Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.5.3. Sabab 

 
oqibat bog’lanishlarining shakllanishi
 
Bolaning maktabgacha yoshdagi davrida uning erkin harakat qilish 
maydoni kengayadi. Bu esa tafakkurning rivojlanishi uchun juda katta 
ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘z tajribalarida ancha 
narsalarni bilib olganlaridan so‘ng narsalarning i
chki xususiyatlari bilan 
ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ularda juda ko‘p savollar (Bu 
nima? 
Nega bunaqa? Kim qilgan? Qayerdan kelgan? Nima qiladi? kabi) paydo 
bo‘ladi. Bu tafakkurning aktiv va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi.
Bolalarning s
avollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o‘z 
savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning savoliga ahamiyat 
bermasalar, undagi qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. 
Bolalarning savollariga javob berish qi
yin, chunki ular o‘zlari h
ali mutlaqo 
tushunmaydigan narsalar va hodisalar haqida ham savol beraveradilar. 
Tarbiyachi bolalarning son-sanoqsiz savollariga ularning yosh 
xususiyatlarini hisobga olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim. 
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsaga tushuna olmaslik, 
biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo‘ladi. Juda 
ko‘p ota
-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, 
ularni «Ko‘p mahmadona bo‘lma!», «Sen bunday gaplarni qayerdan 
o‘rganding?», deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta ana shunday 
pand 
еgandan so‘ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab 
narsalarni o‘z bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushunadigan bo‘lib 
qoladi. Masalan, 7 yoshli bola «Yomg‘ir qayerd
an 
yog‘adi?» degan savol 
berdi. Bu bolaga yomg‘irning yuzaga kelishi juda sodda va tushunarli qilib 
gapirib berildi (hatto sovuq oynaga issiq par bilan ta’sir qilganda suv 
zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko‘rsatildi). Bola biroz qarab 
turib, yo
‘q unaqa emas deb javob berdi. Bo‘lmasa, qani sen tushunti
rib ber, 
deb so‘raldi. Shunda bola: «Yomg‘ir osmonda yashaydi, uning uyi 
bulutlardan ham balandda. Bulutlar ochilib ketgan paytda yomg‘ir yiqilib 
ketadi...», 
- deb tushuntirdi. Bolaning ana shunday afsonaviy 
tushunchasidan voz kechib, to‘g‘ri, ilmiy tushunchani yuzaga keltirguncha 
ancha vaqt ketadi. 
Bejizga buyuk olmon adibi Romen Rollan “Tafakkurni nobud etgan 
odam uch karra qotildir”
-deya takidlagan. 
39
39
Ziyouz.com kutubxonasi 


216 
Bolala
rning beradigan savollari juda qiziq bo‘lishiga 
bir necha 
sabablar bor: 
1. Bolalar tevarak-
atrofdagi narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa, 
shundayligicha, ya’ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar;
2. 
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik va 
sababiylikni chuqur 
analiz va sintez qila olmaydilar; 
3. Ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy tushunchalar 
tarkib topmagan va 
еtilmagan bo‘ladi;
4. 
Bolalarda ularning turmush tajribalari juda oz bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning beradigan savollaridan ular 
tafakkurining aniq obrazli Xarakter
ga ega ekanligi ham ko‘rinib turadi. 
Masalan, katta bog‘cha yoshidagi bolalar quyidagi savollarni berishlari 
mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, 
е
r kattami? Yulduzlar 
nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kunduzi ko‘rinmaydi? 
Daraxtlar nima 
еb o‘sadi? Qorbobo odammi? Hozir qorbobo qaerda? 
Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi? Elektr toki qayerdan keladi? Nega 
simd
a olov ko‘rinmaydi? Bolalarni tabiat 
va jamiyatdagi narsalarning 
sababiy bog‘liqligi hamda ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu 
narsalarning o‘zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani bilishga intiladilar. Katta 
guruh bolalarining gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida 
mulohaz
a yurgizishayotganining guvohi bo‘lamiz. «Te
mir 
og‘ir narsa 
bo‘lgani uchun suvda cho‘kadi, yog‘och
еngil, shuning uchun u oqadi», «Ichi 
bo‘sh banka
еngil, shuning uchun u cho‘kmaydi», «Urug‘ni
е
rga eksa, 
ko‘karib chiqadi» va shu kabilar.
Ayrim bolalar hadd
an tashqari ko‘p savol beradilar, boshqa bir bolalar 
esa deyarli hech savol bermaydilar. Bolalarning juda ko‘plab savollar 
berishlari ijobiy Xarakter
ga ega bo‘lib, bu ularning qiziquvchanligi, faolligi 
va mustaqilligidan darak beradi. Odatda, juda passiv va tortinchoq bolalar 
savol bermaydilar. Bunday bola
larga turli mashg‘ulotlar va ekskursiyalar 
vaqtida tarbiyachining o‘zi savol berishi, shu bilan ularni faollashtirib 
borishi lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar fikr yuritish jarayonida ayni shu 
chog‘da i
drok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan 
narsalariga ham tayana oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo‘lgan 
biron topshiriq yoki savol berilsa, u o‘z tasavvuriga asoslanib, qiynalmay, 
darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bi
r boladan «Yong‘oq suvda 
cho‘kadimi yoki oqadimi?» deb so‘ralganda, u «oqadi» deb javob bergan. 
Bolaning to‘g‘ri javob berganligiga sabab shundaki, u o‘z tajribasida 
yong‘oqni suvga tashlab ko‘rgan. Bu bolalarda induktiv va deduktiv xulosa 
chiqarishning en
g sodda shakllari yuzaga kela boshlaganini ko‘rsatadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkurining 
Xarakterli xususiyatlaridan 


217 
biri ular tafakkurining hamon obrazli bo‘lishidir. Ular o‘zlarining 
mulohazalarida mavhum tushunchalarga emas, balki aniq faktlarga 
asoslanadilar. Shuning uchun ular mavhum tusda berilgan oddiy vazifalarni 
hal qila olmaydilar. Biroq, katta guruh bolalarida, ayrim narsa va 
hodisalarning muhim belgilariga qarab, umumlashtirish qobiliyati yuzaga 
kela boshlaydi. Masalan, bola olma, o‘rik, nok, olcha, olxo‘ri, uzum, anor, behi 
va anjirlarning rasmlarini to‘plab, meva deb ataydi. Ular endi meva degan 
umumiy tushunchadan o‘z nutqlarida erkin foydalana oladigan bo‘ladilar. 
Bolalar xilma-
xil rasmli lotolar bilan o‘ynash jarayonida ana shunday 
umu
mlashtirishga o‘rgana boshlaydilar. Bunday o‘yinlarda ba’zan 
tarbiyachining aralashuvi va bolalarga umumlashtirish yuzasidan (masalan, 
hayvonlar, hasharotlar, gullar, qushlar, o‘yinchoqlar va hokazolar) berilgan 
topshiriqlarni bajarilishiga yordam beradi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin