Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
3.4.3. Yosh davrlari 
Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim 
zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino ham 
bolalikni quyidagi davrlarga ajratgan: 
1.
Podsholik davri - 5 yoshgacha. 
2.
Qullik davri - (6-12 yoshgacha). 
3.
O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyo
ti davrini 
nazarda tutgan. 
Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini kattalar 
tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bi
lan kattalarni 
o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6
-12 yoshga
cha bo‘lgan davrda bolani 
xulq-
atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida
-
qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy 
14
Jalilova S.X, Aripova S.M. Maktabgacha yoshda
gi bolalar psixologiyasi .Toshkent. “Faylasuflar” nashiriyoti, 
2017 yil.- 247 betlar. 


61 
munosabatni shakllantirish, bilim 
olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda 
qiyinchiliklarga bardosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga 
muhabbat ruh
ida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni 
hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda samimiy bo‘lish 
lozimligi nazarda tutiladi.
Shveysariyalik psixolog J. Piaje bolaning aql-
idrokiga xos bo‘lgan 
xususiyatlariga qarab: 
-
sensomotor intellekti (0-2 yoshgacha); 
-
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2-7 yoshgacha) 
-
aniq operatsiyalar davri (7-12yoshgacha); 
-
rasmiy operatsiyalar davri deb ajratadi. 
Fransuz olimi,psixolog A.Valon bolaning jismoniy rivojlanishiga 
qarab homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri - 0-6 oygacha, 
his-
tuyg‘u davri 
- 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor davri - 1-3 yoshgacha; 
shaxsga aylanish davri - 3-5 yoshgacha; farqlash davri - 6-11 yoshgacha; 
jinsiy 
еtilish va o‘spirinlik davri (12
-18 yoshgacha) deb ajratgan. 
Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘z 
boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechiradi. Bir yoshli davr, uch yoshli 
davr va 
е
tti yoshli davr sharoiti bir-biridan keskin farq qiladi. 
L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni 
vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga tayanadi va bolalikni quyidagi 
bosqichlarga ajratadi: 
1.
Chaqaloqlik davri - 
2 oygacha bo‘lgan davr 
inqirozi. 
2.
Go‘daklik davri 

2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi 
inqiroz. 
3.
Ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz. 
4.
Maktabgacha davr - 3-7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz. 
5.
Maktab yoshi davri - 8-12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqiroz. 
6.
Pubertat (jinsiy 
е
tilish) davri - 14-18 yoshgacha, 17 yoshdagi 
inqiroz. 
L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini i
lmiy 
asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik 
yangilanishlar haqida 
ilmiy va amaliy mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha 
munozarali, bahsli o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S. Vigotskiyning yosh 
davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning 
rivojlanishni amalga oshil
uvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi 
kunning talablariga mosdir. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A. A. Lyublinskaya 
inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiyaga 
faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davrlarni atroflicha 


62 
ifodalaydi: 
1)
chaqaloqlik davri - 
tug‘ilgandan bir oylikkacha;
2)
kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 
3)
maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr - 1 yoshdan 3 yoshgacha; 
4)
maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha; 
5)
kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 
6)
o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) 
- 13 yoshdan 15 yoshgacha; 
7)
katta maktab yoshi davri - 15 yoshdan 18 yoshgacha. 
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolotini davrlarga 
ajratish 
muammolari o‘ziga xosligi bilan ajra
lib turadi. Biz ularni ham 
fiziologik, ham psixologik taraqqi
yoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va 
organizmdagi sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin