Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 BOLALARDA HAYOLNING RIVOJLANISHI



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
12.4. BOLALARDA HAYOLNING RIVOJLANISHI 
 
Mavzuning qisqacha mazmuni: 
1. Ilk yoshli bolalar xayolining xususiyatlari 
2. 
Bog’cha yoshli davrida bola xayolining rivojlanishi
 
3. Bolalarda xayolni rivojlantirish omillari 
 
12.4.1. Ilk yoshli bolalar xayolining xususiyatlari 
Yangi tug’ulgan chaqaloq bolalarda hali xayol bo’lmaydi. Xayolning 
rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasavvurlar zapasi xamda juda 
ko’p bilimlar kerak bo’ladi. Tajriba esa bolaning tashqi ola
mdagi narsa va 
xodisalarni o’zi kuzatish, voqyealik xamda turli sohalarga doir tasavvur 
xosil qilishi, katta odamlar bilan keng munosabatda bo’lishi natijasida ortib 
boradi. 
Xayol jarayonining dastlabki ko’rinishlari bolada ikki yoshga to’lib, 
uch 
yoshga qadam qo’yganida ko’rina boshlaydi. Ikki yoshli bolalarda 
ko’rinadigan dastlabki xayol ma’lum maqsadni ko’zlamaydigan ixtiyorsiz 
xayoldir. 
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o’sishiga ta’sir ko’satadi. 
Ana shu davrdan bola tevarak atrofdagi k
ishilarning so’zini yaxshi 
tushunadigan bo’lib o’zidagi tasavvur zapasini bevosita idrok qilingan 
narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odamlar nutqi orqali xam 
to’ldirib boradi. Bola o’ziga tushunarli tema va xikoyalarni qiziqib tinglaydi. 
O’zi asosiy qaxramon bo’lib qatnashadigan xikoyalarni jon dili bilan 
eshitadigan bo’ladi. Bunday xikoya bolaga juda tushunarli bo’ladi, chunki 
bola xikoyani eshitib turib, bevosita, o’zining idrokiga tayanadi. Bu
е
rda 
o’ylab chiqarilgan voqyea bolaning o’zi xaqiqa
tda ishtirok etgan 
voqyealariga ulanib ketadi. Bolaning xikoya va ertaklarni tinglayotganida 
bolalarning tajribasini orttiradigan va xayolini o’stirishga yordam 
beradigan xilma xil va aniq tasavvurlar xosil bo’lishini ko’rsatadi.
Bolalar xayolining o’sishi
da nutqning axamiyati yana shundaki, nutq 
bolaning yangi taassurotlar xosil qilishi va uni boyitish bilangina cheklanib 
qolmay, balki nutq miyada xosil bo’lgan yangi yangi obrazlarni so’zlar bilan 
ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha 
derazalardagi pardalar xilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan 
tovlanib turganini ko’rib, o’zini polga tashlaydi va “...qarang, oyi, go’yo 
dengizga o’xshaydi. Men cho’milayapman...” deydi. Bola xayolidagi 


208 
vaziyatni shu so’z bilan ifodalaydi, re
al narsalar bilan xayolidagi narsalarni 
bir biridan ajratadigan bo’ladi. 
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o’yinining roli juda 
kattadir. Ularning yoshi ulg’aygan sari ular o’yinining mazmuni xam 
o’zgarib boradi. Ikki yoshga to’lish oldidan
bolalar o’yinida muxim o’zgarish 
ro’y beradi. Manipulyasiya o’yinlari bilan bir qatorda tasviriy o’yin 
elementlari xam paydo bo’ladi. Bola turmushda ko’rgan ish 
Har
akatlarni o’z 
o’yinida aks ettiradi. Masalan, bola qo’g’irchog’ini “ovqatlantiradi”, yotqiz
ib 
“uxlatadi”, uni “erkalaydi”, “arg’imchoqda” uchiradi.
Bola katta bo’lgan sayin o’yinida katta kishilarning 
Harakatlariga 
taqlid qilish tobora ko’p o’rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o’yinlar 
murakkablashib, mazmuni xam turli tuman bo’lib boradi. Masa
lan, bola 
o’ziga g’amxo’rlik qilayotgan onasining 
Harakatlariga, duradgor, shafyor, 
sartaroshning Harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
Ilk 
yoshdagi 
bolalarning 
Harakatlarida 
tasviriy 
faoliyat 
elementlarining paydo bo’lishi xayolning o’sayotganligidan dalo
lat beradi. 
Masalan, bola bir nimalarni qog’ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib 
ko’radi. Ikki yoshga to’lganda bog’chagacha tarbiya yoshidagi bolaning 
tasviriy faoliyatida yangi, muhim element paydo bo’ladi. U endi o’zi 
chizayotgan rasmga nom beradi
gan bo’ladi. Tasviriy faoliyatning yuzaga 
kelishi ilk yoshdagi bolaning tasavvur xayolini o’stirishga yordam beradi. 
Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nixolarigina paydo bo’la boshlaydi, 
bu nixollarni diqqat e’tibor bilan doimo parvarish qilib turish tarb
iyachi va 
ota onalarning vazifasidir. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin