o’yin faoliyati
uning hayotida muhim o’rin egallaydi va unda ko’rib va eshitib idrok qilish
uquvini o’stiradi, jismlarning rangi, shakli, katta
-kichikligini ajrata olish
qobiliyatini rivojlantiradi. O’yin faoliyati go’dakning borliqni bilishida va
uni aks ettirishida muh
im rol’ o’ynaydi.
96
5.2.2. Go’dakda muloqot ko’lamining kengayishi va nutqning
vujudga kelishi
Shaxslararo aloqa o’rnatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz
muloqotning maxsus shakli paydo bo’lishiga olib keladi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, organizmning tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarga javobi
"jonlanish"ni keltirib chiqaradi. Muloqotning eng oddiy ko’rinishlari
keyinchalik boshqa murakkabroq ko’rinishlarining vujudga kelishiga puxta
zamin yaratadi. Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilish,
go’dakni
kurshab turgan odamlar nutqini idrok qilishi tom ma’nodagi nutq
faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so’nggi turlari go’dak hayotining
ikkinchi yarim yilida ko’zga tashlanadi. Uning o’zini parvarsh qilayotgan,
odamlarga iliq tabassum, quvonc
h va shodlik tuyg’usi bilan boqishi faqat
xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi,
muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta’sirlanishni aks ettiruvchi
muloqotdan ham iboratdir.
Katta yoshli odamlardan ta’sirlanish his
-
tuyg’usi go’dakning hayoti va
faoliyatida bir necha yo’nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi
quvonch yoki tabassum tuyg’usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi,
tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo’lini uzatishi, boshini qo’zg’atuvchi
kelgan t
omonga burishi, o’ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida
yaqqol ko’rinadi. Ta’sirlanish his
-
tuyg’usi "jonlanish majmuasi" bilangina
emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar)
ta’sirida ham vujudga keladi.
Ta’sirlanish tuyg’usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib,
faqat ayrim (yaqin, tug’ishgan) kishilarga nisbatangina hosil bo’ladi. Oldingi
mavzularda ta’kidlanganidek, ta’sirlanish tuyg’usi avval umumiy
xususiyatga ega bo’ladi, keyinchalik (4
-5 oylik paytlarda) kishilarni tanish
va begonaga ajratish bilan yakunlanadi. Ya’ni tanishlar go’dakda chuqur
ijobiy kechinmalar hosil qilsa, begonalar quvonch va tabassum hislarini
butunlay to’xtatishga ham olib keladi. Tanish kishi psixik jarayon sifatida
bolaning psixikasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan katta
yoshdagi odamlar go’dak uchun dastlabki tanish jarayonning ob’ektiga
aylanadilar va muloqot davomida ijobiy ta’sirlanish tuyg’usini paydo
qiluvchi qo’zg’atuvchi vazifasini o’taydilar. Insonga qaratilgan ta’sirlanish
tuyg’usi vaqt o’gishi bilan turli jismlarga ham ko’chadi. Kattalar qo’lidaga
masalan, o’yinchoq go’dakda quvonch va jonlanish hissini uyg’otadi,
jismlarning bola nigohini o’ziga jalb etish xususiyati ham kattalar
yordamida ro’yobga chiqadi
.
97
Go’dak yarim yoshida ular bilan muloqotga kirishish jarayoni ikki xil
xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomonlama, faqat ta’sir o’tkazish
bilan chegaralansa, endi teskari munosabat (go’dakning ularga javobi
tariqasida) ham vujudga keladi. Chunonchi, bola kattalarning kiyimini
tortqilaydi, ularga qichqiradi, hatto, hiqillaydi va hokazo. Mazkur psixik
holat bolaning kattalar bilan muloqoti rivojlanishning yuqoriroq
bosqichiga ko’tarilganidan dalolat beradi.
Go’dakning katta odamlarga qo’yadigan talablari (garchi qat’iy
ohangda, so’z bilan ifodalanmasada) bevosita yordamga muhtojligini
bildirish (masalan, qo’lini o’yinchoq qisib olsa, ko’ylagi ilinib qolsa, koptogi
dumalab ketsa, charchasa va boshqa hollar ro’y bersa, boshqalarni
chaqiruvchi signal) vazifasini bajarsa, keyinchalik shunchaki chaqirish
vositasiga aylanadi va bu hol muloqotga ehtiyojdan, uning nisbatan
taqchilligidan kelib chiqadi. Shuningdek, bola o’yin faoliyatida
qiyinchiliklarga uchrasa, o’yin qovushmasa ham mazkur chaqiriq
vositasidan foydalanadi. Bola hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar
nutqini idrok qilishi va uni tushunishi jadal sur’at bilan o’saveradi. Chunki
ona yoki tarbiyachi uni parvarishlash va tarbiyalash jarayonida har bir
harakatni tushunchalar, so’z birikmalari,
atamalar bilan birga amalga
oshiradi, harakat bilan predmetning uzviy bog’liqligini yoritishga tirishadi.
Ma’lumki, har qaysi predmet va voqea o’z nomi bilan ifodalanadi,
natijada bola uchun onaning yoki tarbiyachining (murabbiyning) nutqini
tushunish va
uni ilg’ab olish birmuncha
е
ngillashadi. Bularning barchasi
bola bilan katta yoshli odamlar o’rtasida uzluksiz hamkorlik vujudga
kelishini taqozo qiladi. Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, murabbiy
yoki tug’ishtanlari ishtirokidagi) o’yin faoliyati h
am, his-
tuyg’uga berilishi
ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Olima G.L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushunishi (idrok qilishi)
jarayonini o’rganib, ko’ruv idroki va predmetlarga ko’z yugurtirish,
ularning nomlarini tushunish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa
chiqaradi.
Tadqiqotchilardan Z.I.Barabanova go’dakning nutqni idrok qilishini
tekshirib, undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning
ma’lumotlariga qaraganda, qo’zg’atuvchi 10 marta namoyon bo’lishid
a
ko’ruv analizatorlarining yo’nalishi 86 foiz bolada saqlangan, eshituv
analizatori esa 60 foiz sinaluvchilarda yo’qola boshlagan. Qo’zg’atuvchining
20 marta ta’sir ko’rsatishi natijasida ko’ruv analizatorining ta’sirlanish
orientirovkasi 18 foiz bolada s
o’ngan, eshituv analizatori xuddi shu paytda
umuman batamom so’nib bo’lgan.
D.B.El’konin xulosasiga ko’ra, nutqni tushunish vujudga kelishining
asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
98
a) umumiy holatdan jismni ajrata olish;
b) narsaga diqqat-
e’tiborini to’plash;
v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his-
tuyg’uning mavjudligi
va boshqalar.
O’zgalar nutqini tushunish ko’ruv idrokining zamirida vujudga keladi.
Bolani o’zgalar nutqini tushunishga o’rgatishda katta odam biror
o’yinchoqdan ta’sirlanishni hosil qiladigan
q
o’zg’atuvchini uyg’otadi. Bunda
o’zi jism va rasmlarga bolaning diqqatini jalb etadi yoki uning qo’lidagi
yoxud stol ustidagi ob’ektlarni ko’rsatib "Surnay qani?", "Katta ayiqcha
qani?", "Koptok qani, avtomobil-chi?" kabi savollar bilan murojaat qiladi.
Kattalarning bola bilan mashg’ulotlarni bir necha marta takrorlashi
natijasid
a talaffuz qilinayotgan so’z bilan predmet uzviy bog’lanadi va bu
bog’lanish bir necha bosqichlarda namoyon bo’ladi. Dastavval kattalarning
savoli bolada hech qanday ta’sirlanish tuyg’usini qo’zg’atmaydi, hatto,
go’dak o’sha predmetga qiyo ham boqmaydi. Ik
kinchi bosqichda bolada
savolga nisbatan sust harakatlanish hosil bo’ladi va u predmet turgan
tomonga diqqatini yo’naltiradi. Nutqni idrok qilishning uchinchi bosqichida
go’dak uchun jismning mohiyati va mazmuni muhim ahamiyat kasb
etmaydi, balki berilayotgan savolning intonatsiyasi, ritmi, tempi, mantiqiy
urg’usi bosh mezon, asosiy turtki vazifasini bajaradi.
O’zgalar nutqini tushunishning oxirgi bosqichida go’dak predmetni
anglatuvchi so’z bilan predmetni o’zaro bog’lash imkoniyatiga ega bo’ladi,
natijada boshqa joylardan ham shu predmetni topish uchun ijodiy
izlanishga harakat qiladi. Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi
bosqichi go’dakning 9
-
10 oyligidan boshlanadi va uni o’zgalar nutqini
tushunishning ilk shakli va ko’rinishi deb ataladi.
Tadqi
qotchi F.I.Fradkina kattalarning go’dakka qaratilgan nutqidan
quyidagi ta’sirlanish holatlarini ko’rish mumkinligini aniqlagan:
1) nomi aytilgan predmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8
oyliqda);
2) turmush tajribasida egallangan harakatlarni kattalar eslatishi
bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda);
3) kattalarning nutq orqali ko’rsatmasi bo’yicha oddiy topshiriqlarni
bajarish (9-10 oylikda);
4) nutq orqali ko’rsatma bo’yicha zarur predmetni tanlab olish (10
-
11 oylikda);
5) "Mumkin emas" degan taqiqlovchi so’z ta’sirida harakatini
to’xtatish (12 oylikda) va hokazo.
Go’dakda o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish,
xususan qo’zg’atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish
murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga
99
(tiyrakligaga, topqirligiga) bevosita bog’liq bo’lib, bola ulardan ta’sirlanish
natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo’l cho’zadi,
unga emaklab boradi.
Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab
ta’sirlanishning o’zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta’sirlanish biror
jismga nisbatan paydo bo’ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob’ektlar
bilan yonma-yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan
ko’chadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko’ruv idroki bilan nutq
o’rtasidagi o’ziga xos munosabat tariqasida namoyon bo’ladi. Shuning
uchun tushunish, ya’ni nutqni idrok qilish go’dakni orientirlash faoliyati
negizida vujudga kelib, ko’ruv orien
tiri shaklida ifodalanadi.
Tushunishning o’zi ham ko’ruv orientirining o’sishida yangi bosqich
xisoblanib, harakatning so’z bilan boshqaruv bosqichiga ko’chganligini
bildiradi.
D.B.El’koninning fikricha,
Dostları ilə paylaş: |