Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
13.3. 
Bolalar o‘z tengdoshlariga berayotgan baholari
 
Bolalar o‘z tengdoshlariga ber
ayotgan baholar dastlabki hollarda 
tarbiyachi bahosini oddiy takrorlanishidir. Uch-
to‘rt yoshli bolalardan 
«Guruhda kim eng yaxshi bola?» deb so‘rashganda, «Lola, chunki u tez 
ovqatlanadi» yoki «Vali, chunki u aytganni qiladi» degan javobni be
radi. 
Lekin sekin-
asta baholar ma’noga ega bo‘lib boradi. Har xil o‘yin turlarini 
biladigan, o‘rtoqlari bilan o‘yinchoqlarini bo‘lishadigan, zaiflarni himoya 
qiladigan va hakozo bolalar ijobiy baholanadigan bo‘ladi.
To‘rt
-besh yoshdan boshlab, bolalar uchun guruh bahosi juda muhim 
bo‘ladi. Ular o‘zlarini tengdoshlari ma’qul topmaydigan harakatlardan 
tiyishga va ijobiy munosabatga erishishga intiladilar. Bolalar bog‘cha 
guruhida har bir bola, tengdoshlarini unga bo‘lgan munosabatini bildiruvchi, 
aniq o‘ringa ega bo‘lad
i. Katta shuhrat qozongan ikki-uch bola ajralib turadi: 
ular bilan ko‘plar do‘stlashishni, mashg‘ulotlarda birga o‘tirishni, ularga 
o‘xshashni xohlashadi, ularning iltimoslarini mamnuniyat bilan bajarishadi, 
o‘yinchoqlarini bo‘lishishadi. Shu bilan bir qat
orda tengdoshlari umuman 
suymaydigan bolalar ham topiladi. Ular bilan kam gaplashishadi, o‘yinga 
qo‘shishmaydi, ularga o‘yinchoqlarini berishni xohlashmaydi. Bolalarning 
qolgan qismi bu ikki «qutb» orasida joy topgan. Bolani qanday qabul 
qilishlariga sabab 
bo‘ladigan bir necha omillar mavjud: uning bilimi, aqliy 
rivoji, fazilatlari, boshqa bolalar bilan aloqa o‘rnata olishi, tashqi ko‘rinishi, 
jismoniy kuchi, chidamliligi va hokazo. Bolaning tengdoshlar guruhidagi 
o‘rni ular tomonidan qanchalar qabul qilinganini, qanchalar e’tirof etilish 
xohishi amalga oshgan yoki oshmaganini ko‘rsatadi.
Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutq
ning o‘rni. 
Maktabgacha yosh davri o‘z xulq
-atvorini, ichki va tashqi harakatlarini ongli 
tarzda 
boshqarish qobiliyati sifatida irodaning tarkib topish davridir. Ta’lim
-
tarbiya jarayonida kat
talar va tengdoshlari ta’siri ostida bolada o‘z 
xattiharakatlarini 
boshqarish, 
maqsadga 
erishish 
ko‘nikmalari 
shakllanadi.Bunda bola yuzaga kelgan qiyinchiliklarni 
еngib o‘tishga harakat 
qiladi. Bola o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda tarbiyachi talab etganidek 


228 
tinch o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakat
larni nazorat qilish 
malakalarini egallaydi. 
Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini b
oshqara 
boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq uchayotgan bolalar 
tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qayli biri qo‘lqopini yo‘qotganligi 
so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz va qo‘lqop qor ustida yotgani 
tasvirlangan) bola bunga javob bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha 
rasmdagi figu ralarni ketma-
ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning nigohi esa 
tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyinchalik bola kattalar 
yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi va shunga o‘xshash 
masalalarni 
muvaffaqiyatli 
е
cha boshlaydi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish 
boshqariladigan jarayonga aylana boradi. To‘rt yoshga
еtganda bola o‘z 
oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qolish maqsadini 
qo‘ya oladi. To‘rt yosh
li bolalarda aqliy faoliyatni boshqarish qobiliyati 
kuzatiladi. Masalan, boshqotirmani hal qilishda ular qismlarni bir butun, 
yaxlit qilib birlashtirishda sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar, 
bunda ular bir variantdan izchil tarzda ikkinch
isiga o‘ta oladilar.
Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana boshlaydi. 
Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda ixtiyorsiz, impulsiv 
harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy harakatlar genezisiga murojaat 
qiladigan bo‘lsak, 
maktabgacha davr mobaynida irodaviy harakatlar ham 
ularning umuman xulq-
atvoridagi vazni ham o‘zgarib boradi. Kichik bog‘cha 
yo shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xattiharakatlardan 
tashkil topsa, 4-5 yoshli bolalarda iroda namoyon qilish kuchayadi, biroq 
xulq-
atvorda ular katta o‘rin egallamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola 
nisbatan irodaviy zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib, 
irodaviy harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi Xarakter
li bo‘lib, xulq
-
atvorda ular
ni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni chegaralangan.
Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davrida yuz beradigan 
xulq-
atvor motivlarining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. Bola uchun eng 
muhim bo‘lgan motivlar guruhining birinchi o‘rinda turis
hi shunga olib 
keladiki, bola qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojida o‘zaro 
bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:


229 
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘
nalganligining 
tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi muvaffaqiyat va 
muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi. Ular qiyinchiliklarni 
е
ngib 
o‘tish va maqsadni ushlab turish davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Maqsadga erishishdagi omadsizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4-5 
yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqaradi; faoliyat 
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa bolalar ishni oxirigacha
еtkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘zlarini shunday 
tutadilar. Hatto ularning ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘la 
boshlaydilar, ni
ma bo‘lsa ham qiyinchiliklarni
еngib o‘tishga harakat 
qiladilar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon 
so‘raydilar,
е
ngilishdan bosh tortadilar.
Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakatlarini 
maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy Xarakterdagi 
motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana boshlaydi. Bola 
irodasiga qarama-qarshi motivla
r to‘qnashish vaziyatlari alohida talablar 
qo‘yadi. Bola bo‘lishi mu
mkin 
bo‘lgan ikkita qarordan birini tanlashi zarur 
bo‘ladi. Ushbu vaziyatda motivlar kurashi ro‘y beradi va ulardan birining 
g‘alabasi bilan yakunlanadi. 3 yoshli bola xulq
-atvori qarama-qarshi 
turtkilarning to‘qnashuvi sababli yuzaga keluvchi ichki nizolar bilan 
Xarakter
lanadi. Biroq bola ko‘pincha ongsiz, tanlovsiz, kuchliroq turtki ta’siri 
ostida harakat qiladi. Ular uchun tanlov vaziyati juda murakkab bo‘lib, 
bunday vaziyatga tushib qolgan bola biron-bir qaror qabul qilishga noqobil 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin