Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
 
 


239 
14.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oliy hislarning rivojlanishi 
Oliy hissiyotlar 2-3 yoshdan boshlab shakllana boshlaydi. Oliy 
hissiyotlarga intellektual, estetik va axloqiy hissiyotlar kiradi. 
Bilish faoliyati jarayonida yuzaga chiqadigan hissiyotlar intellektual 
hissiyotlar deyiladi. Bo’larga qiziquvchanlik, hayron bo'lish, yangilikdan 
zavqlanish, xushchaqchaqlik hissi kiradi. Xushchaqchaqlik hissi 
maktabgacha yoshdagi bolalarda voqelikni bilish jaryonida namoyon 
bo'ladi. Atrof olam haqida to'g'ri tasawurlarga ega bo'lgan bolalar 
predmetlarga ular uchun xos bo'lmagan belgilarni ato etishni yaxshi 
ko'rishadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy hayot talablari, ya'ni axloqiy 
me'yorlarni bajarish yoki bajarmaslikka bog'liq ravishda muayyan 
kechinmalar yuzaga keladi. Burch hissining ilk bor namoyon bo'lishi 4-5 
yoshlarga to'g'ri keladi. Chunki bu davrda mavjud bilimlar, ko'nikma va 
malakalar asosida bolada axloqiy ong shakllana boshlaydi. Chunki bu 
davrda bolalar kattalarning talablarini tushuna boshlaydi va ularni o'z 
xatti-harakati hamda boshqalarning xulq-atvoriga tatbiq eta boshlaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda faxr va uyat kabi etik kechinmala; 
ham paydo bo'ladi. Faxr hissining paydo bo'lishi uchun bola ongida konkret 
fazilatlar bilan atrofdagilarning ularga beradigan ijobiy bahosi; o'rtasida 
mavjud aloqadorlik haqida shakllangan tasavvurlar ichki asos bo'lib xizmat 
qiladi. Jumladan, 4-5 yoshli bolalar faoliyatning har xil turlarida 
erishadigan miqdoriy ko'rsatkichlar bilan birgalikda chiroyli raqsga tusha 
olish; tez chopa olish; axloqiy xususiyatlar (chidam, diqqat); bilan ota-
onalari faxrlanadilar. 
Maktabgacha yosh davrining oxiriga kelib oliy hissiyotlar tobora 
ko'proq bola hulq - atvorining motivlariga aylanib boradi. Hissiyotlai 
vositasida bolalar jamiyatda o'rnatilgan estetik, axloqiy talablarga muvofiq 
ravishda o'z xohish istaklari, xatti-harakatlarini boshqara boshlaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsiya va hissiyotlarning rivojlanishi bir 
qator shartlar bilan bog'liq. M.I.Lismaning tadqiqotlari ko'rsatishicha, 
emotsiya va hissiyotlar bolaning kattalai va tengdoshlari bilan bo'lgan 
muloqoti jarayonida shakllanadi. 
Hayotining dastlabki yillaridan boshlab oiladan tashqarida 
tarbiyalangan bolalardagi sust emotsional rivojlanish butun hayotlan 
davomida saqlanib qolishi mumkin. Buning sababi shuki, maktabgacha 
tarbiya muassasalarida bitta kishiga ko'p bola to'g'ri keladi. Natijada 
tarbiyachilarning har bir bola bilan emotsional kontakti kam bo'ladi.
M.M.Koltsovaning ma'lumotlariga ko'ra, oiladagi nosog'lom muhit darhol 
bolaning chizadigan rasmlarida aks etadi. 


240 
Oiladagi noto'g'ri munosabatlar ba'zida bir tomonlama affektiv 
bog'liqlikni (ko'pincha onaga bo'lgan bog'liqlikni) yuzaga keltiradi. Bunda 
bolaning tengdoshlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji susayadi, bolaning 
xulq-atvori haddan tashqari kattalarga bog'liq bo'lib qoladi, bola, hatto, 
kuchli salbiy kechinmalar (masalan, o'zi bog'lanib qolgan odamga nisbatan 
rashk)ni his qilishi mumkin. M.M.Kolsova va V.S.Muxinaning tadqiqotlarida 
ko'rsatilishicha, bolada ota-onaga nisbatan rashkning namoyon bo'lishi 
oilada yangi farzand tug'ilishi bilan bog'liq bo'ladi.Emotsiyalar va 
hissiyotlar maktabgacha yosh davrida etakchi bo'lgan faoliyat turi o'yinda 
juda intensiv rivojlanadi. O'yin maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 
nafaqat etakchi, balki xilma-xil kechinmalarga boy faoliyat turidir . 
Emotsiyalar va hissiyotlar bola faoliyati kechadigan ijtimoiy-
psixologik vaziyat bilan bog'liq. Emotsiogen vaziyatlar, ya'ni kuchli 
kechinmalarni uyg'otuvchi vaziyatlar yangiligi, g'ayrioddiyligi bilan ajralib 
turadi. Bola kattalarga nisbatan ancha ko'p emotsiyalarni boshdan 
kechiradi. Buning sababi shundaki, bolaning hayoti tajribasi hali kam 
bo'lganligi uchun ko'p narsa unga g'aroyib va yangi bo'lib ko'rinadi. 
Vaziyatga ko'ra bolaning hissiyot va emotsiyalari ham ijobiy 
(muhabbat, xursandchilik), ham salbiy (jahl, nafrat) bo'lishi mumkin. Agar 
bola ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatiga ega bo'lsa ijobiy kechinmalar 
(stenik kechinmalar) hosil bo'ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatda bola 
o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo'lmasa, salbiy (astenik) 
emotsional kechinmalar paydo bo'ladi. 
Umuman olganda, bolalar hayotiy vaziyatlarga optimistik 
munosabatda bo'ladilar, ularga tetik, hayotdan mamnunlik kayfiyati xos. 
Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlarini, 
shuningdek, shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olish bolalarda 
maktabga psixologik tayyorgarlikni shakllantirish imkonini beradi. 
Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri 
emotsional tayyorgarlikdir. Bu tayyorgarlik nafaqat maktabda ta'lim 
boshlashni xursandchilik bilan kutib olish, balki shu bilan birga oliy 
hissiyotlarning ancha rivojlangan bo'lishi, bola shaxsining emotsional 
xususiyatlari shakllangan bo'lishini taqozo qiladi.
41

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin