Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
V-BOB. 
GO‘DAKLIK DAVRI PSIXOLOGI
YASI VA PSIXODIAGNOSTIKASI 
 
Bobning qisqacha mazmuni 
1. Go’daklik davrining umumiy xususiyatlari
 
2.
 
Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari
 
3. 
Go’daklik davrida psixofiziologik o’zgarishlar
 
 
5.1. 
Go’daklik davrining umumiy xususiyatlari
Bolaning tasavvur doirasi qancha qisqa bo’lsa, uning o‘zi uchun tanish 
va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli 
bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka 
aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning 
xotirada mustahkam saqlanishiga yordam beradi. 
Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy 
jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat 
o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U 
atrof-olamdagi nars
alarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni 
qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni 
harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. 
Bola 3-4 oyligida predmetlarga 
qo‘l uzata boshla
ydi, kattalarning 
yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlarni qo‘li bilan 
ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli 
ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.
Tarbiyaning 
to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo‘ladigan 
muomala-
munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining 
almashinishiga olib keladi. 
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish 
harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok 
qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga 
е
tgan bolada atrof-muhitni 
bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.
L.I.Bojovichning 
ta’kidlashicha, 
go‘daklik 
davridagi 
yan
gi 
tuzilmalardan biri motivatsiyalashgan tasavvurlarning paydo bo'lishidir. 
Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan predmetlar 
obrazlarining 
xotirada 
saqlanib 
qolishidir. 
Motivatsiyalashgan 
ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bolani harakat subyektiga aylantiradi

Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning 
faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksimal 
xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mumkin emas» so‘zini 


81 
kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi fazo mumkin va mumkin 
emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mumkin bolganda cheklovlarni boshqa 
alternativ xulq-atvor bilan almashtirish lozim: uydagi predmetlarni 
yaxshilab qarab chiqib, bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan 
almashtirish zarur.
20
Go‘dak bolalar psixikasining rivojlanishi, birinchidan, analizatorlarning 
takomillashuvi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, mustaqil harakatlarining 
o‘sishi bilan bog‘liqdir. Analizatorlarning tez takomillashuvi natijasida bola 
uch oylik bo‘lganidan so‘ng 
unda dastlabki shartli reflekslar yuzaga kela 
boshlaydi. Demak, ana shu davrdan boshlab bola psixikasi tez rivojlanish 
yo‘liga kiradi. Dastavval bolada harakat analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan, 
undan so‘ng eshitish va ko‘rish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan shartli 
reflekslar yuzaga keladi. Ana shu tarzda barcha analizatorlarga nisbatan har 
xil murakkablikda shartli reflekslar tobora ko‘plab yuzaga kela boshlaydi. 
Shartli reflekslarning yuzaga kelishi bola psixikasining rivojlanishi uchun 
moddiy za
min bo‘ladi.
 
Keyinchalik, ya’ni ikki
-uch oylik bolalarda analizatorlar faoliyatining 
takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarni farqlash 
qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni, so‘ngra ayrim 
yorqin ranglarni, ta’mla
rni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola 
atrofidagi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nisbatan 
qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo‘ladi. Uch oylik bola oldiga kelgan 
odamga tikilib, emotsional munosabatda bo‘la boshlaydi. U o
damga uzoq 
vaqt tikilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go‘yo 
odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar 
bilan imkoni bo‘richa mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana 
shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir faollik, kattalarga 
talpinish reaksiyasi yuzaga keladi.
Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga 
keladigan emotsional reaksiyalarni 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin