Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

L.S. Vigotskiy psixik 
taraqqiyotning 
2 bosqichini belgilab berdi:

eng yaqin taraqqiyot 
bosqichi;

aktual taraqqiyot bosqichi
.


54 
rejalarga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, bolaning har bir yosh davri ma’lum bilimlarni birmuncha 
ortiq darajada o‘zlashtirishga nisbatan sezgir bo‘ladi. Masalan, shunday yosh 
davrlari borki, bunda ta’lim
- tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ortiq 
darajada ta’sir qila
di. Ana shunday yosh davrlarini odatda psixik 
taraqqiyotning senzitiv davri deb yuritiladi. O‘tkazilgan tajribalardan 
ma’lum bo‘lishicha, bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi yoshida
gi davri 
psixik taraqqiyotga nisbatan umuman senzitiv davr hisoblanadi. 
Psixik taraqqiyotning mazmuni tashqi faoliyat turlarining sekin-astalik 
bilan ichki psixik harakatlarga aylanishidan (ya’ni eksteriorizatsiyaning 
interiorizatsiyaga aylanishidan) iboratdir. Shuning uchun bolalarni ma’lum 
ish-
harakatlarni yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirishda ularning e
htiyojlari va 
qiziqishlariga mos keladigan faoliyat turlaridan biriga jalb qilish kerak. 
Ta’lim jarayoni bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan 
holda tashkil qilinsa, bu jarayon dasturlashtirilgan ta’limga aylanadi. Hozirgi 
vaqtda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichi, 
uning ta’lim jarayonida keng qo‘llanilishida dasturlashtirilgan ta’lim katta 
ahamiyatga egadir. Ana shu nuqtayi nazardan olganda mak
tabgacha ta’lim 
muassasasidagi dasturlashtirilgan ta’lim bola
lard
a maktab ta’limi uchun 
kerak bo‘ladigan sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktorlardan 
tashqari bolaning shaxsiy faolligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bola 
psixikasining taraqqiyotida bolaning shax
siy faolligini to‘g‘ri tashkil qilib, 
yo‘lga solib turilsa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida 
namoyon bo‘lib o‘sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvaffaqiyatli 
bo‘ladi.
Bola psixikasi o‘yin, ta’lim,
mehnat, ijtimoiy faoliyat va munosabatlar 
jarayonida taraqqiy etadi. Har bir faoliyat bolaning hayotini o‘zgarishi bilan 
turli yoshda turlicha Xarakter kasb etadi. Agar maktabgacha davrdagi 
bolalarning 
еtakchi faoliyati o‘yin bo‘lsa, maktab yoshidagi bola
lar faoliyati 
o‘qish, o‘rganishdan ibolatdir. O‘yin, o‘qish, o‘rganish, mehnat yoki ijtimoiy 
faoliyat turlari orasida keskin chegara bo‘lishi mum
kin emas. Maktab yoshi 
davrida o‘yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda 
yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi o‘z mazmuni, tashkil 
etilishi bilan bolaning ham jismoniy, ham psixik faolligini rivojlantirish 
imkonini beradi.
13
13
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 237-240 betlar. 


55 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin