Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

quyidagi 
davrlarga ajratishni tavsiya etamiz: 
Albatta bu davrlarni bir-
biridan qat’iyan bir yosh bilan chegaralab 
qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davrlarni ertaroq 
yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-
biriga tabiiy bog‘lanib boradi 
va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim 
psixik tomonlarigina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham 
boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim
-
tarbiya muassasalariga qabul qilinadi. 
Bolaning yo
sh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. 
Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot 
chaqaloqlik davri -
0-1 oygacha;
go‘daklik davri - 1 oydan 1 
yoshgacha;
ilk bolalik davri 
- 1-3 yoshgacha;
maktabgacha yosh 
davri - 3-7 yoshgacha;
kichik maktab yoshi 
davri - 6-11 yoshgacha;
o‘smirlik davri -
12-15 
yoshgacha;
ilk o‘spirinlik – maktab, 
kollej, litsey davri - 15-18 
yoshgacha.


63 
darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning 
faoliyatlarida ham umumiylik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy 
faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kirishishdan, ilk 
yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa turli narsalar bilan 
shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 
asosiy faoli
yatlari o‘yindan ibo ratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’lum talablar qo‘yadi, 
ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini belgilaydi. O‘z
-
o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan sari uning imkoniyatlari ham 
ortib boradi. Natijada jamiyat to
monidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq 
va burchlarning mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining 
oxiriga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq va burchlar 
bolaning imkoniyatlari bilan mos kelmay qo
ladi, ya’ni bola jamiyat 
tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ketadi. Buning natijasida jamiyatning 
bolalar yosh bosqichi oldi
ga qo‘ygan talablari, huquq va burchlari, axloq 
me’yorlari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama
-qarshilik yuzaga 
kelad
i. Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni inqiroz 
davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning im
koniyatlari o‘rtasidagi 
ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri 
inqirozlari) yuzaga 
keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz davrlarini akademik 
I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqi
dagi ta’limoti orqali juda yaxshi 
tushuntirib berish mumkin. Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida 
yashar ekan, u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rg
anib qoladi. Bola har kuni 
o‘z ota
-onasi, aka-
ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U o‘zining 
ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi, 
ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhitidagi hayot tarziga nisbatan 
mustahkamlanib ketgan muvaqqat aloqalar sistemasi (dinamik stereotip) 
maydonga keladi. Bola o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim 
muassasasi
ga borganida muhit o‘zgarishi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Muhitning mana shunday keskin o‘zgarishi natijasida bola
da krizis, 
ya’ni inqiroz holati yuzaga keladi. Bunday krizis holati eski dinamik stereotip 
yoki turmush tarzi batamom 
еmirilib, uning o‘rniga yangi dinamik stereotip 
hosil bo‘lgunga qadar davom etadi. Bolaning maktabgacha ta’lim 
muassasasiga borgisi kelmayd
i hamda borganida yig‘lab qoladi. Bunday 
holat bir qancha vaqt davom etgandan so‘ng bolada bu muhitga nisbatan 
yangi dinamik stereotip maydonga keladi. Natijada bola hech narsani 
ko‘rmagandek, maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘nikib ketadi. Shu 
narsani al
ohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh 
bosqichiga o‘tishida yuzaga keladigan krizis davrlari ha
mma bolalarda ham 
bir xilda bo‘lavermaydi.


64 
Umuman, 
psixologlar 
tomonidan 
yosh 
davrlarini 
tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodolog
ik negizga ega bo’lgan qator
nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik 
qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy 
muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday 
bo’lsada, hozir fanning oldida ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila 
oladigan nazariyani yaratish zaruriyati mavjuddir.


Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin