Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

7.3. 
Ilk bolalik davrida o‘z
-
o‘zini anglash
 
Bu davrdagi bolalarning xatti-harakatlari ularning xohish va 
hissiyotlari juda o‘zgaruvchan bo'ladi. Masalan, bolaning yig'lashi hamda 
yig‘idan to‘xtashi juda tez o‘zgaradi. Ilk davrda bolada o‘z yaqinlariga: onasi, 
otasi, buvi-buvalari, tarbiyachisiga nisba
tan muhabbat shakllanadi. Bola o‘z 
yaqinlaridan maqtov olishga harakat qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning 
xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga beradigan ijobiy emotsional 
baholari ularda o‘zlarining layoqat va imkoniyatlariga nisbatan ishonchini 
shakllantiradi. U o‘z ota
-onasiga nihoyatda qattiq boglan
gan bo‘lib, intizomli 
va itoatkor boladi. Ana shu bog‘liqlik sababli bolaning asosiy ehtiyojlari 
qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida bo‘lgan bolalar ko‘proq 
harakat qiladilar va atrof-
muhitni o‘rganishga intiladilar. Bu davrda bola o‘z 
ismini ju
da yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni 
boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan 
qiladigan muomala-
munosabati uning o‘zini alohida shaxs sifatida 
anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan 
amalga oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab 
uning o‘z «Men»ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq 
yuzaga kelishi mum
kin. 3 yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini 
qondirishi 
mumkin bolgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», 
«Ko‘taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli 
bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida 
bolalarda o

z-
o‘zini baholash vujudga keladi. Shu da
vrdan boshlab bolalarda 
mustaqil bolish ehtiyoji yuzaga kela
di va bu ularning «o‘zim qilaman» 
qabilidagi so‘zlarida namo
yon boladi.
23

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin