Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
VII-BOB.
UCH YOSH INQIROZI
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Ilk bolalik davri inqirozi 
2.Ilk bolalik davri inqirozi 
3.Bola tafakkurida egosentrizmning yuzaga kelishi 
4.
Ilk bolalik davrida o‘z
-
o‘zini anglash
 
 
7.1. Ilk bolalik davri inqirozi 
Go‘daklik davridagi bola yura boshlaydi va birinchi so‘zlarni aytadi. 
Birinchi yilning oxirida bola mustaqil harakat qilishni o‘rganib oladi: 
emaklash, so‘ngra tik yurishni o‘rganadi. Dunyo unga boshqacha ko‘rina 
boshlaydi. Yurish bolaga kattalardan bo’lin
ish, harakat subyektiga aylanish 
imkonini beradi. Birinchi yilning oxiriga kelib yaqin kattalar bilan 
emotsional umumiylikning bo‘linishi va rivojlanish ijtimoiy vaziyatining 
qayta qurilishi ro‘y beradi. Faqat yaqinlarga tushunarli bo‘lgan va 
ko‘rsatuvchi 
jestlar Xarakter
iga ega bo‘lgan birinchi so‘zlarning paydo 
bo'lishi kattalar bilan yangi progressiv muloqot usuliga aylanadi. 
L.I.Bojovichning 
ta’kidlashicha, 
go‘daklik 
davridagi 
yan
gi 
tuzilmalardan biri motivatsiyalashgan tasavvurlarning paydo bo'lishidir. 
Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan predmetlar 
obrazlarining 
xotirada 
saqlanib 
qolishidir. 
Motivatsiyalashgan 
ehtiyojlarning paydo bo‘lishi bolani harakat subyekti
ga aylantiradi. 
Harakat imkoniyatlarining ortishi (dastlab emaklash, keyin yurish) 
bola uchun xavfsiz bo‘lgan ko‘p narsalarni ushlab ko‘rish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Ota
-
onalar cheklovlar qo‘yishga majbur bo‘ladi. Bola ayrim 
harakatlarini amalga oshirishda doimiy kattalarning qarshiligiga duch 
kelishi tufayli uning istaklari va kattalarning xohish va hislariga mos 
kelmasligini tushuna boshlaydi. Xotirjam bola endi o‘z istaklarini 
bajarishga harakat qiladigan faol bolaga aylanadi. 
L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, emotsional bo‘ron tipi bo‘yicha 
kechadigan affektiv reaksiyalarning paydo bo'lishi bir yoshdagi inqiroz 
namoyon bolishining xulq-
atvor belgilaridir. Bola o‘zi xohlayotganini talab 
qilib, kattalarga qarshi chiqib, yig‘laydi, polga yotib oladi. Bolaning shaxsiy 
istagi paydo bo‘ladi, uning subyektiga aylanadi; 
xohlovchi Men paydo 
bo‘ladi.
Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda turli 
buzilishlar kuzatiladi:


117 
-
bioritmning buzilishi (masalan, tetiklik va uyqu);
-
hayotiy ehtiyojlarni qondirishning buzilishi (ochlik hissi);
-
emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez xafa bo‘lish).
Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning 
faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksimal 
xavfsizligi
ga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mumkin emas» so‘zini 
kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi fazo mumkin va mumkin 
emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mumkin bolganda cheklovlarni boshqa 
alternativ xulq-atvor bilan almashtirish lozim: uydagi predmetlarni 
yaxshilab qarab chiqib, bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan 
almashtirish zarur. 
3 yoshdagi inqiroz: 3 yoshga kelib bola o
£
zini kattalar bilan taqqoslay 
boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bolgan (huquqi bolgan), ular bajara 
ola
digan harakatlarni bajarishga intiladi. «Men katta bolsam mashina 
haydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta 
qo

g‘irchog‘im bo’ladi» kabi xohishlarini o

z tili bilan ifodalaydi va u kelasi 
zamonda gapirsa ham o‘zining barcha xohishlari
ni shu bugun amalga 
oshirishga harakat qiladi. Ko
£
pincha bunday xislat qat’iylik va qaysarlik 
bilan namoyon boladi. Bu qaysarlik asosan bolaning kattalarga bildirgan 
salbiy xatti-
harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil harakat qila 
olishini ang
lagan vaqtdan boshlab, unda «o‘zim qilaman» boshlanadi va bu 
yana qaysarlik va o‘jarlik tarzida ko‘rinadi. 3 yoshdagi inqiroz bola 
shaxsining ma’lum bir dara
jada rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-
harakatlarni qila olmayotganligini anglashi natijasi hisoblanadi. Inqiroz 
davrida yuzaga keladigan iroda, layoqat va boshqa bir qancha xususiyatlar 
uni shaxs bolib shakllanishiga tayyorlaydi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin