Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

o'z 
qonunlariga
ega: 
1. Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar 
paydo bo'ladi. Bu kechinmalar tabiiy ehtiyojlarning qondirilishiga bog'liq 
ravishda vujudga keladi (qondirilsa - ijobiy, qondirilmasa - salbiy 
emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham 
mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalarni hayvonlardagi eng oddiy 
emotsiyalardan farqlash kerak. Chunki emotsiyalaming namoyon bo'lish 
shakli insonda sotsial Xarakterga ega. 
Ikki yoshdan boshlab bola uchun shodlik, xursandchilik, umuman 
ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi reaksiyalar eng informativ (ko'p axborot 
beradigan) bo'lib hisoblanadi. Tajribalardan birida 2-9 yoshdagi bolalarga 
fotosuratlardan turli mimik reaktsiyalarni (hayronlik, jahl, qo'rquv, 
xursandchilik va boshqalarni ifodalovchi reaktsiyalarni) aniqlab olib, 
so'ngra ko'rsatib berish taklif etilgan. Tajribadan shu narsa ma'lum bo'ldiki, 
bolalar birinchi bo'lib xursandchilikni ifodalovchi mimik reaktsiyalarni 
ko'rsatganlar. Demak, dastlab ijobiy emotsiyalarni ifodalovchi mimik 


236 
reaktsiyalarni aniqlash, boshqa reaktsiyalar orasida tanish va namoyon eta 
bilish qobiliyati shakllanadi. 
Shubhasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik 
va jismoniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Biroq V.A.Suxomlinskiy 
ta'kidlaganidek, agar bola shodlikni mehnatsiz, ruhiy kuchlarini ishga 
solmay qo'lga kiritaversa, ertami kechmi uning yuragi bir parcha "muz" ga 
aylanib qolishi mumkin. Unda sovuqqonlik paydo bo'lishi mumkin. 
2.Emotsiyalaming 
rivojlanishi 
ularning 
differentsiyasi, 
kechinmalarning boyib borishi orqari ro'y beradi. Ijobiy emotsional yoki 
salbiy emotsional bo'yoqlarka ega bo'lgan kechinmalarga misol qilib, 
oziqaga bo'lgan ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli bola o'z 
boshidan o'tkazadigan kechinmalarni keltirish mumkin. Maktabgacha 
yoshdagi bolada salbiy kechinmalar qo'rquv, jahl, jirkanish, ijobiy 
kechinmalar shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-
onasiga qalban, yaqinlashishi ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin. 
3.Bolalar 
hissiyotlarining 
rivojlanishi 
muayyan 
ob'ektga 
yo'naltirilgan emotsiyalaming umumlashishi sifatida ro'y beradi. 
Emotsiya va hissiyotlarning shakllangan tizimida emotsiyalar 
boshdan o'tkazilayotgan hissiyotning namoyon bo'lishi sifatida 
gavdalanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsiya va hissiyotlar tizimi endi-
endi shakllanayotgan bo'ladi. Shuning uchun ularning emotsiyalari ular 
kechirayotgan hissiyotlarning namoyon bo'lishi emas, balki ko'proq oliy 
hissiyotlarning shakllanishi uchun umumlashtirilishi kerak bo'lgan 
materialdir. 
4
.
Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining rivojlanishi 
davomida emotsional kechinmalarni uyg'otuvchi ob'ektdan sub'ekt 
munosabat ajralib boradi. Bola qanchalik kichik bo'lsa, uning uchun ob'ekt 
tavsifl bilan sub'ektiv kechinmalari tavsifi shunchalik bir-biriga yaqin 
bo'ladi. 3 yoshli betob bola uchun unga ukol qilgan hamshira "yomon xol" 
dir. Bunda bola o'z emotsional holatining salbiy tavsifl (Xarakteristikasi)ni 
bu holatning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan odamga ko'chirib o'tkazadi. 
5.Maktabgacha yoshda emotsiya va hissiyotlarning dinamik va 
mazmuniy tomonlari rivoj topadi. Mazmun tomonining rivojlanishi atrof 
olam haqidagi bola bilimlarining kengayishi va chuqurlashishi, bola 
barqaror (doimo bir xil) munosabatda bo'ladigan predmet va hodisalarning 
ko'payib borishi bilan taqqoslanadi. (shular tufayli emotsiya va hissiyotlar 
mazmun jihatdan rivojlanadi). Dinamik tomonining rivojlanishi bolada o'z 
emotsiyalarini nazorat qilish va boshqara olish ko'nikmalarining 
shakllanishi bilan taqozolanadi. Emotsiya va hissiyotlarning mazmuniy 
aspekti (tomon) emotsional kechinmalarning ob'ektlari, sabablari bilan 


237 
bog'liq. Dinamik aspekt esa emotsional kechinmalarning chuqurligi, 
davomiyligi va vujudga kelish chastotasi bilan Xarakterlanadi. 
Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishi boshqa psixik jarayonlar, ayniqsa, 
nutqning rivojlanishi bilan bog'liq. Nutq yordamida bola o'z hisiyotlari va 
emotsiyalarini anglaydi va boshqaradi. Nutq orqali bolalar nafaqat biror 
narsaga ehtiyoj sezayotganlarini bildiradilar, balki ma'lum bir tarzda o'z 
kechinmalarini ifodalaydilar. 
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan 
bog'liq. Bolaning vaziyatni tushunish, vaziyat va undagi o'zgarishlarni 
boshdan kechirish muayyan emotsional holatni hosil qiladi . 
Bola uchun odatiy bo'lgan vaziyatlarning buzilishiga bola hayot tarzi, 
kun tartibining o'zgarishi sabab bo'lishi mumkin. Bu esa ba'zida stress 
holatini yuzaga keltiradi. A.I.Mishkis va L.G.Golubevaning ma'lumotlariga 
ko'ra, bolalar yangi sharoitlarga moslashishi uchun 2 oy talab qilinadi. 
Odatiy vaziyatning buzilishi affektiv reaksiyalar shuningdek, 
qo'rquvni keltirib chiqarishi mumkin. Affekt (qisqa muddatli, jo'shqin 
kechadigan salbiy emotsional reaksiya) bosh miya po'stlog'i boshqaruv 
funksiyasning sustligi natijasi bo'lishi ham mumkin. 
Bolalardagi o'zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola 
ijobiy emotsiyalarning jo'shqin ifodalanishini tormozlay olmasligi tufayli 
qarama- qarshi (salbiy) emotsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Masalan, 
jo'shqin xursandchilik ko'pincha yig'i va ko'z yoshi bilan tugaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining vaqt stkrukturasida 
emotsiyalarning tutgan o'rni asta-sekin o'zgarib boradi: dastlabki 
bosqichlarda kechinmalar erishilgan natijaning emotsional bahosi sifatida 
yuzaga kelsa, keyingi bosqichlarda harakatlarni bajarguncha oldindan 
emotsional sezish shaklida vujudga keladi. 
L.Z. Neverovich o'tkazgan tajribada 4-6 yoshli bolalar ma'lum ketma-
ketlikda 19 ta aylanachani terib chiqib piramidalar yasashi kerak edi. 
Bolalar vazifani nafaqat ishning ahamiyati ularga tushuntirilganda 
(piramida o'yin o'ynash uchun kerakligi tushuntirilganda), shu bilan birga 
vaziyatni oldindan emotsional sezish hosil qilinganda yaxshi bajarishgan. 
Vaziyatni oldindan emotsional sezishni hosil qilish uchun eksperimentator 
bolalarga rasmlar ko'rsatadi. Birinchi rasmda yoyilib yotgan aylanachalar 
oldida yig'lab o'tirgan bolalar tasvirlangan, ikkinchisida esa yasab bo'lingan 
piramidalarni xursandchilik bilan o'ynayotgan bolalar aks ettirilgan.
Bolalar bilan rasmlarni muhokama qilish ularda berilgan vazifani 
bajarish yoki bajarmaslik oqibatlari haqida emotsional bo'yoqdor 
tasavvurlarni vujudga keltiradi. Bu esa bolalarni berilgan vazifani 
oxirigacha bajarishga undaydi. A.V.Zaporojes yozganidek, bola rivojlanib 
borar ekan, affektiv va bilish jarayonlari o'zaro aloqaga kirishadi hamda 


238 
odamlarga xos hissiyotlarning bir butun funktsional tizimini hosil qiladi. Bu 
tizim sube'ktga o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini nafaqat oldindan 
ko'ra bilish, balki ayni vaqtda his eta olish va shu tariqa faoliyatning 
murakkab shakllarini adekvat emotsional boshqarish imkonini beradi. 
P.M. Yakobson ko'rsatib o'tganidek, maktabgacha yosh davrida 
hissiyotning bola harakatlarini motivi sifatidagi roli o'zgarib boradi. 3 
yoshgacha bolaning harakatlari nima yoqimsiz-u, nima yoqimli ekanini 
anglashga asoslanadi.
3-4 yoshda boladagi jahl, qo'rquv, qayg'urish darhol uni harakatga 
undaydi. U boshqa bola bilan urishadi, o'yinchoqni tortib oladi yoki 
kimgadir rahmi kelayotganini ko'rsatadi. 4-5 yoshli bola o'z Harakatlarida 
hissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o'zini tuta olishi yoki oliy 
hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin. Emotsiya va hissiyotlar 
boshqaruv funktsiyasini bajarib, bolaning xulq-atvorini qayta qurishga 
yordam beradi.
Emotsional kechinmalar, xatti-harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi, 
yo'naltiradi yoki tormozlaydi. Bolaning xulq-atvorini o'zgartirishga 
qaratilgan kattalarning ta'sirlari va talablari bola tomonidan emotsinal 
qabul qilinsa, bola harakatlarining undovchisi bo'lib xizmat qiladi va 
emotsional javobni uyg'otadi. Bolada oliy (ahloqiy hissiyotlar, bilish 
xissiyotlari) shakllanishi uchun unda yaxshilik va yomonlik go'zallik va 
xunuklik haqida tushuncha hamda bilish ehtiyoji shakllangan bo'lishi 
lozim. Hissiyotlar asta-sekin shakllanib boradi. Dastlab bolalar 
hodisalarning to'g'ridan-to'g'ri ma'nosini, keyinchalik ularning umumiy 
ma'nosini tushunadilar. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy hissiyotlarning qo'shilib 
ketganligi xos. Bolalar estetik kechinmalarni chaqiruvchi ob'ekt va 
hodisalarni ham, estetik kechinmalarni uyg'otuvchi ob'ekt va vositalarni 
ham, intellektual kechinmalarni yuzaga keltiruvchi ob'ekt va hodisalarni 
ham "yaxshi" degan umumiy baho bilan baholaydilar. Boshqacha aytganda, 
bu davrda bola uchun yaxshi narsa - bu chiroyli, bu mehribon, bu qiziqarli 
narsadir. Aynan bir ob'ekt o'zida estetik, axloqiy hissiyotlarni jamlagan 
kechinmalarni uyg'otadi. 
Keyinchalik maxsus axloqiy va estetik mezonlar asosida analiz qilish 
va baholash ko'nikmasi shakllangach, sinkretik (qo'shilib, birlashib ketgan) 
hissiyotlar estetik, axloqiy intellektual hissiyotlarga differentsiallashadi 
(ajraladi). 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin