Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
IV-BOB. CHAQALOQLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA 
UNING PSIXODIAGNOSTIKASI 
 
Bobning qisqacha mazmuni 
1.Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish 
2. Chaqaloqlik davrida bola nerv sistemasining rivojlanishi 
3. Chaqaloqlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 
4. Chaqaloqlarning sensor, perseptiv hamda kognitiv rivojlanish psixo-
diagnostikasi 
 
4.1.Chaqaloqlik davrida jismoniy rivojlanish 
Bolaning go‘daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jihatdan juda tez 
rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab 
hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyo ga kelishi, rivojlanishi 
tug‘ilmasdan
ilgarigi, ya’ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning 
qornidaligi davrida, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Bolaning tug‘ilgandan keyingi normal 
taraqqiyoti uning ona qornidagi taraqqiyoti bil
an uzviy bog‘liqdir. Shuning 
uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat
-
e’tibor 
bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir 
qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. 
H
omiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qornidagi 
normal taraqqiyotini va har jihatdan 
еtuk tug‘ilishini ta’minlaydi.Bolaning 
tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha bo‘lgan davri nisbatan kam harakat va 
«nutqsiz» taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti oila 
doirasida yuzaga keladi. Ammo shunday bo‘lsa ham bu davr har jihatdan 
juda ildam rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti 
bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. 
Bu davrda bola ojiz bo‘lib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishlariga 
muhtoj bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning tashqi qiyofalari 
katta odamlarning tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi t
ug‘ilgan 
bolaning boshi gavdasiga nisbatan juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir 
qismiga barobar), bo‘yni deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq
-
qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa bo‘ladi. Katta yoshli odamning boshi 
gavdasining sakkizdan bir q
ismiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina bo‘ladi, chunki 
yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. 


68 
Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta 
odamlarnikidan anc
hagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan 
mayda pufakchalarning soni miqdor jihatidan katta odamlarniki bilan 
barobar bo‘lsa ham, ular juda mayda bo‘ladi (katta odamlarnikiga nisbatan 
uch barobar kichik bo‘ladi). Shuning 
uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga 
nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir daqiqada 50-60 
marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta 
nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof 
havoga ayniq
sa muhtoj bo‘ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida buni 
albatta hisobga olish zarur. Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay holatda 
yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas 
olishida qo'shimcha qiyinchilik vujudga keladi. 
Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina 
tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir daqiqada o‘rtacha 70
-75 marta 
ursa, chaqaloq bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy 
sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqargan qon 
hajmini (miqdorining) ozligi, go‘qak muskullarining hali zaifligi bilan bog‘liq. 
Bundan tashqari, chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular 
organizmida modda almashish jarayonining intensivligi (jadalligi) bilan ham 
bog‘liqdir.
Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish hali yaxshi 
rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda 
terisining umumiy sathi (yuzasi) nisbatan katta hamda terisi katta odamlar 
te
risiga qaraganda ancha yupqa bo‘ladi. Shu sababli ular normal taraqqiyot 
uchun kerakli haroratni yo‘qotib sovuq qotishi mumkin. Chaqaloq 
bolalarning tana harorati tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bolaning ortiqcha 
harakatlari ham, ovqat 
е
yishi ham temperaturasiga 
ta’sir qiladi. Shu sababli 
chaqaloq bolalarni tarbiyalashda kun tartibining ahamiyati nihoyatda 
kattadir. Chaqaloq bolalarni hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va 
o‘z vaqtida u bilan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.
Chaqaloq bolalar
ning ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Ularninig oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak 
muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi 
bolalarning eng yaxshi ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlarga nisbatan 
tez-tez ovqatlantiriladi. Agar katta odamlarga ovqat sarf qilingan quvvatni 
tiklash maqsadida kerak bo‘lsa, bolalar uchun ovqat sarf qilingan quvvatni 
tiklashdan tashqari o‘sishi uchun ham kerak. Bolaning organizmi to‘xtovsiz 
o‘sadi, buning
uchun esa juda ko‘p ozuqa moddalar kerak bo‘ladi. Ozuqa 
moddalarni bola ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan 
nor
mal o‘sishida o‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta 
ahamiyatga ega. 


69 
Normal tug‘ilgan bolaning o‘rtacha
vazni 2800-
3500 kg, bo‘yi 45
-52 sm 
bo‘ladi. Bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. 
Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga
е
tganida uning vazni ikki 
barobar, bir yoshga 
е
tganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki 
oylarda, ayniqsa, 1-
3 oyligida ko‘proq ortadi. Keyinroq borib vaznining 
ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga to‘lgach, bolaning vazni 9 
kg ga 
еtadi. Bir yoshga to‘lgunga qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi. 
Agar bola bir yoshga to‘lguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil 
ichida faqat 18 sm ga o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolaning suyak sistema
si deyarli 
yumshoq tog‘aydan iborat bo‘ladi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni bir 
yoshga to‘lguncha uning skeleti suyakka aylana boshlayd
i. Agar bola 
chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar 
noto‘g‘ri o‘sib, biror
еri qiyshiq bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda 
bolaning noto‘g‘ri o‘tirishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi 
qiyshayib 
qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik bo’ladi.
Oylar 0-1 1-2 2-3 3-4 4-5 5-6 6-7 7-8 8-9 9-
10 
10-
11 
11-
12 
Bo‘yi
(
sm



2,5 2,5 




1,5 1,5 1,5 
1,5 
Og‘irligi
(gr) 
600 800 800 750 700 650 600 550 550 450 400 400 
Bolalarda 
paydo bo‘ladigan skolioz, umurtqa suyagining qiyshayib 
qolishi kasalligi ko‘pchilik hollarda bolalar gavdasining normal o‘sishiga ota
-
onalar va tarbiyachilarning befarq muno sabatda bo‘lishlari tufayli yuzaga 
keladi. Skolioz (bukri) kasalligi juda og‘ir ma
jruhlikka olib keladi. Skolioz 
asosan ikki yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo‘lsa, 
ikkinchisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana 
shu individual hayot davomi
da bo‘ladigan skoliozning oldini olishimiz, ya’ni 
uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastavval 
mutlaqo bilinmaydi va juda sekinlik bilan rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan u 
ko‘zga tashlana boshlaydi. Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davo 
lashda ortoped-sh
ifokorlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Qiz 
bolalarning muskul va skeletlari o‘g‘il bolalarga nisbatan zaifroq bo‘lganligi 
tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq bo‘ladilar. Skolioz kasalligi bola o‘sib 
borgan sari uning psixikasiga ham sa
lbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi.


70 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin