Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 Bolalarda xayolni rivojlantirish omillari



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.4.3. Bolalarda xayolni rivojlantirish omillari 
Bog
’cha yoshidagi bolalarning xayoli mashg’ulotlarda o’sib boradi. 
Masalan, bolalar loy o’ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu 
jumladan plastilindan xam) turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi 
ko’radilar. Bu mashg’ulotlar, ayniqsa rasm chizish mashg’uloti bolalar 
xayolini o’stirishga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Kichik yoshdagi bog’cha 
bolalarida xali ijodiy xayolning yo’qligi ularni rasm chizganlarida yaqqol 
ko’rinadi. Masalan, kichik bog’cha yoshidagi bolalarning chizgan rasmlari 
xamma 
vaqt uy ro’zg’oz mavzularidan nariga o’tmaydi, chunki bu yoshdagi 
bolalar Har 
kuni ko’rib turgan narsalar xaqida xayol qila oladilar.
O’rta va xususan, katta gurux bolalarining chizgan rasmlarida 
chizishlarida ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani aniq 
ko’rinadi. Ular 
rasm chizishda tor uy ro’zg’or mavzulari bilan cheklanib qolmay, o’tmish va 
kelajakdagi narsalarga oid rasmlarni xam chizadilar. Bu yoshdagi bolalar 
o’z o’yinlarida xam chizgan chizmalarida katta odamlarning turli tuman 
faoliyatlarini mustaqil tasvirlashga intiladilar. Bunday paytda ular faqat 
xayoliy tasavvur etish yoki taqlid qilish bilan cheklanib qolmay ijodiy 
ravishda yangiliklar qo’shib boradilar. Masalan, ular syujetli o’yin 
o’ynaganlarida yangi yangi rollarni o’ylab yaiqaradilar. “poyezd” yoki 
“vokzal” o’yinida passajerlarni vokzalga olib keluvchi transport, ya’ni taksi 
shofyori rollarini xam qo’shadilar.
Katta bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarini rasmlarida xayoliy 
obrazlarini xam (xatto orzularini xam) aks ettiradilar. Shuning uchun ular 
ko’pincha erkin mavzuda o’zlarini qiziqtirgan va ayni choqdagi ehtiyojlari 
bilan bohliq bo’lgan narsalar xaqida rasm chizadilar. Ana shunday erkin 
mavzuda rasm chizish jarayonida bolalarning ijodiy xayol qilish 
qobiliyatlari o’sib boradi. 


210 
Bog’cha 
yoshidagi bolalar xayolining rivojlanishiga turli xil xikoya va 
ertaklar xam ta’sir ko’rsatadi. Xalq turli qiziqarli ibratli va ta’limiy ertaklar 
ijod etishi bog’cha yoshidagi bolalarni ham unutmagan. O’zbek xalqining 
og’zaki adabiyotida yosh bolalarga tus
hunarli, sodda til bilan yaratilgan 
ertaklar mavjud. Bulardan tashqari, rus va boshqa xalqlarning tillaridan 
o’zbek tiliga tarjima qilingan ertaklar xam ko’p. Bog’cha yoshidagi bolalar 
uchun yaratilgan ertaklarning ko’pi antropomorfizm 
Xarakteriga egadir. 
Buning ma’nosi shuki, ertaklarning qaxramonlari odamlarga o’xshab 
“gapiradigan” xayvonlardan iboratdir. Bolalar bunday ertaklarni juda 
yoqtiradilar va Har doim maroq bilan tinglaydilar. 
Bog’cha yoshidagi bolalar xayvonlar xaqidagi turli ertaklarni 
eshitgan
larida ularda shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum 
munosabat yuzaga keladi. Masalan, doim yovuzlik qiladigan bo’ri obrazini, 
xaddan tashqari ayyor tulki obrazlarini bolalar obrazlarini bolalar 
sevmaydilar, ularga qo’rqoq quyon, xo’roz, g’oz, echki b
eozor 
xayvonlarning obrazlari yoqadi. Turli ertaklar bolalarning xayollariga 
to’g’ridan to’g’ri ta’sir etadi. Ular o’z xayol kuchlarini ishga solib, 
eshitayotgan yoki eshitgan ertaklaridagi turli obrazlarni qiyofasiga 
kiradilar. Boshqacha qilib aytganda, e
shitgan ertaklari ular o’yinining 
mazmuniga xam ta’sir etadi.
Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy axamiyatini 
nazarda tutib pedagog-
tarbiyachilar bolalarga ertak aytib berish va o’qib 
berishga aloxida e’tibor bilan qarashlari lozim.
Shu
nday qilib, xayol bog’cha yoshidagi bolalarning taraqqiy 
etishlarida katta o’rin egallaydi. Shuning uchun ham bog’cha yoshidagi 
davrda bolaning xayoli 
еtarlicha o’sgan bo’lishi kerak, chunki maktabdagi 
o’qish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilis
h qobiliyatining, 
xususan tiklovchi xayolning yaxshi o’sgan bo’lishini talab qiladi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin