Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

Il
k b
ola
lik da
vri
dagi
 
psi
xol
ogik
 y
angilik
Bola tomonidan o‘zining 
atrofidagilaridan ajralishi
O‘zini ha
rakat subyekti sifatida 
anglashi
Boshqa kishilar bilan taqqoslashi
BOLA 
HARAKATIDAGI 
O'ZGARISHLAR
Vaziyatning 
mazmuniy markazi 
predmeti 
Vaziyat markazida 
so'z yuzaga keladi
Vaziyat markazi 
sifatida kattalar 
namoyon bo'ladi


108 
Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga 
tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlarining ham to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish zarurdir. Bolaning 
harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati jarayonida o‘stirib bori
shga 
e’tibor berish kerak. Masalan, musta
qil ravishda yuvinish, kiyinish, 
ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, o‘yin va boshqalar.
 
6.3. Kognitiv jarayonlar va nutqning rivojlanishi 
Go'daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar 
atrof-
muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan 
qaraydilar. Agar, go‘dak bola qoliga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan 
kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan 
o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy fao
liyatida ishlata boshlaydi. Bolani 
dastlab, ayni shu predmetlarning qollanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u 
o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan 
savol bilan murojaat qiladi.
1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik riv
ojlanishning o‘ta 
ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson 
tugllganidan to 
е
tuklik davrigacha bolgan psixik rivojlanish asosining 
taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. 
Bu yoshdan boshlab
, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam 
qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala
-munosabatda bola 
oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan 
boladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lum
ot oladi.
Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining 
rivojlanishi va o‘zini
-
o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish 
vositasi bolib ham xizmat qiladi. 
Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu 
hukm turlar
i doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka 
predmetlarga taalluqli bo‘ladi. Bola 2,5 yoshga
е
tganda savollar bera 
boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi to‘g‘risida bolsa, 
keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda 
qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu nima?, bu bilan 
nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan 
zamon va umuman vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy 
tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo boladi. Bola predmetlar bilan 
ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bolishi va ularning 
xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim 
predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi va keyinchalik 
shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil boladi, mantiqiy 


109 
tafakkur rivojlana boshlaydi.
2-
3 yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va 
tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan 
kelib chiqadi. 
U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ular
ning 
tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni 
o‘stirish va tevarak
-
atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunishni tarbiyalash 
maqsadida foy
dalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli 
javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu 
yo‘1 bilan ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak
-
atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, 
atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni 
solishtiradi, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlarni va buning 
sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umumlashgan 
tafakkur paydo bolayotganidan darak beradi. 
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustah
kam 
boglangandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, 
chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda boladi. 
O
‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, 
umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi.
Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib 
olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bolgan davr nutqning jadallik bilan 
o‘sish davri
hisoblanadi. 
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. 
Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha bolgan 
davr bolib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib 
aytgan gapini tushunish qobiliyat
i o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi 
ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p 
predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola 
predmetlarning nomini tez bilib oladi. 
Bola ikki yoshga tolganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. 
Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kat
talar tomonidan 
bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu 
«passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi
-yu, lekin ularni 
talaffuz qila olmaydi. 
3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tola o‘zlashtirgan 
bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foyda
lanib qolmay, 
balki ularni o‘z vazifalariga ko'ra ishlatadilar. Bola
ning nutqi u 1,5 yoshga 
е
tgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta 
so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda 
kam qollaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana 


110 
boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so'rabgina qol-
may, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining 
rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 
tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni 
o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, 
jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 1,5
-3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun 
senzitiv davr hisobla
nadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni 
aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab etishlari lozim. 
Bir predmetni boshqasi o'rnida qollash mumkinligini anglash, bola 
uchun atrof-
olamni bilish, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va 
u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-
sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shu-
ningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni 
eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga 
harakat qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi 
ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, 
u bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda 
bolaning xotirasi jadal rivojlanadi.
Bolaning hayotiy tajribalarn
i o‘zlashtirishida dastlab harakatli, 
emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va 
emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. 
Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular ertak, she’r va 
hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy 
aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham 
dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos 
bo‘lgan nerv tizimining umumiy egil
uvchanligi natijasidir. O
‘zi va atrof 
hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham 
ularni hali toliq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi. 
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani 
va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega bolganliklari tufayli bu 
davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Ma’lumki, ilk bolalik davridagi 
bolalar faqat yurib va emaklabgina qolmay, yugurish, sakrash hamda 
baland va past to‘siqlardan oshib olish imkoniyatiga ham e
ga boladilar. 
Bog‘chagacha tar
biya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli 
harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish 
ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi. 
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajriba
si deyarli yo‘q boMgani 
uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari 
davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, ovqat 
е
yish, 
yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya 
yoshidagi bol
a o‘zining kunda
lik harakatlari davomida hech bir erinmay, 


111 
ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p 
yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, ta
-
fakkur va nutqini, hissiyot va xayolini - umuman hamma psixik 
jarayonlarini rivojlantiradi. 
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora 
takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bola
ning sezgilari 
(ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) un
ing har kungi 
xilma-
xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi 
natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o'sishi 
uchun zamin yaratadi. 
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bolsa ham hali 
katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush 
tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan 
Xarakterga 
ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga 
birinchi marta duch keladilar. Shuning 
uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki 
taassurot kuchiga ega boladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha 
ixtiyorsiz Xarakter
ga ega boladi, ya’ni ularning idrokida muayya
n bir 
maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir 
narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib keta beradi. Lekin bu 
yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bolgani uchun ular o‘zlarini 
qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechi
nmalar uyg‘otadigan 
narsalarni idrok qiladilar. 
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, 
ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof-muhitdagi 
narsalarni qanday bolsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat 
ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ikki yarim 
yashar bolaga otning kallasi solingan surat ko'rsatilsa, hayron bolib, otning 
o‘zi qani, deb so'raydi.
Bolalar idrokining takomillashuvida so‘z katta ahamiyatga ega. So‘z 
mohiyati jihatidan umumlashgan Xarakter
ga ega bo‘lib, u narsalarni 
umumlashtirish imkonini beradi. Bola so'z yordami
da o‘xshash narsalarni 
oddiygina guruhlarga ajrata boshlaydi. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin