221
XIII-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLA SHAXSINING
RIVOJLANISHI
Bobning qisqacha mazmuni:
1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy
muhitning o‘rni
2.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi
bolalarning tengdoshlari bilan
munosabatlari
3.
Bolalar o‘z tengdoshlariga berayotgan baholari
13.1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy
muhitning o‘rni
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy
muhitning o‘rni.
Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha
bo‘lgan davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik
rivoj
lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mob
aynida bola
shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bolaning shaxs sifatida
shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda maktabgacha yoshdagi davrini
uch bosqichga ajratish mumkin:
Uchinchi bosqich
6-
7 yoshni qamrab olib bolada ishbilarmonlik, o‘z
-
o‘zini anglash, shaxs
xususiyatlarining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi bosqich
4-
5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan axloqiy jihatdan o‘zinio‘zi
boshqarishi kuchayadi
Birinchi bosqich
3-4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu bosqich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini
boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liq.
222
Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi bosqichlar
kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3
-
bosqich esa katta bog‘cha yoshiga to‘g‘ri
keladi.
Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart
-sharoitlar. Bola
rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va xulq-
atvor ko‘rinishlarini
o‘zlashtiradi. Shu tariqa u shaxsga, jamiyatning kichik bir a’zosiga aylanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola butunlay shakllanib ulgurmagan va
keyinchalik kamol topishga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga
qaramay bolada nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadiki, u bolani ilk
bora shaxs deb atashga asos bo‘la oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari avvalgi yosh
bosqichidan jiddiy farq qiladi.
Kattalar tomonidan bolaning xulqiga bo‘lgan
talablar sezilarli darajada oshadi.
Jamiyatda barcha uchun majburiy bo‘lgan
axloq qoidalariga, ijtimoiy odob normalariga amal qilish asosiy talabga
aylanadi. Atrof-
muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari
tashkil qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabatlar shakl
ini ilk
bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosa
batlar shaklini ilk bora
kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy faoliyati turlarida o‘zlashtirib
boradi. Bola tengdoshlari bilan birga o‘ynaydi, o‘z harakatlarini
tengdoshlarining harakatlari bilan mu
vofiqlashtirishni, o‘rtoqlarining
qiziqishlari va fikrlari bilan hisoblashishni faoliyat jarayonida o‘rganadi.
Maktabgacha bo‘lgan bolalik davri davo
mi
da bola harakatlarida o‘zgarishlar
va qiyinchiliklar ro‘y beradi. Ular bolaning idroki, fikrlashini, xoti
rasinigina
emas, o‘zining xulqini yo‘lga qo‘yishini ham ta
lab qiladi. Shaxslararo
munosabatlardagi axloq-
odob namunalarini o‘zlashtirish kattalar ta’siri
ostida boshqariladi. Bu katta
larning bola shaxsini shakllanishiga ko‘rsatgan
asosiy ta’siridir.
Bola
shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri
bolani atrof-muhitni asta-
sekin anglab borishini va unda o‘z o‘rnini his
qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqida o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular
ta’siri ostida bola u yoki bu har
akatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-
tuyg‘u va irodani rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan
o‘zgarishlar ta’sirini, xulq
-atvorni mustahkamligini, uning tashqi
sharoitlarga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob
namuna
si sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro
munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning xulqi unga
bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi
lishga, odatlarini
o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsalarga bo‘lgan fikrlarini
o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari bilan ish cheklanib qolmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola kattalar hayoti bilan har xil yo‘llar orqali
tanishadi: ularning mehnatini kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi.
223
Boshqalar
ning mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola
uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga bolalar guruhida ijobiy
baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining harakatlari ham u uchun
namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, ertaklarda aks et
tirilgan personajlarning
harakatlari ham namunalikda katta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u
yoki bu odob fazilatlariga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga
kirmaydigan, shunday bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona olgan odamlar
fikri uning namunali
xulqni o‘zlashtirishida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib qolganligi sababli, ularning kattalarga,
bolalarga, hikoya va ertak qahramonlariga bergan bahosi u uchun
boshqalarnikidan ishonarli tuyiladi.
Kichik va o‘rta guruhda
gi bolalar axloq namunalariga katta qiziqish
bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib, ular kim yaxshi va kim
yomon ekanligini aniqlashga tushadilar. Bu ma’noda noaniqlikka chiday
olmaydilar va hattoki o‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetla
rni ham
baholamoqchi bo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi
tomonidan qutqarib qolingan bola haqidagi ertakni tinglab bo‘lgach besh
yoshli bola: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, u
bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir
qator ertaklarni eshitib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo
yomonmi?»
-
degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarning o‘zi
ham, atrofdagilar ulardan kutayotgan xulq haqidagi tasavvurdan kelib
chiqqan holda, sekin-
asta o‘z harakatlarini baholay boshlaydilar.
Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar madaniy
-
gigiyenik ko‘nikma
qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bi
lan muomala qilish
qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar talablariga
bo‘ysunish bilan birga,
qoidalarga ham ega bo‘lishga harakat qiladilar. Tengdoshlari axloq
qoidalarini buzganligi haqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan
murojaat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqimchilik
emas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya qilish hamma uchun
majburiy ekanligini bildiradi. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar
bilan o‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish birinchi darajali
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do‘stining fikrini, uning
huquqlarini va xohishini hisobga olish
majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini murakkablashtiradi. O‘zaro
munosabat qoidalarini o‘zlashtirish bolalar uchun oson kechmaydi, aniq bir
holat xususiyatini tushunmay, bolalar bu qoidalarni dastlab rasman qabul
qiladilar. Ular tomonidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi,
buzilishi va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.
Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek
emotsional
munosabat
tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabki ko‘nikishdan so‘ng, bolada
224
yangi ijtimoiy muhit shakllanadi, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va
tan olinishga inti
lish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat
qozonishga intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik
munosabatlarida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqa
li
insoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mukammallik
tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. Shaxsning axloqiy
shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bilan muloqot
paytida o‘zlashtirilgan axloqiy
-
xulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa
paytida yutuq va yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlar
tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong darajasi o‘z
garadi
va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini bajarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal qilishga
ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha mehr» qo‘yadilar,
qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday olmaydilar. Maktab yoshiga
yaqinlashganda esa odatdagi qoidaga rioya qilish ongli ravishda bajarishga
aylanadi. Bu davrda bolalar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar,
balki boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik v
a o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va uyatchanlik
rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda katta
ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan bahosi va
maqtovlari bilan muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi. Bu yoshda
gi bola faqat
kattalar tomo
nidan qo‘llab
-
quvvatlanish uchun emas, balki o‘z ijobiy
fazilatlari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik)
uchun
ham, g‘urur hissini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy baholanadigan namuna
bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la
olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning ishlariga
to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Mak
tabgacha yoshdagi bolada
uyatchanlik boshqalar k
utgandan yomonroq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy
baholanadigan namunadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib
еtgan holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik,
qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyala
di.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kattalarga bog‘liqligi
saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola faoliyatining ham faollashishiga
sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilolsa, uning
yutuqlariga sheri
k va yo‘qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bola har doim o‘zini
ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz damda ham harakatga va
qarshiliklarni
еngib o‘tishga tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar
o‘rnatganda, ularga ishonadi, boshqa bolalar va kat
talar bilan oson aloqa ga
kirishadi.
225
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomalasi uning
ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bola o‘zi bilan o‘zi ovora
bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmaydi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi,
yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib
qoladi. Aksariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar
boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladilar. Bolalarni
boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshir
adi, lekin bunga qaramay ishni
samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan
salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo
begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intiladi,
yo
o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat
qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan tashnalik va
biron odamga mehr berish istagi birinchi darajali, juda ham zarur ehtiyoj
hisoblanadi. Bolaning ona
ga bo‘lgan mehri bu yo‘sinda alohida o‘rin
egallaydi. Uning barcha ehtiyojlari ona orqali amalga oshadi, chunki u
bolaning quvonch, himoya hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola
onaning bevo
sita mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘
l bilan
uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa onasiga yoki
uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan,
maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar odamlarga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga
yaqin odamlarga nisbatan
ehtiyoj seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro
yaxshi aloqa o‘rnatish va uni saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilab
beradigan
е
takchi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bi
lan o‘zaro aloqasi
ko‘p hollarda kattalar tomonidan unga nis
batan qilinadigan muomalaga
bog‘liq bo‘ladi.
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida bola o‘sha
katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoli
yatida muvaffaqiyatli
bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob
-axloq qoidalariga amal qilishga
harakat qiladi. Dilkashlik va xayrixohlik bolada ijobiy xislatlarni vujudga
kelishiga sharoit yaratadi.
Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgina
bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi bilan o‘zi ovora
bo‘lishiga olib kela
di. Kattalarni begonalashishi quyidagi salbiy xislatlarni
rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin: odamovilik, tajovuskorlik,
yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik, laganbardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir
ko‘rsatishning emotsional munosabatlarini katta odam eht
iyotkorona
tanlashi ke
rak. Bolaga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi kerak
emas (katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksincha o‘ziga xos
muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar muomala muhitini tashkil
qiladi, begonalashish esa bolaning jiddiy xatosiga tanbeh shaklida
226
qo‘llanilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |