1-rasm. Skolioz kasaliga uchragan bolaning qiyshayib qolgan umurtqa
suyagi.
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak tekis,
boshiga qo‘yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo‘lmasligi kerak. Bola
yu
rishga o‘rganayotganida goh o‘ng, goh chap qo‘lidan ushlab unga yordam
berish lozim. Ana shu kabilarga rioya qilgandagina bolani skolioz kasalligidan
saqlab qolish mumkin.
Yangi tug‘ilgan bolaning bosh suyagi hali yaxshi qotmagan bo‘lib, uning
oldingi qism
ida peshana liqildog‘i va orqa qismida esa ensa liqildog‘i bo‘ladi.
Bola bir yoshga to‘lguncha uning kalla suyagi qotib, bu bo‘shliqlar
(liqildoqlar) tutashib ketadi. Liqildoqlarning biri 2
—
3 oy mobaynida,
ikkinchisi bola 12
—14 oylik bo‘lgandagina tutash
ib, bitib ketadi. Chaqaloq
bolalar kalla suyagining hali yaxshi qotmaganligi va ayrim joylarining
tutashmaganligini nazarda tutib, ularni doimo ehtiyot qilish lozim. Bola
yoshiga to‘lib, yurib ketgach u jismoniy jihatdan ancha mustahkamlanib
boradi.
15
4.2. Chaqaloqlik davrida bola nerv sistemasining rivojlanishi
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosini tashkil
etuvchi nerv sistemasining rivojlanishi bolaning bir yoshgacha bo‘lgan
davrida juda jadal sur’at bilan boradi
.
Bola anchagina takomillashgan nerv
sistemasi bilan tug‘iladi. Biroq chaqaloq bolalarning nerv sistemasi o‘zining
tuzilishi va vazi fasi (funksiyasi) jihatidan katta odamlar nerv sistemasidan
keskin farq qiladi.
Go‘dak bolalar nerv sistemasining ha
mma qismlari barobar
rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qism
lari, ya’ni orqa
miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki nerv sistemasining bu qismlari
15
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti,
2017 yil.- 248-254 betlar.
71
tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan shartsiz reflekslarning markazlari hisoblanadi.
Eng keyin nerv siste
masining yuksak qismlari, ya’ni oliy nerv faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan katta miya yarimsharlari va uning po‘stloq qismi
takomillashadi.
Chaqaloqning anatomik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning
suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar
е
tishmasligining guvohi
bo’lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko’chroqtog’ay to’qimalari
bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi.
Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan
qalin parda va ter
i bilan qoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir
yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy
suyak bo’lmaydi. Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada
rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi
bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi.
Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning
og’irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan
bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq
ko’rinsa
-
da, uhali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning
organizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi
.
16
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarning katta miya yarimsharlari o‘zining
tuzilishi va tashqi ko‘rinishi j
ihatidan katta odamlar miyasidan deyarli farq
qilmasada, vazni jihatidan keskin farq qiladi. Masalan, yuqorida ko‘rsatib
o‘tganimizdek, katta odamlar miyasining o‘rtacha vazni 1400 g bo‘lsa, yan
gi
tug‘ilgan chaqaloq miyasining vazni 350
-
400 g bo‘ladi. Bun
dan tashqari,
chaqaloq bolalar bosh miya yarimsharlari po‘stining burmalari katta
odamlarnikiga qaraganda juda kam bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalar
bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarining soni katta
odamlarnikidan kam bo‘lmaydi, ya’ni 14
-
15 mlrd bo‘ladi. Bosh miya katta
yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralari (neyronlar) odamga tug‘ilishdanoq
ma’lum miqdorda berilgan bo‘ladi. Keyinchalik odamning individual hayoti
davomida bunday nerv hujayralari birorta ham qo‘shilmaydi. F
arq faqat
shundaki, chaqaloq bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stidagi nerv
hujayralari hali tuzilishi jihatidan juda sodda, hajm jihatidan kichik,
o‘simtalari (dendrit va neyrit) yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bolalar nerv
sistemasining rivojlani
shi davomida har bir hujayradan ko‘proq miqdorda
dendritlar o‘sib chiqadi. Shu tariqa bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari
po‘stining sathi orta boradi.
16
G’oziyev E. Ontogenez psixolo
giyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-79 b.
|