Il
k b
ola
lik da
vri
dagi
psi
xol
ogik
y
angilik
Bola tomonidan o‘zining
atrofidagilaridan ajralishi
O‘zini ha
rakat subyekti sifatida
anglashi
Boshqa kishilar bilan taqqoslashi
BOLA
HARAKATIDAGI
O'ZGARISHLAR
Vaziyatning
mazmuniy markazi
predmeti
Vaziyat markazida
so'z yuzaga keladi
Vaziyat markazi
sifatida kattalar
namoyon bo'ladi
108
Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga
tirmashib chiqish) bilan birgalikda, qo‘l harakatlarining ham to‘g‘ri va o‘z
vaqtida rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish zarurdir. Bolaning
harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati jarayonida o‘stirib bori
shga
e’tibor berish kerak. Masalan, musta
qil ravishda yuvinish, kiyinish,
ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, o‘yin va boshqalar.
6.3. Kognitiv jarayonlar va nutqning rivojlanishi
Go'daklik davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar
atrof-
muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko‘proq qiziqish bilan
qaraydilar. Agar, go‘dak bola qoliga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan
kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan
o‘rganganidan so‘nggina, o‘z amaliy fao
liyatida ishlata boshlaydi. Bolani
dastlab, ayni shu predmetlarning qollanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u
o‘z savoliga javob olish maqsadida ko‘pincha kattalarga «Bu nima?» degan
savol bilan murojaat qiladi.
1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik riv
ojlanishning o‘ta
ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson
tugllganidan to
е
tuklik davrigacha bolgan psixik rivojlanish asosining
taxminan o‘rtalari, 3 yoshga to‘g‘ri keladi, degan mulohazani bildiradilar.
Bu yoshdan boshlab
, bolalar predmetlarni o‘rganish olamiga qadam
qo‘yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala
-munosabatda bola
oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshlaydilar. Kattalar bilan
boladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko‘proq ma’lum
ot oladi.
Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakkurining
rivojlanishi va o‘zini
-
o‘zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish
vositasi bolib ham xizmat qiladi.
Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu
hukm turlar
i doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka
predmetlarga taalluqli bo‘ladi. Bola 2,5 yoshga
е
tganda savollar bera
boshlaydi. Avval savollar ko‘proq predmetlarning nomi to‘g‘risida bolsa,
keyinchalik savollar asosan predmetlarning qanday maqsadlarda
qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu nima?, bu bilan
nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi zamon, o‘tgan
zamon va umuman vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi fazoviy
tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo boladi. Bola predmetlar bilan
ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bolishi va ularning
xususiyatlarini tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim
predmetlar va hodisalar haqida tasavvurlar to‘plana boradi va keyinchalik
shular zaminida umumiy tasavvur va tushunchalar hosil boladi, mantiqiy
109
tafakkur rivojlana boshlaydi.
2-
3 yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va
tushunishni istaydi, bu uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan
kelib chiqadi.
U hamma joyga «tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ular
ning
tinkasini quritib juda ko‘plab savollar beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni
o‘stirish va tevarak
-
atrofdagi olamni to‘g‘ri tushunishni tarbiyalash
maqsadida foy
dalanishi g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli
javob olganidan keyin, bu ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu
yo‘1 bilan ularning xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak
-
atrofdagi olamni kattalarning tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa,
atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna boshlaydi, narsa va hodisalarni
solishtiradi, ularning ayrimlari o‘rtasidagi o‘zaro boglanishlarni va buning
sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada ancha umumlashgan
tafakkur paydo bolayotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustah
kam
boglangandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi,
chunki so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda boladi.
O
‘z navbatida, tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga,
umuman, nutqning o‘sishiga yordam beradi.
Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib
olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bolgan davr nutqning jadallik bilan
o‘sish davri
hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi.
Dastlabki bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha bolgan
davr bolib, bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib
aytgan gapini tushunish qobiliyat
i o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi
ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni yurishni o‘rganib, tobora ko‘p
predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab tez o‘sa boradi. Bola
predmetlarning nomini tez bilib oladi.
Bola ikki yoshga tolganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi.
Bu harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kat
talar tomonidan
bajarilgan, nomi aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu
«passiv» nutq hisoblanadi, chunki bola so‘zlarni tushunadi
-yu, lekin ularni
talaffuz qila olmaydi.
3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tola o‘zlashtirgan
bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foyda
lanib qolmay,
balki ularni o‘z vazifalariga ko'ra ishlatadilar. Bola
ning nutqi u 1,5 yoshga
е
tgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta
so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda
kam qollaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana
110
boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so'rabgina qol-
may, balki bu so‘zlarni o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining
rivojlanish darajasi jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300
tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni
o‘z nutqida ishlata oladi, Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib,
jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar. 1,5
-3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun
senzitiv davr hisobla
nadi. Bola bilan so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni
aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq talaffuzni talab etishlari lozim.
Bir predmetni boshqasi o'rnida qollash mumkinligini anglash, bola
uchun atrof-
olamni bilish, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va
u dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-
sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni, shu-
ningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni
eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga
harakat qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi
ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib,
u bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda
bolaning xotirasi jadal rivojlanadi.
Bolaning hayotiy tajribalarn
i o‘zlashtirishida dastlab harakatli,
emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada harakatli va
emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo‘ladi.
Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular ertak, she’r va
hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning umumiy
aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham
dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos
bo‘lgan nerv tizimining umumiy egil
uvchanligi natijasidir. O
‘zi va atrof
hayoti haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham
ularni hali toliq ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani
va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega bolganliklari tufayli bu
davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Ma’lumki, ilk bolalik davridagi
bolalar faqat yurib va emaklabgina qolmay, yugurish, sakrash hamda
baland va past to‘siqlardan oshib olish imkoniyatiga ham e
ga boladilar.
Bog‘chagacha tar
biya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli
harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish
ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajriba
si deyarli yo‘q boMgani
uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari
davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, ovqat
е
yish,
yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya
yoshidagi bol
a o‘zining kunda
lik harakatlari davomida hech bir erinmay,
111
ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p
yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, ta
-
fakkur va nutqini, hissiyot va xayolini - umuman hamma psixik
jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora
takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bola
ning sezgilari
(ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi) un
ing har kungi
xilma-
xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi
natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o'sishi
uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bolsa ham hali
katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush
tajribasi yo‘qligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan
Xarakterga
ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga
birinchi marta duch keladilar. Shuning
uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki
taassurot kuchiga ega boladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha
ixtiyorsiz Xarakter
ga ega boladi, ya’ni ularning idrokida muayya
n bir
maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir
narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘chib keta beradi. Lekin bu
yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bolgani uchun ular o‘zlarini
qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechi
nmalar uyg‘otadigan
narsalarni idrok qiladilar.
Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki,
ular idrok qilayotgan narsalarni umumlashtira olmaydilar. Atrof-muhitdagi
narsalarni qanday bolsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat
ularning rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ikki yarim
yashar bolaga otning kallasi solingan surat ko'rsatilsa, hayron bolib, otning
o‘zi qani, deb so'raydi.
Bolalar idrokining takomillashuvida so‘z katta ahamiyatga ega. So‘z
mohiyati jihatidan umumlashgan Xarakter
ga ega bo‘lib, u narsalarni
umumlashtirish imkonini beradi. Bola so'z yordami
da o‘xshash narsalarni
oddiygina guruhlarga ajrata boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |