Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


- rasm. Bolalar va kattalarda bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

2-
rasm. Bolalar va kattalarda bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi 
nerv hujayralarining tuzilishi. 
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarini 
birlashtiruvchi nerv tolalarining usti 
miyelin 
deb nom olgan 
maxsus parda
bilan qoplana boradi. Bu jarayon bosh miyaning normal faoliyati uchun 
tayyor ekanini ko‘rsatuvchi belgidir. Nerv tolalarining miyelin qobig‘i bilan 
sekin-
asta qoplanib borishi tabiiy jarayon bo‘lib, bu jarayonni tezlashtirsa 
bo‘ladi. Chaqaloq bolalarni har gal yo‘rgaklash ol
didan biroz harakatga solish, 
ya’ni qo‘l
-oyoqlarini harakat qildirish miyelinizatsiya jarayonini 
tezlashtiradi. Mielinizatsiya jarayonining tezlashuvi bosh miya po‘stining 
jadal rivojlanishiga yordam beradi. 
Bola yoshiga to‘lguncha jismoniy jihatdan tez o‘
sar ekan, uning nerv 
sistemasi ham rivojlanadi. Chunonchi, yangi tug‘ilgan bola miyasining 
umumiy vazni 1 yoshga to‘lguncha 600 grammga ortadi.
17
 
4.3. Chaqaloqlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari 
Chaqaloq bolalarning hamma 
analizatorlari (sezgi a’zolari) 
tug‘ilishidanoq me’yorida rivojlangan bo‘lib faoliyatga tayyor bo‘ladi. Bola 
teri analizatorlari orqali haroratni (issiq va sovuqni), biron narsa tekkanini 
va og‘riqni sezadi. Chaqaloq bolaning badani haroratga nisbatan juda
sezgir 
bo‘ladi. Shuning uchun tez sovqotadi. Bola tarbiyalanadigan xonaning 
harorati 20°C dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar bolaning yuzi yoki labiga 
qo‘lingizni tekkizsangiz, u darhol emish harakatlarini qila boshlaydi. 
Bolaning kiyimi yoki yo‘rgaklari buklanib qolib bo‘yniga yoki boshqa bir
е
riga 
botsa, u bezovtalanib yig‘lay boshlaydi. Ana shulardan ko‘rinib turibdiki
chaqaloq bolaning teri analizatorlari dastlabki kunlardanoq yaxshi ishlaydi. 
17
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 2017 
yil.- 256 bet. 


73 
Bolada tug‘ilgan kunidan boshlab, hid va ta’m bilish analizat
orlari ham 
normal ishlay boshlaydi. Chaqaloq bolaning og‘ziga biron taxir yoki achchiq 
narsa solinsa, u aftini burishtirib, bezovtalanib, so‘laklari bilan uni chiqarib 
tashlaydi. Bola qo‘lansa hiddan ham bezovtalanadi. Demak, chaqaloq bolalar
-
da hid va ta’m bilish analizatorlari ham normal holatda bo‘ladi. Ko‘rish va 
eshitish analizatorlari murakkab analizatorlar hisob
lanadi. Yangi tug‘ilgan 
chaqaloq bolalarda bunday murakkab analizatorlar ham faoliyatga tayyor 
bo‘ladi. 
Chaqaloq bola
larda ko‘rish refleks
ini bemalol kuzatish mumkin. Agar 
biroz qorong‘iroq uyda bola ko‘zlarini ochib yotgan paytida to‘satdan chiroq 
yoqib yuborilsa, u darhol yorug‘likdan ko‘zlarini yumib oladi. Lekin chaqaloq 
bolalarning ko‘rish analizatorlari (ko‘zlari) hali yaxshi takomilla
shmagan va 
ishlashga muvofiqlashmagan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola dastlab faqat 
ko‘zining to‘g‘risidagi narsalarni ko‘ra oladi. Buning sababi shundaki, 
chaqaloq bola
larda ko‘z to‘r pardasidagi markaziy qismlargina sezish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rish retseptorlari joylashgan ko‘z to‘r pardasining 
chekka qismlari keyinroq ishga tushadi. Shuning uchun chaqaloq bolalar yon 
tomonlaridagi narsalarni yaxshi ko‘ra olmaydilar. Bundan tashqari, ularda 
ko‘zni qimirlatadigan muskullar ham yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shu 
sababli chaqaloq har ikkala ko‘zini ayni bir vaqtda barobar qimirlata
olmaydi. 
Natijada bir ko‘zi g‘ilayroqqa o‘xshab turadi. Bola bir oyga to‘lgandan keyin 
har ikkala ko‘zi moslashgan holda harakat qiladigan bo‘ladi. Ana shu davrdan 
boshla
b bola biron narsaga tikilib qaray olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola dastlabki bir hafta davomida yaxshi eshitmaydi. U 
faqat qattiq tovushlarnigina eshitishi mumkin. Bunga sabab shuki, bola ona 
qornidaligida uning o‘rta qu loqlari suyuqlik bilan to‘lib qolgan bo‘ladi. 
Keyinchalik bu suyuqlik shimilib, singib ketgandan so‘ng o‘rta quloqning 
havo to‘lqinlari kiradigan yo‘li ochilib, bola eshitadigan bo‘ladi.
Ko‘rish va eshitish kabi murakkab analizatorlarning chaqaloq bolalarda 
hali yaxshi 
takomillashmaganligining sabablaridan yana biri yangi tug‘ilgan 
bolalarda bosh miyaning po‘sti
е
tarli darajada rivojlanmaganligidir. Barcha 
analizatorlarning markaziy qismlari esa bosh miya po‘stida joylashgan 
bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan keyin birinchi oyla
rda uning bosh miyasi va, ayniq-
sa, bosh miya po‘sti tez rivojlanadi. Miya po‘stida analizatorlar markaziy 
qismlarining rivojlanishi natijasida dastlabki shartli reflekslarning vujudga 
kelishi uchun sharoit tug‘iladi. Ana shu tariqa bola bir oylik bo‘lgandan so‘ng 
uning teri, harakat, hid va ta’m bilish, ko‘rish va eshitish analizatorlarida 
shartli refleks
lar paydo bo‘la boshlaydi. Bir oylik bolani qo‘lga olishingiz bi
lan 
yig‘isi to‘xtab, tinchib qoladi. Bu bolaning qo‘lga o‘rganib qolganini ko‘rsatadi. 
B
olaning qo‘lga o‘rganishi unda teri, hid, harakat (kinestezik) va ko‘rish 
analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab shartli reflekslar vujudga 


74 
kelganligini ko‘rsatadi. Shuni unutmaslik kerakki, noto‘g‘ri tarbiyalangan 
bolada bu refleks nihoyat darajad
a mustahkam o‘rnashib qolib, natijada bola 
o‘z o‘rnida yotmaydigan va faqat qo‘lda uxlashni talab qiladigan bo‘ladi. Bu 
esa bolaning normal o‘sishiga zarar
е
tkazadi. 
Bola ulg‘aygan sari ko‘rish va eshitish analizatorlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan ko‘pgina shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Keyinchalik bu 
analizatorlar bolaning tevarak-atrofdagi muhitni bilib olishida tobora katta 
rol o‘ynaydi. Bola ikki oylik bo‘lganida, uning deyarli hamma analizatorlarida 
shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Bu shartli reflekslar tobora ko‘payib va 
murakkablashib, bola psixikasining o‘sishida fiziologik negiz bo‘lib qoladi.
Ilk yoshdagi bolalarda eshitish sezgisi ham juda erta ko‘rina boshlaydi. 
Lekin bola tug‘ilgandan so‘ng nechanchi kundan boshlab eshita bos
hlashini 
aniqlash qiyin. Yangi tug‘ilgan bola 4
-5 kun davomida hech narsani 
eshitmaydi. 
Buning sababi shundaki, yangi tug‘ilgan bolaning o‘rta quloqlari 
qorindalik paytda suyuqlik modda bilan to‘lib qolgan bo‘ladi. Ana shu 
suyuqlik modda tugamaguncha havo 
to‘lqinlari bola quloqlarining nog‘ora 
pardasiga borib 
е
tmaydi. 10-15 kunlik bola qattiq tovushlarga reaksiya qila 
boshlaydi. Buni biz qattiq tovush chiqqan paytida (masalan, bolaning 
quloqlariga yaqin joyda qattiq chapak chalinsa yoki eshik qattiq yopib 
yuborilsa) bolaning cho‘chib tushishidan bilamiz.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda harakat sezgilari boshqa sezgilarga 
nisbatan yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o‘z harakat
larini boshqara olmaydi. 
Bolani yo‘rgakdan
еchib qo‘ygan paytda u juda ko‘p tar
tibsiz harakatlarni 
qiladi. Uning hamma yog‘i (qo‘llari, barmoqlari, oyog‘i, oyoq barmoqlari, 
ko‘zlari, boshi) harakatlanadi. Lekin bolaning bu harakatlarida mutlaqo 
moslik, tartib bo‘lmaydi. 
N.L.Figurin va M.P.Denisovaning ta’kidlashicha, 
bolaningbir 
oylikkacha davridagi tetiklik holati (uyg’oqligi) ko’rish va eshitishga 
yo’nalgan shartsiz reflekslar tufayli faollashib boradi; tovush ta’siriga 
berilish 2-3 haftalikda vujudga keladi. Shuning uchun bola surnay sadosiga 
quloq soladi va yig’idan yoki harakatdan to’xtaydi. Bir oylik bo’lgach, unda 
orientir refleksi namoyon bo’ladi (I.P.Pavlov). Shu sababdan chaqaloq 
gaplashayotgan odamga tikiladi va ixtiyorsiz xatti-
harakatdan o’zini tiyib 
turadi. Bola ob’ektni ko’rish va tovushni eshitish uchun 
diqqatini 
to’playdigan bo’lgach, harakatining faollashuvida ancha o’zgarishlar ro’y 
beradi. Odatda uning harakati ixtiyorsiz va tartibsiz ravishda amalga oshib, 
jismlarga ko’z yugurtirish, boshini burish bilan tugasa Ham, harakat 
hodisasi vazifasini bajara
di: o’zida xulqning sodda ko’rinishini ifodalab, 
bolani voqelik, tashqi olam bilan uzviy bog’laydi.


75 
D.B.El’koninning fikricha, chaqaloq hayotining uchinchi haftasida 
onaning emizishdagi holatiga moslashish bilan bog’liq birinchi tabiiy shartli 
refleks vuju
dga keladi va keyinchalik esa ba’zi qo’zg’atuvchilarga javob 
tariqasidagi alohida shartli reflekslar ham paydo bo’ladi. D.B.El’konin va 
uning shogirdlari ta’kidlaganidek, hali chaqaloq psixik hayotining mazmuni 
muammosi uzilkesil hal qilinmagan va chaqaloqning psixik dunyosiga 
chinakam, haqiqatga yaqin, ilmiy-
ob’ektiv qarashlar I.M.Sechenov 
asarlaridagina uchraydi. Psixologiya fani rivojining undan keyingi davrida 
shu muammoga taalluqli ancha tadqiqotlar olib borilgan, qator psixologak 
qonuniyatlar va mexan
izmlar ishlab chiqilganki, bular to’g’risida ontogenez 
psixologiyasi va pedagogik psixologiya xrestomatiyasida boy material 
berilgan.
18

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin