Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
13.2. 
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarning tengdoshlari 
 
bilan munosabatlari 
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarning tengdoshlari bilan 
munosabatlari. 
Tengdoshlar suhbatiga bo‘lgan ehtiyoj kichik va o‘rta bog‘cha 
yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ilk bolalik 
davrida paydo bo‘lgan boshqa bola
larga mayl, maktabgacha yoshdagi davrga 
kelib tengdoshlar bilan suhbat ehtiyojiga aylanadi. Bolalarni birga o‘yin 
o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatida suhbatga bo‘lgan 
ehtiyoj oshadi. 
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim sharoitida bolalar jamoa
si, bola boshqa 
bolalar bilan birgalikda va ular bilan har xil alo
qalar o‘rnatganda paydo 
bo‘ladi. Bu
еrda bola jamoa ichidagi ilk axloq ko‘nikmalarini, atrofdagilar 
bilan muomala qilish malakalarini orttiradi. Bolaning tengdoshlari bilan 
suhbatida shu p
aytgacha o‘zlashtirgan axloq qoidalarini amalda qo‘llash va 
bu qoidalarni turli xil konkret vaziyatlarga moslashtirish zaruriyati bilan 
to‘qnashishida, bolada shaxsning rivojlanishiga tengdoshlar guruhining 
ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bolalarning birgalikda
gi faoliyati harakatlarni 
muvofiqlashuvga olib kelish, tengdoshlarga xayrixoh munosabat ko‘rsatish, 
umumiy maqsadlarga erishish uchun shaxsiy xohish-istaklardan voz kechish 
kerak bo‘lgan vaziyatlar uzluksiz vujudga keladi. Bunday vaziyatlarda 
bolalar har doim ham kerakli xulq, muomala usulini topa olmaydilar. 
Tengdoshlarining huquqini hisobga olmay, o‘z huquqlarini himoya qiladilar, 
ular orasida ko‘pincha janjal yuzaga keladi. Janjalga aralashib, uni bartaraf 
qila borib, tarbiyachi bolalarga axloq qoidalarini ongli ravishda bajarishni 
o‘rgatadi.
Suhbat va guruhdagi umumiy faoliyat bolalarda to‘g‘ri harakat qilishga 
o‘rgatish vazifasini bajaradi. Bunday mashq bolalarga axloq qoidalarini faqat 
bilishi uchun emas, balki ularni amalda qo‘llash uchun ham zarurdir
. Bolalar 
axloq qoidalarini o‘zlashtirishida guruhda umumiy fikr shakllanishi katta 
ahamiyatga ega. Bu ularda shaxsning rivojlanishi uchun bolalar jamoasi 
ta’siri bo‘lib xizmat qiladi.
Uch yoshli bolalar guruhida u yoki bu predmetlar, hodisalar, harakatlar 
haqida hali umumiy fikr bo‘lmaydi. Bir bola
ning fikri odatda boshqa 
bolaning fikriga ta’sir qilmaydi. Lekin to‘rt
-besh yoshdan boshlab bolalar 
tengdoshlari fikrini e’tiborga ola boshlaydilar va garchi u o‘z taassurot va 
bilimlariga to‘g‘ri kelmasada ko‘pchilik fikriga qo‘shiladi. Bunday 
ko‘pchilikning fikriga bo‘ysunish konformlik deb nomlanadi. Tajribada 
konformlikni aniqlashingiz mumkin. Masalan, bir nechta bolaga ataylab, stol 


227 
ustida turgan qora va oq piramidachalarni ikkalasi oq deyishga o‘r
gatasiz. 
Kelishuvda qatnashmagan bola, ikki-uch tengdoshining fikrini eshitgach, 
«Piramidachalar qayli rangda?» degan savolga «Ikkalasi ham oq» deb javob 
beradi. 
Olti yoshda konformlik bolalarda ancha susayadi. Konformlik 
maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z
fikrini muvofiqlashtira olishga 
erishishda o‘tish davri hisoblanadi. Lekin ba’zi bolalarda u mustahkam 
o‘rnashib olib va shaxsning salbiy fazilatlariga aylanishi mumkin.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin