Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

 
 
VIII-BOB.
MAKTABGACHA TARBIYA DAVRI PSIXOLOGIYASI 
 
Bobning qisqacha mazmuni: 
1. Maktabgacha tarbiya davridagi bolalar taraqqiyotining umumiy 
shart-sharoitlari 
2. Maktabgacha tarbiya davridagi bolalar taraqqiyotining umumiy 
shart - sharoitlari 
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy jihatdan 
o’sishi
 
4. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o‘sishi
 
5. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’sishining olimlar tomonidan 
tadqiq qilinishi 
 
8.1. Maktabgacha tarbiya davridagi bolalar taraqqiyotining umumiy 
shart-sharoitlari 
Ontogenezda 3 dan 7 
yoshgacha bo‘lgan davr bog'cha yoshi davri yoki 
maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo’lishini inobatga olgan holda 3 
davrga: (3-4 yosh) kichik mak
tabgacha davr, (kichik bog‘cha yo
shi), (4-5 
yosh) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog'cha yoshi), (6
-7 yosh) katta 
maktabgacha davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. 
Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan 
predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat 
qolga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o

zlashtirib, egallab boradi. 
Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-
harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat 
motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli 
kishilarning bevosita yordamida amal
ga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, 
shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. 
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning 
murakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va 
mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda ijtimoiy 
axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qilishga qaratilishi 
lozim. 
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha 
yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda Xarakter 
xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy Xarakterning asoslari yuzaga 
keladi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga ta
shlanib turuvchi 


125 
xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola 
tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz 
faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki 
faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.
24
Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning 
ahamiyatiga doir P.F. Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S. Makarenkoning 
quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S. Makarenko bolalarni juda kichik 
davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng 
muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga 
keltiriladi. Mana shu davrda qilingan butun tarbiya, tarbiya jarayonining 
90% ini tashkil etadi, degan edi. 
Haqiqatan ham bolaning maktabgacha yoshidagi davri shu qadar 
mazmundor va faol davrdirki, bu davr bolaning kelgusi o‘sishida albatta o‘z 
aksini qoldiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshidagi davr ta’sir o‘tkazish 
kuchi jihatidan g‘oyat mas’uliyatlidir.
Bola ilk yoshdan ma
ktabgacha davrga o‘tgach, uning bu
tun yashash 
sharoitida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Birinchidan, bola 
maktabgacha tarbiya
yoshiga o‘tgach, uning faoliyat 
doirasi ancha kengayib, mustaqilligi yanada ortadi. Uning o‘yinlari, xatti 
harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi. 
Ikkinchidan, bolaning butun faoliyatida nutqning roli orta boradi.
Uchinchidan, bola mak
tabgacha yoshga o‘tgach, muayyan dastur 
asosida maxsus pedagog tomonidan tarbiyalana boshlaydi. Maktabgacha 
yoshdagi bolaning yashash sharoitida yuzaga kelgan bu o‘zgarishlar uning 
jismoniy va psixik jihatdan o‘sib kamol topishiga ta’sir etmay qolmaydi.
25

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin