehtiyot qilish lozim. Bola 
yoshiga to‘lib, yurib ketgach u jismoniy jihatdan ancha mustahkamlanib 
boradi.
15
 
4.2. Chaqaloqlik davrida bola nerv sistemasining rivojlanishi 
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosini tashkil 
etuvchi nerv sistemasining rivojlanishi bolaning bir yoshgacha bo‘lgan 
davrida juda jadal sur’at bilan boradi

Bola anchagina takomillashgan nerv 
sistemasi bilan tug‘iladi. Biroq chaqaloq bolalarning nerv sistemasi o‘zining 
tuzilishi va vazi fasi (funksiyasi) jihatidan katta odamlar nerv sistemasidan 
keskin farq qiladi. 
Go‘dak bolalar nerv sistemasining ha
mma qismlari barobar 
rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qism
lari, ya’ni orqa 
miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki nerv sistemasining bu qismlari 
15
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 248-254 betlar. 


71 
tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan shartsiz reflekslarning markazlari hisoblanadi. 
Eng keyin nerv siste
masining yuksak qismlari, ya’ni oliy nerv faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan katta miya yarimsharlari va uning po‘stloq qismi 
takomillashadi. 
Chaqaloqning anatomik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning 
suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar 
е
tishmasligining guvohi 
bo’lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko’chroqtog’ay to’qimalari 
bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi. 
Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan 
qalin parda va ter
i bilan qoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir 
yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy 
suyak bo’lmaydi. Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada 
rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi
bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. 
Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning 
og’irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan 
bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq 
ko’rinsa
-
da, uhali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning 
organizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi
.
16
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarning katta miya yarimsharlari o‘zining 
tuzilishi va tashqi ko‘rinishi j
ihatidan katta odamlar miyasidan deyarli farq 
qilmasada, vazni jihatidan keskin farq qiladi. Masalan, yuqorida ko‘rsatib 
o‘tganimizdek, katta odamlar miyasining o‘rtacha vazni 1400 g bo‘lsa, yan
gi 
tug‘ilgan chaqaloq miyasining vazni 350
-
400 g bo‘ladi. Bun
dan tashqari, 
chaqaloq bolalar bosh miya yarimsharlari po‘stining burmalari katta 
odamlarnikiga qaraganda juda kam bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalar 
bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarining soni katta 
odamlarnikidan kam bo‘lmaydi, ya’ni 14
-
15 mlrd bo‘ladi. Bosh miya katta 
yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralari (neyronlar) odamga tug‘ilishdanoq 
ma’lum miqdorda berilgan bo‘ladi. Keyinchalik odamning individual hayoti 
davomida bunday nerv hujayralari birorta ham qo‘shilmaydi. F
arq faqat 
shundaki, chaqaloq bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stidagi nerv 
hujayralari hali tuzilishi jihatidan juda sodda, hajm jihatidan kichik, 
o‘simtalari (dendrit va neyrit) yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bolalar nerv 
sistemasining rivojlani
shi davomida har bir hujayradan ko‘proq miqdorda 
dendritlar o‘sib chiqadi. Shu tariqa bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari 
po‘stining sathi orta boradi.
16
G’oziyev E. Ontogenez psixolo
giyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-79 b.


72 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin