Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

bir yoshgacha bola psixikasi o’sishining 
o’ziga xos
 xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki so’zlarni mustaqil 
talaffuz qilish;
2)predmetlar bilan xilma-
xil harakatlarni uyg’unlashtirib, ish
-
harakatini bajarish;
3) yurishga urinishning ro’y berishi; 
4) xatti-h
arakatni so’z bilan boshqara olish; 
5) so’z bilan go’dakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va 
hokazolar.
Shunday qilib, bir yoshgacha go’dak egallagan eng qimmatli xususiyat 
paydo bo’ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va unin

shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga 
kirishida o’z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar bilan maqsadga 
muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari 
va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tu
g’iladi. 
Go’dakning o’sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro’y 
beradi. Demak, uch oylik go’dak gapirayotgan odamni o’z ko’zlari bilan 
topish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki unda shu paytgacha tovush 
manbaini izlash uquvi shakllanadi. Shun
ga ko’ra, bola tovush kelgan 
tomonga qarab, so’zlovchiga munosabatini his
-
tuyg’uga o’rab ifodalay 
oladi. Go’dakning borgan sari diqqat bilan atrof
-muhit manzaralarini va har 
xil ovozlarni eshitish hamda ko’rish imkoniyati uning umumiy o’sishida 
alohida aha
miyat kasb etadi. Tajribalar tahlilidan ko’rinishicha, ko’rish, 
eshitish analizatorlari go’dakning voqelik va borliq bilan, kattalar bilan 
o’zaro muloqotga kirishishi natijasida takomillashadi. 


100 
Go’dakning o’z ko’zlari orqali inson va jismlar to’g’risida m
uayyan 
ma’lumot olishi turmush tajribasi ortib borishi bilan vujudga keladi. 
Eshitish analizatorlari yordamida tovushlarni idrok qilish ovozlarni 
farqlashdan iborat shartli reflekslarning tabiatiga ko’proq bog’liqdir. Shu 
sababli go’dak inson bilan musiqan
ing tovushini ajrata biladi, ularning 
kuchsiz va kuchliligini, yoqimli va shovqinliligini sezadi. Uning eshitib 
tushunishi va nutqni idrok qilishi ko’pincha shartli bog’lanishlarning sifati 
bilan o’lchanadi. Inson zotining bir yoshgacha davrini nutqgacha d
avr deb 
atash odat bo’lib qolgan. Bu davr mobaynida go’dak bosh miya yarim 
sharlari ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bog’liq anchagina 
ishlarni amalga oshiradi. Nutqni tushunib idrok qilish esa kun sayin o’sib, 
takomillashib boradi, uning ko’lami kengayadi. Go’dak ikki oylik 
bo’lgunicha gudurlashni o’rganadi. G’udurlanish ijobiy his
-
tuyg’u, barqaror 
kayfiyatning mahsuli sifatida boshlanadi. U asta-sekin artikulyar 
apparatning takomillashuvi natijasida tovushlarni o’zaro farqlay boshlaydi. 
Yuqorida aytilganlarning barchasi, bola amalga oshirayotgan nutq 
faoliyatining nishonasi tug’ilayotganini ko’rsatadi. Go’dak hayotining 
birinchi yarim yilida turli xususiyatlarga ega analizatorlar rivojlanib, 
orientirlash reaktsiyasi aniqroq ifodalana boshlaydi. Shartli reflekslar 
ko’lami tobora kengayishi natijasida voqelikka hissiy munosabat 
takomillashadi. Go’dak hayotining ikkinchi yarim yilida esa u kattalarning 
imo-ishoralarini tushunib idrok qila boshlaydi. Faol nutq alomatlarining 
vujudga kelishi bi
lan go’daklik davri tugaydi va ilk bolalik yo'sh davri 
boshlanadi.
22

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin