235
Bog'cha yoshidayoq ba'zi bolalar xulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim
bolalarda esa buzg'unchilikka, iste'molchilikka bo'lgan mayllar yorqin
namoyon bo'ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllarni tez payqab
olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlarni o'z vaqtida korreksiya qilish,
ijtimoiy jihatdan qadrlanadigan ehtiyoj va motivlarni shakllantirish, bar bir
bola uchun o'z-o'zini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini beradi.
Bola faoliyati atrof olamni va o'zini bilishi, kattalar va tengdoshlar
bilan bo'lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiya hamda hissiyotlarni
o'zidan o'tkazadi. U atrofda berayotgan hamda o'zi qilayotgan narsalaiga
muayyan munosabatda bo'ladi. Ana shu munosabat bolada ma'lum bir
emotsiya va hissiyotlarni tug'diradi. Emotsiya va hissiyotlar ham voqelikni
aks ettirishning o'ziga xos shakli. U bolaning atrof olamga bo'lgan
munosabati, biror-bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli
vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo'ladi.
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy
yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin: bola hayotiy vaziyatining
o'zgarishiga bog'liq ravishda emotsional holatlarning shakllanishi;
emotsiyalar asosida oliy hissiyotlarning shakllanishi; emotsiya va
hissiyotlarning shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib
borishi.
Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan
Dostları ilə paylaş: