Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

3 yosh inqirozi.
Bu davr krizisi haqida Elda Gepper “Uch yoshli bola
shaxsi haqida” ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko’rsatib o’tgan: 
Negativizim. Kattalarning ba’zi talablariga bola umuman rioya 
qilmaydi.
O’jarlik. Shaxsiy fikrga ega bo’lib, bola o’z fikri va talablarini qildiradi. 
U bilan hisoblashishini hohlaydi.
Kattalarni tan olmaslik.
Qarshilik 

ota-
onalar bilan urishishda namoyon bo’ladi. 
Mustaqillik. Mustaqillikka intilish.
Bu krizis davrda bolada mustaqil faoliyat yurita olish, kattalarga 
taqlid qilish hususiyati bilan ajralib turadi.
7 yosh inqirozi.
Bu davrda bola o’zligini yo’qotib qo’yadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotidan yangi ijtimoiy muhit
-maktabga keladi. Bu 
davrda bolaning intellektual va aqliy imkoniyatlari baholanadi. 
O’z
-
o’zini 
baholash rivojlanadi. Bolaga bu vaqtda to’g’ri ijobiy –
munosabatda bo’lish, 
mehr-
muhabbat berish. Bu krizisdan oson o’tishga yordam beradi.
Ayrim 
bolalarda krizis davri yaqqol namoyon bo‘lsa, boshqa bolalarda 
deyarli bilinar-
bilinmas tarzda o‘tib ketadi. Bu nar
sa turli yosh bosqichidagi 
bolalarning nerv sistemalari bilan bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi 
mustahkam va egiluvchan (plastik) bolalarda yangi dinamik stereotiplar tez 
va osonlik bilan yuzaga keladi. Bunday, bolalarning xulq-atvorlarida krizis 
davri deyarli bilinmaydi. Aksincha, nerv sistemasi zaif bolalarda yangi 
dinamik stereotiplar qiyinlik bilan uzoq muddat davomida yuzaga keladi va 
bunday bolalarning xulq-
atvorlarida krizis davri yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Ota-onalar va tarbiyachilar bolalarning yosh bosqichlarida uchraydigan ana 
shu hodisalarni hisobga olgan holda ish olib borishlari kerak. 
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farqlar sezilib 
turadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalarning psixik jarayonlari va 
psixologik sifat xususiyatlari bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan o‘z
-
o‘zidan 
yuzaga kelmaydi. Bu psixik jarayonlar, psixologik sifat va xususiyatlar turli 
yosh bosqichi
da bolalarning faoliyatlari negizida ta’lim
-
tarbiyaning ta’siri 
bilan tarkib topadi. Bolalar dastavval psixik taraqqiyot tempi jihatidan bir-
birlaridan farqlanadilar. Hamma bolalar psixik jihatdan, ya’ni sezgi va 
idroklari, diqqat va xotiralari, nutq va tafakkurlari hamda psixologik sifatlari 
jihatidan bir xilda rivojlanmaydilar. Masalan, bolalarning bir yosh 
bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishning o‘rtacha bir muddati bordir. 


60 
Ayrim bolalarda krizis davrlari vaqtincha paydo bo‘lib, bir yosh
bosqichidan 
ikkinchi yosh bosqichigacha tez o‘tib keta
di. Boshqa bir bolalarda esa bu 
jarayon juda cho‘zilib ketadi.
Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini o‘zlashtirish 
tempi jihatidan ham bir-
biridan farq qiladilar. Masalan, to‘rt
-besh yoshli 
ayrim bolalar rasm chizishga qiynaladilar. Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar. 
Besh-
olti yoshli ayrim bolalarning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular 
raqam va harflarni tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu yoshdagi 
bolalar esa, oz 
vaqt ichida o‘rganib oladilar. Ayrim shaxsiy psixologik 
sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi) yuzaga kelishida ham xuddi 
shularga o‘xshash individual farqni ko‘rish mumkin.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning psixik taraqqiyotlarida 
ko‘rinadigan in
dividual farqlarning asosiy sababi, birinchidan, ijtimoiy hayot 
sharoitining har xilligi bo‘lsa, ikkinchidan, organizmning tabiiy irsiy 
imkoniyatlarining ta’siridir. Bola
larda shartli reflekslar ham turlicha muddat 
davomida hosil bo‘ladi. Ayr
im bolalarda oriyentirovka refleksi yaqqol namo-
yon bo‘lsa, boshqa bolalarda biron narsaning tekkanini sezish refleksi, ya’ni 
taktil sezgilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday farqlar nerv sistemasining 
nasliy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Masalan, miyaning qandaydir ja
rohati 
bilan tug‘ilgan bola psixik taraqqiyotdan orqada qoladi.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning individual psixologik 
xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish, bolalarga nisbatan 
individual munosabatda bo‘lishni ta’minlash bilan birga ularni har 
tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
14

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin