Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
3.3.4. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar 
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi bola psixik taraqqiyotini 
o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda 
turli xil qarashlarni o‘rganish muhimdir. Inson shaxsining tarkib 
topishini 
tushuntirishga intiluvchi biogenetik va sotsiogenetik oqim XIX asrning 
ikkinchi yarmida maydonga kelgan. 
Bola psixik xususiyatlarining tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot shu 
vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib 
kelmoqda. Biogenetik konsepsiyada inson psixikasining barcha umumiy va 
individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik 
tuzilishiga tenglashtirilgandir. Psixik rivojlanish esa nasliy yo‘l bilan azaldan 
belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning 
maromiga 
еtilish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy 
xususiyatlar tug‘ma yo‘l bilan nasldan
-naslga tayyor holda beriladi, biroq 
shunday bo‘lishiga qaramay bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning 
barcha xu
susiyatlari «ichki qonunlar» asosida, ya’ni nasliy xususiyatlar 
negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog‘liqdir, deb 


50 
ta’kidlaydilar. Biogenetik ta’limotda inson qobiliyatlarining rivojlanish 
darajasi taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganli
gini, bola imkoniyatlari va 
qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‘ng ta’lim 
jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga 
moslashtirish, ularning asliy iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi 
maktablarda tahs
il olishi zarur deb ta’kidlanadi.
Amerikalik psixolog E. Torndayk bolalarning «tabiiy kuchlari» va 
«tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning
еtakchi omili qilib ko‘rsatib, 
muhitning, ta’lim
-
tarbiyaning ta’siri ikkinchi darajalidir, deb aytadi.
Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina 
emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb 
ta’kidlaydi.
Amerikalik 
pedagog va psixolog D. Dyui, inson tabiatini o‘zgartirib 
bo‘lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik x
ususiyat
lari bilan tug‘iladi. Bu 
ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo‘lib, ba’zida 
o‘zgarishi tarbiyaning miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan 
y
ana bir ta’limot 
- sotsiogenetik konsepsiya - qobiliyatlarning taraqqiyotini 
faqat tevarak-
atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. K. Gelvetsiyning 
ta’limotiga ko‘ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun 
tug‘ilishidanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning 
uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va 
tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu 
nazariyani xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyandalari psixikaning 
rivojlanishida ijtimoiy muhitning g‘oyat darajada muh
im 
roli borligini e’tirof 
etadilar. 
Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan 
sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan 
bog‘liqdir. Ma’lumk
i, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida 
hammaning diqqat-
e’tibori mo‘jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu hodisa 
inson shax
sining tarkib topishi masalasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. 
Angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini 
top-
toza doskaga, taxtaga o‘xshatadi. Uning fikricha, bolaning top
-toza taxta 
tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyoridadir. 
Shuning uchun bolaning qanday odam bo‘lib
еtishishi, ya’ni unda qanday 
shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, 
o‘zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va 
tasavvurlariga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi.
Bu masalalarni tahlil etgan har ikkala yo‘nalishning namo yandalari, o‘z 
manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lishiga 
qaramay, insonning psixik xususiyatlarini biologik va ijtimoiy omillar 


51 
ta’sirida avvaldan belgilangan va o‘zgarmas narsa, deb e’tirof etadilar.
Ma’lumki odam shaxs sifatida muntazam qandaydir faoliyatda tarkib 
topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namo
yon bo‘ladi. Bolaning psixik 
jihatdan taraqqiy etishida biologik (nasliy), ijtimoiy, uzoq vaqt davomida 
beriladigan ta’lim
-
tarbiya va bolaning shaxsiy faolligi ta’siri muhim o‘rin 
egallaydi. 
Psixologiya fani 
zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson 
shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqligini 
dalillar asosida izohlab beradi. Nasliy yo‘l bilan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri bir 
qator tashqi alomatlar, tashqi xu
susiyatlar o‘tishi mumk
in. Masalan, bolalar 
o‘z ota
-
onalarining tashqi jismoniy belgilarini, ya’ni bo‘y
-
bastini, ko‘zi va so 
chining rangini, yuz tuzilishi va shu kabilarni nasliy yo‘l bilan meros qilib 
oladi. Bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyat
lar nasliy yo‘l bilan tug‘ma 
ravishda to‘g‘ridan to‘gri berilmaydi. Lekin bundan nasliy xulusiyatlarning 
psixik taraqqiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi. 
Nasliy xususiyatlarning psixik taraqqiyotga taalluqliligi shundaki, ayrim 
psixik jarayon yoki psixik xususiyatlarning anatomik-fiziologik nishonalari 
naslga o‘tadi. Lekin psixik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ana shunday 
anatomik-fiziologik nishonalar odamga imkoniyat tarzida beriladi. Har 
qanday imkoniyat ham ro‘yobga chiqavermaydi. Ijtimoiy muhit va ta’li
m-
tarbiya tizimi noto‘g‘ri olib borilsa, imkoniyat tarzidagi layoqatlar 
qobiliyatga aylanmay yo‘qolib ketishi mumkin.
Demak, odamga imkoniyat tarzida berilgan nasliy xususiyatlarning o‘zi 
tegishli muhit bilan bog‘lanmasa, bola psixik taraqqiyotida deyarli 
biron hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘la olmaydi.
Bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ijtimoiy muhitda, ya’ni odamlar 
qurshovida yashay boshlaydi. Ijtimoiy muhit deganda biz dastavval oila 
muhitini tushunamiz. Lekin «muhit» tushun

chasi ikki xil ma’noda 
ishla
tiladi. Keng ma’nodagi «muhit» so‘zi odamning butun mamlakati, Vatani 
bilan bog‘liq bo‘lgan hayot sharoiti bo‘lsa, tor ma’nodagi «muhit»da asosan 
odamning oilaviy turmush sharoiti va oila tevarak-atrofidagi ijtimoiy hayot 
tushuniladi. 
Bolaning psixik jarayonlari (idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va shu 
kabilar) va shaxsiy sifatlari (qiziqishlari, qobiliyati, malaka va odatlari, 
Xarakter
i va h.k.) tug‘ma ravishda belilmaydi. Odamning, shu jumladan, 
bolaning barcha psixik jarayonlari va shaxsiy sifatlari konkret ijtimoiy 
sharoitning ta’siri tufayli individual hayoti davo
mida yuzaga keladi. Bunda 
eng muhim omil oiladir. Oila hayotining umumiy turmush tarzi bola 
psixikasining taraqqiy etishiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Bola o‘z tabiatiga ko‘ra juda ham taqlidchan bo‘ladi. Taqlidchanlik bola 
psixikasi taraqqiyotini belgilovchi omillardan biridir. Bola har doim o‘z 


52 
oilasidagi katta odamlar qurshovida yashar ekan, u hamisha ana shu o‘ziga 
yaqin odamlarning xattiharakatlariga taqlid qiladi. Taqlid qilish orqali har xil 
insoniy munosabatlar va fazilatlarni o‘ziga sekin
-asta singdirib boradi.
Tashqi muhitning, ya’ni oila muhitining bola psixikasiga ta’siri nutq (til) 
taraqqiyotida juda yaqqol ko‘rinadi. Bola tug‘ilishidan boshlab qanday nutq 
turi muhitida yashasa, 
ana shu tilda gapiradigan bo‘ladi. Bola o‘sgan sari 
muhit doirasi ham kengaya boradi. Ijtimoiy muhit (dastavval oila, hovli, 
ko‘cha, mahalla)dan sekin
-asta kengaya borib, shahar, respublika va butun 
mamlakat miqyosiga o‘tadi. Ana shunga mos ravishda ijtim
oiy muhitning 
bolaga ta’siri manbalari ham borgan sari kengaya va ko‘paya boradi. Bola 
oila doirasidan tashqariga chiqqanidan so‘ng unga o‘zgalar ham ta’sir eta 
boshlaydi. Bola endi faqat o‘z oilasidagi katta odamlarning xulq
-atvori va 
xattiharakatlarigagi
na emas, balki yaqin atrofidagi boshqa odamlarning, o‘z 
tengqurlarining xulq-atvorlari va xatti-harakatlariga ham taqlid qila 
boshlaydi. Ana shu tariqa ijtimoiy muhit bolaning psixikasiga bo‘lgan 
ta’sirini kengaytira boradi.
Shunday qilib, ijtimoiy muhit bolalar psixikasining taraqqiyotiga faol 
ta’sir etadigan eng muhim omillardan biri bo‘lib, uning o‘zgarishi bola 
psixikasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin