Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
3.3.5.
 
Psixik taraqqiyot va ta ’lim
 
Bolaning psixik taraqqiyotida ta’lim va tarbiya juda katta 
ahamiyatga 
ega. Uzoq muddat davomi
da beriladigan ta’lim
- tarbiya ishlari hozirgi vaqtda 
oiladagi tarbiya ishlari bilan birga qo‘shib olib borilmoqda. Boshqacha qilib 
aytganda, bolaga ju
da yoshlik chog‘idan boshlab qat’iy dastur asosida ta’lim
-
tarbiya berila boshlanadi. 
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida, maktabda izchil suratda ta’lim va 
tarbiya oladi. Bunday uzoq muddatdagi maxsus ijtimoiy ta’lim va tarbiya 
bolaning psixik taraqqiyotiga ta’sir etmay qolmaydi. Shuning uchun bolaning 
umumiy psixik taraqq
iyoti ko‘p jihatdan ta’lim
-
tarbiyaning ta’siriga 
bog‘liqdir.
Psixolog L.S. Vigotskiyning fikriga ko‘ra, ta’lim
-tarbiya jarayoni psixik 
taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi. Bola ijtimoiy tajribani ta’lim
-tarbiya 
jarayonida o‘zlashtirib, rivojlanadi. De
mak, 
ta’lim
-tarbiya jarayoni har doim 
psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda boradi. Ta’lim
-tarbiya jarayoni 
bolaning psixik taraqqiyoti uchun sharoit yaratib, zamin hozirlaydi va psixik 
taraqqiyotni o‘z ketidan ergashtirib boradi.


53 
Uning 
tushuntirishiga ko‘ra psixik taraqqiyotning yaqin sohasida 
bolaning psixik taraqqiyoti katta odamlarning (ota-onalar, tarbiyachilar va 
o‘qituvchilarning) bevosita yordami, rahbarligi asosida amalga 
oshiriladi.Bolaning go‘daklik, ilk yosh, maktabgacha ta’li
m tashkiloti va 
kichik maktab yoshidagi davrlari psixik taraqqiyotning yaqin bosqichiga 
to‘g‘ri keladi.
Psixik taraqqiyotning aktual bosqichiga kelsak, bu bosqich muayyan 
davrda bolaning katta yoshdagi kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila 
olishi bilan ifodalanadi. Psixik taraqqi
yotning aktual bosqichi o‘zlashtirilgan 
bilimlar, ko‘nikma va malakalardan mustaqil foydalanish bosqichidir. Psixik 
taraq
qiyotning aktual bosqichiga bolaning o‘smirlik va o‘spirinlik davrlari 
to‘g‘ri keladi. Bu davrda bolalarning ta’lim jarayoniga bo‘lgan munosabatlari 
tubdan o‘zgarib, ular turli narsalarga nisbatan tanlab munosabatda bo‘la 
boshlaydilar. O‘smir bola
larda qiziqish va dunyoqarash kabi shaxsning 
murakkab sifatlari tarkib topa boshlashi tufayli turli sohalarga doir 
bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga urinish yuzaga keladi. Vaholanki, ta’lim
-
tarbiya psixik taraqqiyotdan bir qadam oldinda borib, psixik taraqqiyotga 
zamin hozirlar ekan, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim
-tarbiya jarayoni hamma 
vaqt o‘quvchilarni mustaqil
tafakkur qilishga, tabiat hamda jamiyatdagi 
narsa va hodisalarga doir qonuniyatlarni bilib olishga yordam beradi. 
Ana shu bosqich nuqtayi nazaridan ta’lim
-tarbiya ishlari davomida 
bolaning hozirgi vaqtda qanday bilim, ko‘nikma, malakalar va 
Xarakter 
sifatlariga ega ekanligini va yaqin kelajakda qanday bilim, ko‘nikma, 
malakalar va shaxsiy sifatlarga ega bo‘la olishini
hisobga olish juda 
muhimdir. Ta’lim
-tarbiya jarayonida taraqqiyotning shu ikki bosqichini 
taqqoslab, bolaning shu paytdagi rivojlanish darajasi va kelajakdagi rivoj-
lanish imkoniyatlari haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi. Tarbiyachi ta’lim
-
tarbiya jarayonida bolaning hozirgi taraqqiyot bosqichini hisobga olib, 
kelajakda qanday taraqqiyot darajasiga erishishini tasavvur eta olishi hamda 
bolani ana shu mo‘ljallangan taraqqiyot darajasiga erishtirish uchun aniq 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin