101
taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan harakatlardir. To‘rt oylik bola na
rsalarga
qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qila
olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab,
uni paypaslab,
timirskilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi narsalarni
bilish quroliga ayla
nadi, chunki u narsalarni paypaslab, timirskilab ko‘rish
orqali ularning ayrim xususiyatlarini bilib oladi.
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi
juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tira oladigan
bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda
yangidan yangi taassurotlar paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida
yangi
taassurotlarning paydo bo‘lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik
jarayonlarning rivojlanishiga katta yordam beradi.
Bola sakkiz oylik bo‘lgach,
ya
na bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bola psixikasining
rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda kattadir. Emaklay
boshlagach
bolaning atrofdagi narsa
lar bilan munosabatda bo‘lish
imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi
narsalarni taniy boshlaydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib
ikkinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda,
bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘in
i ochib yopishni yoqtiradilar.
Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini
mustahkamlaydi va
narsalarning turli xossalarini bilib olishlariga yordam beradi.
Og‘ir kasallikka uchramay, jismoniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9
-10
oylik bo‘lganida yu
ra boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi
uning hayotida g‘oyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning
psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura
boshlagan bolaning aktivligi kun sayin ortib, erkin
harakat qilish doirasi
kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib, mazmundor
bo‘lishiga yor
dam beradi.
Dostları ilə paylaş: